• 17.1-rasm. Difmanometr bosim datchigining sxemasi.
  •  Pnevmotransport uskunalarini avtomatlashtirish




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet94/135
    Sana31.05.2024
    Hajmi8,51 Mb.
    #258116
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   135
    Bog'liq
    dFc2KPzKYjzkRMlWLetGCmIRU16kCVMILzbtEBsA

     
    17.2. Pnevmotransport uskunalarini avtomatlashtirish 
     
    Pnevmotransport uskunasi paxta tozalash sanoatida keng tarqalgan bo‘lib, 
    chigitli paxta va tolani tsexlararo va tsex ichida tashishda ishlatiladi. 
    Pnevmotransport ikki xil: havo so‘rish va havo haydash usullarida ishlatiladi. Havo 


    172 
    so‘rish tizimida ventilyator trubadan havoni so‘radi va paxta havo bilan birga truba 
    ichida harakatlanadi. Havo haydash tizimida esa ventilyator havoni trubaga 
    haydaydi va havo uzatilayotgan chigitli paxtani yoki chigitni uzi bilan olib ketadi. 
    Pnevmotransport uskunasi ini normal ish rajimlarini saqlash uchun 
    separatorga uzatilayotgan paxta miqdorini bir tekisda ushlab turishi kerak. Paxtani 
    separatorga uzatishning ikki xil usullari avjud: 
    1.
    Ventilyatorning aylanish tezligini aniqlash; 
    2.
    Separatorgacha va separatordan so‘ng bosimning o‘zgarishini bir xil 
    qiymatda ushlab turish. 
    Ikkinchi tizimda avtomatik rostlash tizimi quyidagi ish rejimiga ega: normal 
    holatda «havo-paxta» aralashmasi kontsentratsiyasi belgilangan qiymatga ega 
    bo‘lsa, bu holda separatorgacha va undan keyin ham bosim o‘zgarishlarini 
    belgilangan nominal qiymati o‘zgarmaydi. Qopqoq bir vaqtda o‘zining 
    boshlang‘ich holatida qoladi. «Havo-paxta» aralashmasining kontsentratsiyasi 
    o‘zgarsa magistral trubadagi bosimning qiymati o‘zgaradi va natijada bosimlar 
    ayirmasi ham o‘zgaradi. Bunda datchik (difmanometr bosim datchigining sxemasi 
    17.1-rasmda ko‘rsatigan) bosimlar ayirmasini aniqlaydi.
    17.1-rasm. Difmanometr bosim datchigining sxemasi. 
     
    Datchikdan olingan signal uni kuchaytirib beruvchi kuchaytirgichga 
    uzatiladi. Kuchaytirilgan signal doimiy tok dvigatelini harakatga keltirib, drossel 


    173 
    qopqog‘ini boshqaradi. Dvigatel qopqog‘ bilan uzatish soniga ega bo‘lgan reduktor 
    bilan ulangan bo‘ladi. Natijada ventilyator uzatayotgan havo miqdori o‘zgaradi va 
    paxtani tiqilib qolish holatini oldi olinadi. Qopqog‘ni holati o‘zgarishini 
    belgilangan bosim uning normal qiymatiga yetguncha davom etadi. 
    Tashqi pnevmotransport uskunasini avtomatlashtirish tizimi ikki xil lokal 
    tizimlari ko‘rinishida bo‘ladi: 
    1.
    Pnevmotransport kirishiga o‘rnatiladigan aerodinamik rejim rostlagichi 
    tizimi (RAP); 
    2.
    Separatorni tiqilib qolishini oldini oladigan qurilma tizimi (RZS). 
    Pnevmotransport kirishiga o‘rnatiladigan aerodinamik rejim rostlagichi 
    tizimida (RAP) avtomatik boshqarish va rostlash tizimlarini yaratishda, avvalo 
    jarayonni texnologik rejimlari hisobga olinadi. Keyin esa qurilmalar tanlash va 
    uning ishlashi nazorat qilinadi. 
    Paxtani uzatish rostlagichini boshqarish postining funktsional sxemasi 17.2-
    rasmda keltirilgan. Ushbu sxemaning ishlash printsipi quyidagicha: Kuch shitdan 
    (1) 220 V kuchlanish ta’minot blokiga (3) uzatiladi. Bunda 15 V va 9 V li 
    o‘zgarmas stabillashgan kuchlanish, difmanometrni (2) ta’minlash uchun 12 V li 
    o‘zgaruvchan kuchlanish hamda oraliq relelari va signal lampalarini ta’minlash 
    uchun esa 24 V li o‘zgaruvchan kuchlanish hosil qilinadi. O‘zgaruvchan tokning 
    chiqish signali difmanometrdan (2) chiqish blokiga (6) uzatiladi va bu yerda signal 
    kuchaytiriladi va o‘zgarmas tokka o‘zgartiriladi hamda tayanch kuchlanish 
    rostlagichni ishlash kuchaytirishi bilan solishtiriladi. Blokning chiqishidagi signal 
    boshqarish paneliga uzatiladi va bu signal lampalarini kommutatsiyalash uchun
    ijrochi mexanizmi sxemasi uchun va bunttaxlagichni boshqarish sxemalari uchun 
    qo‘llaniladi. 


    174 


    Download 8,51 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   135




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Pnevmotransport uskunalarini avtomatlashtirish

    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish