Linterlash mexanizmlarini avtomatlashtirish




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/135
Sana31.05.2024
Hajmi8,51 Mb.
#258116
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   135
Bog'liq
dFc2KPzKYjzkRMlWLetGCmIRU16kCVMILzbtEBsA

17.4.2. Linterlash mexanizmlarini avtomatlashtirish
Linterlash mashinalarida, jinlash jarayonidan so‘ng chigitlarda ajralmay 
qolgan kalta tola-lint (momiq) ajratib olinadi. Buning uchun momiqli chigit 
linterlash mashinasidan 2 va 3 marta o‘tkaziladi. Linter mashinasi ta’minlagich, 
ishchi kamera, arrali tsilindr, chigitlar uchun tarnoe, ishchi kamerani yuqoriga va 
pastga harakatlantiruvchi qurilma va elektr uskunalaridan tashkil topgan. Chigitlar 
jin mashinalaridan transport vositalari yordamida linter ta’minlagichi tepasida 
joylashgan shaxtaga beriladi. Ta’minlagich baraban, u yerdan chigitlarni tarnoe 
orqali ishchi kameraga bir tekisda uzatadi. Ishchi kamerada aylanayotgan 
agdargich (voroshitel) va arrali tsilindr ta’sirida aylanuvchi chigit valigi xosil 
bo‘ladi. Chigitlardan arra tishlari yordamida momiqlar ajratib olinadi va soplodan 
chikayotgan xavo oqimi yordamida momiq tashish quvuriga beriladi. Linterda 
ishchi kamerani yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirish qurilmasi ko‘zda tutilgan. 
U, turi 4A80V6, quvvati R=1,1 kVt bo‘lgan elektr motori, chervyakli reduktor
reduktorning sekin aylanadigan valiga o‘rnatilgan qo‘lachok, ishchi kameraning 
yuqoriga va pastga qiladigan harakatini chegaralovchi 2 ta chegaraviy 
uzgichlardan tashkil topgan.
17.9- rasmda linterlash tsexi va 5-LP rusumli arrali linter mashinasining 
umumiy ko‘rinishi keltirilgan. 


183 
 
17.9- rasm. Linterlash tsexi va 5-LP rusumli arrali linter mashinasining 
umumiy ko‘rinishi.
Motorni ishga tushiruvchi knopka bosilganda ishchi kamera yuqoriga qaram 
harakatga keladi va qo‘lachok chegaraviy uzgichlarning birini bosadi. Natijada 
elektr motori zanjiri uzilib, ishchi kamera yuqori chegaraviy xolatda to‘xtaydi. 
Yana shu knopka bosilganda, motor teskari tomonga yunaladi va ishchi kamerani 
pastki tomonga qaram harakatlantiradi. Qo‘lachok endi ikkinchi pastki chegaraviy 
uzgichni bosadi va ishchi kamera pastki chegaraviy xolatda to‘xtaydi. Agarda 
knopkani uzoq vaqt davomida bosib turilsa, ishchi kamera tsikl bo‘yicha goh 
yuqoriga, goh pastga harakat qilaveradi. 
17.10-rasmda 5LP rusumli linter mashinasi elektr yuritmasining printsipial 
sxemasi keltirilgan.
Linter uchta motor yordamida ishga tushi- riladi. Motor Ml (rusumi 4A 200 
MVUz, r=18,5 kVt, p=16,17s"')-arrali tsilindr uchun, motor M2 (rusumi 4A 16056 


184 
Uz, r=11 kVt, p= 16,25 s
1
)- agdargich (voroshitel) uchun va motor MZ (rusumi 4A 
10V6 Uz, r=1,1 kVt)- ishchi kamera uchun. 
Buning uchun almashlab-ulagich AU qo‘l «K»-holatiga o‘tkaziladi. Bunda 
AU ning 1,3,5 kontaktlari ulanadi va xoxlagan ishga tushirish va to‘xtatish 
knopkasi KN1, KN2, KNZ ni bosib, Ml, M2, MZ motorlarini aloxida boshqarish 
mumkin. 
Linter avtomatik rejimda ishlaganda almashlab ulagich AU avtomatik rejim 
«A» holatiga o‘tkaziladi. Bunda AU ning 2,4,6, kontaktlari ulanadi. 
Ishga tushurish knopkasi KN2 bosilganda kontaktor K1 va rele K2 tok oladi 
va arrali tsilindr motori Ml va K4 relesi tarmoqqa ulanadi. Bu paytda ishchi 
kamera ko‘tarilgan xolatda bo‘ladi. Endi Kn4 knopkasi qisqa vaqt davomida 
bosilganda ishga tushirish kontaktori K7 tok oladi va ishchi kamera motori MZ ni 
tarmoqqa ulaydi va kamera pastga ishchi xolatga tushadi. Kamera ishchi holatida 
uzgich VK6 ni bosadi. VK6 ning ochiq kontakti ulanib ishga tushirgich kontaktori 
Kb tok oladi va uz kontaktlari bilan chigit agdargich motori M2 ni tarmoqqa 
ulaydi. Shu bilan mashinani ishga tushirish jarayoni tugallanadi. 
Avariyaviy xolatlarda KNA-avariyaviy knopka bosiladi. Bunda K1 kontaktori 
va K2 relesi tok yo‘qotadi, dinamik tormozlash kontaktori KZ va uning kontakti 
orqali vaqt relesi K5 tok oladi. Natijada arrali tsilindrning motori Ml o‘zgaruvchan 
tok tarmogidan o‘zilib, o‘zgarmas tok tarmogiga ulanadi va dinamik usulda 
tormozlanib tez to‘xtaydi. 
1-2 s o‘tgandan so‘ng vaqt relesi K5 ishlab, uz kontakti bilan tormozlash 
kontaktori KZ, rele K4 zanjirini uzadi, KU2 tok yo‘qotadi va sxema o‘zining 
dastlabki holatiga qaytadi. 
Mashinada xavfsizlik blokirovkasi VK1-VK5 uzgichlari orqali amalga oshiriladi. 
Sxemada elektr yuritmani qo‘lda va avtomatik tarzda boshqarish rejimlari ko‘zda 
tutilgan. Qo‘lda boshqarish rejimi linterni ta’mirlash, sozlash paytlarida 
qo‘llaniladi. 


185 

Download 8,51 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   135




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Linterlash mexanizmlarini avtomatlashtirish

Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish