203
19.1-rasm. TG tipidagi issiqlik generatorining funktsional-texnologik (a),
printsipial-elektr (б) sxemalari va vaqtinchalik ish diagrammasi (в).
Yoqilg‘i yoqish trubkasi (3) orqali yoqish uskuasiga uzatiladi va yoqish
ventilyatori yordamida havoga sachratiladi. Yoqilg‘i
trubkasini ochish va yopish
YA elektromagnit orqali amalga oshiriladi. Yoqish uskunasi elektr uchqunli
elektrodlar (6) yordamida yoqiladi va bunda alanga borligini nazorat qilish uchun
fotorezistor (4) xizmat qiladi.
204
Issiqlik generatorini boshqarish sxemasi avtomatik qizdirish, qo‘l yordamida
qizdirish va qo‘l yordamida shamollatish rejimlarini inobatga oladi.
Avtomatik ravishda qizdirish rejimida SA1 va SA2
universal qayta
qo‘shgichlar A holatiga qo‘yiladi (19.1-rasm, б va в).
Shamollatish natijasida xonadagi havo haroratini pasayishi bilan R yarim
o‘tkazgichli
harorat
rostlagichining
kontaktlari
qo‘shiladi
va
KT
programmalashtirilgan vaqt rlesi va KV1 oraliq relesiga kuchlanish keladi, natijada
KM1 elektr ventilyatorining magnitli ishga tushirgichi zanjirdan uziladi va
xonadagi shamollatish jarayoni to‘xtaydi.
KT vaqt relesi qo‘shilgandan so‘ng 5 s o‘tib, uning KT:4 kontakti qo‘shiladi
va zanjirdagi KT:3, KT:4, SA2, KT:1 kontaktlari va SK3 harorat datchigi orqali
KM2 magnitli ishga tushirgichiga kuchlanish keladi va natijada M2
gorelka
ventilyatorining dvigateli qo‘shilib, yonish kamerasida havo haydash jarayoni
boshlanadi.
20...25 s vaqt o‘tgandan keyin KT:2 vaqt relesining kontaklari qo‘shiladi va
TV yuqori kuchlanishli yondirish transformatori va YA elektromagnitli klapanga
kuchlanish keladi. Yorug‘lik nuri ta’sirida BL fotorelening R qarshiligi kamayadi
va natijada avval KV3 oraliq relesi va keyin esa KV2 oraliq relesi ishga tushadi.
KV2:2 va KV2:3 kontaktlari TV yuqori kuchlanishli yondirish transformatori va
KT vaqt relesini o‘chiradi.
Yondirish kamerasi isitilgandan keyin SK2 va SK1
harorat datchiklarining
kontaktlari ketma-ketlikda qo‘shila boshlaydi. KV1 oraliq relesi zanjirdan uziladi
va ventilyatorning KM1 magnitli ishga tushirgichi qo‘shiladi, natijada xonaga
issiqlik generatordan issiq havo oqimi kelishni boshlaydi.
Agar issiqlik generatorini ishga tushishi 20...25 s dan ortib ketsa,
u holda
KT:1 kontaktlar YA elektromagnitli ventilni o‘chiradi va yoqilg‘i uzatish jarayoni
to‘xtaydi. Keyin KT:5 kontakti orqali HL4 sigal lampasi qo‘shiladi va KT:3
qo‘shuvchi kontakti esa yoqish uskunasining M2 ventilyatorini o‘chiradi. Issiqlik
generatorining normal ish rejimida alangani qisqa muddatli o‘chib qolish holati
kuzatilsa, u holda BL fotorelening KV3 relesi KT2 harorat datchigini o‘chiradi va
205
uning KT2:2 qo‘shuvchi kontakti TV yuqori kuchlanishli transformatorni qo‘shadi
va yonish uchquni uzatiladi. Agar qorishma yonmasa, issiqlik generator KT1:1 va
KT:3 kontaktlari orqali o‘chiriladi. Uni qayta ishga tushirish qo‘l rejimida SA1
rukoyatka yordamida avval “O” holatiga va keyin esa qaytadan “A” holatiga
o‘rnatish orqali amalga oshiriladi. Bunda KT programmalashtirilgan qurilma
oldingi holatiga qaytadi. Issiqlik generatoridagi
havo harorati belgilangan
qiymatidan oshib ketsa, SK3 datchigining kontaktlari yopiladi va issiqlik
generatorni zanjirdan uzadi.
Issiqlik generatorida xona haroratini qo‘l rejimida boshqarishda SA1 va SA2
qayta qo‘shgichlar “R” holatiga o‘rnatiladi. Qo‘l yordamida shamollatish
jarayonini boshqarishda esa S tumbleri yordamida amalga oshiriladi.