-rasm Paxtani uzatish rostlagichini boshkarish postining funktsional




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/135
Sana31.05.2024
Hajmi8,51 Mb.
#258116
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   135
Bog'liq
dFc2KPzKYjzkRMlWLetGCmIRU16kCVMILzbtEBsA

17.2-rasm Paxtani uzatish rostlagichini boshkarish postining funktsional 
sxemasi: 
1-kuch shiti; 2-difmanometr; 3-ta’minot bloki; 4-kuch bloki;
5-boshqarish paneli; 6-chiqish bloki; 7-panel 
 
Panel quyidagi elementlardan tashkil topgan bo‘ladi: 

Energiya uzatish va ish rejimlarini tanlash tumblerlaridan; 

Saqlagichlardan; 

Ijrochi mexanizmlarni boshqarish knopkalaridan; 

O‘zgaruvchan rezistorlardan va signal lampalaridan. 









175 
Funktsional sxema blokining asosiy elementlari funktsiya sxemalarining 
blokidan (blok pitaniya), ikta chiqish cho‘lg‘amlariga ega bo‘lgan pasaytiruvchi 
transformatorlardan T1 tashkil topgan bo‘ladi (17.3 va 17.4 –rasmlar). 
 
17.3-rasm Paxtani uzatish rostlagichini ta’minot bloki 


176 
17.4-rasm Paxtani uzatish rostlagichini boshqarish postining elektr 
printsipial sxemasi.
 
17.3. Paxtani quritish jarayonini avtomatlashtirish
Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayoni tayyorlov punktiga keltirilgan nam 
paxtani quritishdan boshlanadi. Paxtani quritish issiqlik bilan uni tarkibiy 
qismlarini suvsizlantirishdan iborat marakkab amal bo‘lib, texnologik jarayon va 
ishlov berish tartibini tanlashda katta mas’uliyat talab qiladi. Quritishning to‘g‘ri 
tashkil etilishi uni amalga oshirishga ketgan yoqilg‘i sarfini salmog‘ini kamaytirish 
bilan birga paxtaning saqlanishini, dastlabki ishlov berish jarayonida olingan tola 
va chigitning miqdori, sifatining yuqori bo‘lishini hamda paxta zavodlarida butun 
texnologik asbob-uskunalarining muvaffaqiyatli ishlashini ta’minlaydi. 


177 
Odatda, terilgan paxta namligi 10-18% ni tashkil etadi. Bunday namlikka 
ega bo‘lgan paxta xom ashyosini uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi, chunki 3-4 kun 
o‘tgandan keyin uning o‘z-o‘zidan qizishi boshlanadi va tola hamda chigit sifati 
yomonlashadi. Shuning uchun bunday yuqori namlikka ega bo‘lgan paxta xom 
ashyosi (bundan keyin paxta deb yuritiladi) ni paxta quritish mashinalarida tegishli 
namlikkacha quritiladi. Quritish mashinalari tuzilishi bo‘yicha aerofontonli, lentali, 
kamerali, shnekli, barabanli va boshqa turlarga bo‘linadi. Paxta sanoatida ko‘prok, 
namlikni tortib olish bo‘yicha yuqori unumdorllikka ega bo‘lgan, xar xil 
konstruktsiyadagi barabanli quritgichlar ishlatiladi. Ularning elektr yuritmasi va 
uni boshqarish soddaligi bilan boshqa turdoshlaridan ajralib turadi.
Quritish barabanidagi xavo haroratining termo-qarshilik yordamida 
avtomatik boshqarish sxemasi 17.5-rasmda keltirilgan.

Download 8,51 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   135




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm Paxtani uzatish rostlagichini boshkarish postining funktsional

Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish