192
18.4-rasm. “Sreda-1” tipidagi mikroiqlimni avtomatik boshqarish
tizimining funktsional sxemasi:
ВK-harorat datchiklari; БИЗ-o‘lchash va topshiriq berish bloklari; БE-
elektronli blok; РE-elektron rele; БРД ДПР va БРД ПР-ikki pozitsiyali va
proportsional rostlagichlarning taqsimlash bloklari; ИM-ijrochi mexanizm;
OБ-umumiy blok.
18.3. Donni tozalash-quritish jarayonlarini avtomatlashtirish
Qabul qilingan texnologiyaga asosan don o‘rish kombaynlarida o‘rilgan
bug‘doy, sholi va boshqa moyli ekinlar mahsulotlari to‘la ravishda tozalanishi shart
va ularning qariyb 60 foizi esa sun’iy quritiladi.
Kombaynlarda o‘rilgan donlarni birlamchi tozalash va sun’iy quritishdan
so‘ng statsionar don tozalash-quritish qurilmalarida
keyingi ishlov berish
jarayonlari amalga oshiriladi.
193
Bugungi kunda donni qayta ishlash korxonalarida KES-20Sh
tipidagi don
tozalash-quritish majmuasi qo‘llanilib kelinmoqda (18.5-rasm).
Majmua don
tozalash va quritish bo‘limlaridan tashkil topgan.
Don tozalash bo‘limi to‘kish yamasidan 17, avtomobil ko‘targichdan 16,
ikki oqimli to‘kish noriyasidan 5, birlamchi tozalash mashinasidan 6, havo-to‘siqli
mashinalardan 4, trierli blokdan 1, markazlashgan aspiratsionli tizimdan 3, uzatish
transporterlaridan 2, chiqindi chiqarish transporteridan 19, don o‘tish komplekti va
bunkerlar blokidan: tozalangan don bunkeridan 22, chiqindilar bunkeridan 21, furaj
bunkeridan 20 va zahira bunkerlaridan tashkil topgan bo‘ladi.
Barcha mashinalar
va boshqarish pultlari bunkerlar blokiga mahkamlangan.
Quritish bo‘limi ikkita shaxtadan (10, 12) iborat bo‘lgan SZSh-16
tipidagi
quritgichdan, beshta noriyadan (7,9,11,13,15), sovutish karnaylaridan (8,14) va
boshqarish stantsiyasidan tashkil topgan. Don tozalash va quritish bo‘limlari
texnologik jihatdan bir-birlari bilan don o‘tkazish qurilmalari orqali o‘zaro
bog‘langan.
KES-20Sh tipidagi don tozalash-quritish majmuasining
printsipial-elektr
sxemasi 18.6-rasmda keltirilgan.