201
va halokatli rejimlardan (qisqa tutashishdan, atmosferaga bog‘liq
kuchlanish
o‘zgarishidan) saqlagichlar, magnitli va avtomatik o‘chirgichlardan hamda turli
xildagi relelar va kontaktsiz mikrosxemalar orqali amalga oshiriladi.
Elektr qurilmalarini avtomatik sektsiyalash
qurilmalari asosiy massa
iste’molchilarining elektr ta’minotini saqlagan holda uzilgan tarmoq qismini va
iste’molchilar qismini avtomatik ravishda o‘chirish uchun xizmat qiladi.
Avtomatik qayta qo‘shish uskunalari
(APV) uchastkada uzilish bo‘lganda
uni qisqa vaqtga avtomatik ravishda o‘chirib turish va elektr ta’minotini
saqlanishini ta’minlash va tuzatilgan uchastkani qayta qo‘shish uchun qo‘llaniladi.
Bunday hodisalar asosan elektr uzatish liniyalarida kuzatiladi. Avtomatik qayta
qo‘shish uskunalari hisobiga iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minotidagi
uzilishlar sezilarli darajada kamayadi va ularni 80 foizga yaqini qayta avtomatik
ravishda ekspluatatsiya qilinmoqda.
Buning sababi shuki, toksiz pauza davrida
(millisekunddan bir necha sekundgacha) qisqa tutashish o‘z-o‘zidan yo‘qoladi,
chunki uzilgan elementning elektr mustahkamligi qisqa vaqtdagi o‘chirish davrida
ko‘pgina holatlarda tiklanadi.
Rezerv qurilmasini avtomatik qo‘shish uskunalari
(AVR)
uzilgan elektr
qurilmasini rele himoyasi orqali zudlik bilan o‘chirish va rezerv uskunani yoki
elektr energiyasi manbasini avtomatik qo‘shish yo‘li bilan elektr ta’minotini
to‘xtovsiz ravishda ishlashini ta’minlab turish uchun xizmat qiladi.
Agarda avtomatik qayta qo‘shish uskunalari (APV) elektr uzatish liniyasini
qayta qo‘shish uchun qo‘llanilsa, rezerv qurilmasini avtomatik qo‘shish uskunalari
(AVR) esa rezervdagi elektr esa rezavordagi elektr energiyasi manbalarini (kuch
transformatori, rezerv elektr tarmog‘i, dizel elektrostantsiyasi va boshqalar)
avtomatik ravishda qo‘shish uchun ishlatiladi.
AVR qurilmalarida
toksiz pauza vaqti t
n
=0,5÷1,5s, AGV da -0,5÷2s – bir
marta qayta qo‘shish uchun va 10÷15s ikkinchi marta qayta qo‘shish uchun
belgilangan bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi elektr ta’minoti qurilmalarida turli turdagi avtomatik
o‘lchash nazorat va signalizatsiya qurilmalari qo‘llaniladi.
Bu turdagi avtomatik
202
qurilmalarning tuzilishi va sxemalari “Qishloq xo‘jaligini elektr ta’minoti”
fanining maxsus kursida o‘rgatiladi.