|
-rasm. Tuxum yig‘ish elevatorining umumiy ko‘rinishiBog'liq dFc2KPzKYjzkRMlWLetGCmIRU16kCVMILzbtEBsA
15.7 -rasm. Tuxum yig‘ish elevatorining umumiy ko‘rinishi.
Tovuqxonada tuxum yig‘ish jarayonlarini avtomatik boshqarish tizimining
printsipial sxemasi 15.8-rasmda ko‘rsatilgan. Sxemada qo‘l, sozlash va avtomatik
rejimlarda ishlashi inobatga olingan. Rejimlarni tanlash SA1 ko‘p pozitsiyali qayta
qo‘shgichlar orqali amalga oshiriladi. SA2…SA7 tumblerli qayta qo‘shgichlar
orqali sozlash rejimida alohida qurilmalar distantsion ravishda, SA8 tumblerli
qayta qo‘shgichi orqali esa qo‘l rejimida boshqariladi. KM3 magnitli ishga
tushirgichi yordamida M3 ko‘ndalang (poperechnogo) transporterini ishga tushishi
bilan KV1:1 va KV1:2 blok-kontaktlari KV9:1 va KV9:2 orqali M1 birinchi
yarusdagi prodol transporterlarini hamda M2 lentani tozalash yuritmasini ishga
tushishga tayyorlaydi. Ikkinchi yarusda M4 ko‘ndalang (poperechnogo)
transporteri KV7 orqali M6 prodol transporterini elektr yuritmasi bilan hamda
KV10 esa M5 cho‘tkani tozalash yuritmasi bilan blokirovkalangan.
Avtomatik
rejimda
boshqarish
KEP-12U
tipidagi
ko‘p kanalli
programmalashtirilgan qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Bunda o‘zining
kontaktlari bilan SA2…SA7 tumblerli qayta qo‘shgichlar funktsiyasini takrorlab
boradi va transporterlarni avtomatik ravishda boshqaradi.
Markazlashgan tuxum yig‘ish jarayonida tovuqlarning tuxum berish
nazoratini olib borish maqsadida tuxumni avtomatik hisobga olish tizimi
ishlatiladi. Buning uchun turli konstruktsiyadagi schetchiklar va impulsli datchiklar
(fotorele, gerkonlar) qo‘llaniladi.
166
15.8-rasm. Tovuqxonada tuxum yig‘ish jarayonlarini avtomatik boshqarish
tizimining printsipial sxemasi.
|
| |