171
16.3-rasm. Yuklarni ko‘tarish, tushirish va harakatlanish uskunasining
funktsional (a) va printsipial-elektr (б,) sxemalari.
17-BOB. PAXTAGA DASTLABKI ISНLOV BЕRISH
JARAYОNLARINI AVTOMATLASНTIRISН
17.1. Umumiy tushunchalar
Respublikamizni o‘z Mustaqilligiga
erishishi tufayli, bebaho hisoblanuvchi
paxta xomashyosini qayta ishlash va yakuniy mahsulot olishga imkoniyat yaratildi.
Paxtani qayta ishlashdan olinadigan asosiy mahsulot-paxta tolasi va
chiqindilar to‘qimachilik, kimyo, yog‘-moy, oziq-ovqat
va boshqa korxonalar
uchun asosiy xomashyo xisoblanadi. Ulardan ip, gazlama, sun’iy shoyi, parashyut
gazlamasi,yog‘, shampun, sovun, qog‘oz, karton, alif, lak, qora moy va boshqa
mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Bir tonna paxta xomashyosi qayta ishlanganda o‘rtacha 340-350 kg tola,
550-600 kg chigit, 50-60
kg momiq, 8-10 kg ulyuk ishlab chiqiladi. Bir tonna
chigitdan esa 160- 170kg yog‘, 400 kg kunjara, 50-60 kg momiq, 60 kg o‘simlik
oqsili, 300 kg sheluxa (po‘choq) mahsulotlari olinadi .
Respublikamiz dexqonlari tomonidan yiliga o‘rtacha 3.5 mln tonnaga yaqin
paxta xomashyosi yetishtirilmokda va undan olinadigan
ikkilamchi mahsulotlar
(paxta tolasi, chigiti,momiq va boshqalar) sifat darajasi qancha yuqori bo‘lsa soha
va mamlakatimiz iqtisodiyoti yuksalishiga shuncha ko‘p hissa qo‘shadi.
Paxtani qayta ishlash korxonalarida paxta xomashyosini tayyor mahsulotga
aylantirish murakkab texnologik jarayonlardan iborat bo‘lib, unda fan va texnika
yutuqlari va ilg‘or texnologiyalar, jumladan avtomatika tadbiq kilinmog‘i kerak.