200
19-BOB. ENЕRGIYА TA’MINOTI JARAYОNLARINI
AVTOMATLASНTIRISН
19.1. Umumiy tushunchalar
Sohada texnik taraqqiyotning o‘sib borishi hamda
uning barqarorligi ishlab
chiqarish jarayonlarini elektrlashtirish va avtomatlashtirish, energoeffektiv
jarayonlarni kashf etish va ishlab chiqarishga joriy etish, hamda energiya ta’minot
tizimini avtomatlashtirish kabi omillarga bog‘liqdir.
Bugungi kunda qishloq
xo‘jalik ishlab chiqarishi tizimining faoliyat yuritishini energiyalar orasida eng
qulay va universal hisoblangan elektr energiyasisiz tassavur etib bo‘lmaydi.
Bugungi kunda Respublika elektroenergetika
tizimi mamlakatimizda
mavjud elektr energiyasi iste’molchilarini to‘la ta’minlash imkoniyatiga ega
bo‘lishiga va qishloq tumanlarining barcha xududlari
elektr energiyasi uzatish
tarmoqlari bilan to‘la ta’minlanganligiga qaramasdan qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishida elektr energiyasidan foydalanish darajasi ilg‘or mamlakatlardagidan
3-5 barobar kamdir.
Qishloq xo‘jaligi iste’molchilarini energiya ta’minoti
deganda uni ishonchli,
beto‘xtov va uzluksiz ravishda elektr energiyasi, gaz,
issiq havo va suv, bug‘ va
sovuq suv bilan ta’minlash tushuniladi.
Bugungi kunda avtomatik vositalarsiz hamda ishlab chiqarish jarayonlarini
avtomatlashtirishsiz qishloq xo‘jaligi iste’molchilarini
ishonchli, beto‘xtov va
uzluksiz tarzda energiya bilan ta’minlash mumkin emas.
Elektr ta’minoti tizimida xizmat qilayotgan xodimlar avtomatik himoyasiz,
boshqarishsiz va rostlashsiz, ko‘rsatgichlarni o‘lchashsiz va signalizatsiyasiz
texnologik jarayonlar borishini va turli xildagi buzilishlarni tezlik bilan o‘z vaqtida
aniqlashga va ularni bartaraf etishga qodir emas.
Qishloq xo‘jaligi elektr ta’minoti turli xildagi avtomatik qurilmalar qo‘llanilib
kelinmoqda.