157
15-BOB. PARRANDACНILIKDA TЕXNOLOGIK JARAYОNLARNI
AVTOMATLASНTIRISН
Parrandachilik mahsuloti bo‘lmish tovuq go‘shti
va tuxum mahsulotlari
insonlar uchun parhez taom hisoblanadi. Shuning
uchun bunday mahsulotlarni
yetishtirish va ularni ko‘paytirish masalasiga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Parrandachilikda deyarli barcha texnologik jarayonlar: ozuqlantirish,
sug‘orish, mikroklimat, yoritish va nurlatish, axlat tozalash, tuxum yig‘ish, isitish
va boshqalar ularni avtomatlashtirish talablari bo‘yicha mexanizatsiyalashgan.
15.1. Yem tarqatish tarqatish jarayonlarini avtomatlashtirish
Parrandalarni qafasli saqlash sharoitida asosan
zanjirli yem tarqatish
liniyalari o‘rnatiladi (15.1-rasm).
15.1-rasm. Zanjirli yem tarqatish liniyasining umumiy ko‘rinishi.
Bunday turdagi yem tarqatish qurilmasining printsipial-elektr sxemasi 15.1-
rasmda keltirilgan.
158
15.1-rasm. Parrandalarga yem tarqatish qurilmasining printsipial-elektr
sxemasi.
Sxema qo‘lda va avtomatik ravishda boshqariladi (SA). HL1 va HL2 signal
lampalari qo‘shilgan rejim holatini bildiradi.
Avtomatik rejimda SA pereklyuchateli A (avtomat.) holatiga o‘rnatiladi.
Programmalashtirilgan vaqt relesi (KT1) 1-yarus
transporteri yuritmasining
magnitli puskateliga (KM1) tok beradi va parallel ravishda 2-yarus transporteri
yuritmasining magnitli puskateli (KM») ishga tushadi.
Bunker-dozator yem bilan to‘lganda SL1 va SL2
sath datchiklari ishga
tushadi va ular KM1 va KM2 magnitli puskatellarini o‘chiradi
va natijada
159
transporterlar ishdan to‘xtaydi. Ovqatlantirish vaqti bo‘lganda, KT2 vaqt relesi A1
va A2 qurilmalari orqali KV2 va KV3 kuchlanish relelarini qo‘shadi va bunda HL
4 va HL 6 signal lampalari yonadi. KV2 va KV3
kuchlanish relelarining
kontaktlari KM3 va KM4 magnitli puskatellarini ishga tushiradi va bunda HL8 va
HL9 signal lampalarini qo‘shadi.
Bunker-dozatorda yem sathining kamayishi bilan SL1 va SL2 sath
datchiklari yana qaytadan M1 va M2 transporterlarni ishga tushiradi. Bu holda yem
tarqatish jarayoni avtomatik ravishda to‘xtaydi. Transporterlarni o‘chishi bilan yem
tarqatish jarayoni yana davom etadi. KT2 vaqt relesidagi
yem tarqatish vaqti
tugagandan so‘ng, relening kontaktlari ochiladi va yem tarqatish to‘xtaydi.