Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/135
Sana31.05.2024
Hajmi8,51 Mb.
#258116
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   135
Bog'liq
dFc2KPzKYjzkRMlWLetGCmIRU16kCVMILzbtEBsA

 
 
 
 
 
 


194 
 
 
 
18.5-rasm. KES-20Sh tipidagi don tozalash-quritish majmuasining 
texnologik sxemasi:
1-trierli blok; 2-uzatish transporterlari; 3-markazlashgan aspiratsionli 
tizim; 4-havo-to‘siqli mashinalar; 5-ikki oqimli to‘kish noriyasi; 6-birlamchi 
tozalash mashinasi; 7,9,11,13,15-noriyalar; 8,14- sovutish karnaylar; 10,12 
shaxtalar; 16-avtomobil ko‘targich; 17-don tozalash bo‘limi to‘kish yamasi; 18-
zahira bunkerlari; 19-chiqindi chiqarish transporteri; 20-furaj bunkeri; 21-
chiqindilar bunkeri; 22-tozalangan don bunkeri. 
 
 
 
 
 
 


195 
 
 
18.6-rasm. KES-20Sh tipidagi don tozalash-quritish majmuasining printsipial-
elektr sxemasi.
 
 
 
Don massasini miqdori va ifloslanish darajasiga qarab SA1 va SA2 qayta 
qo‘shgichlar holati mos ravishda o‘rnatilib, ular orqali qurilmaning ish rejimlari 
yetti xil variantda berilishi mumkin. SA1 qayta qo‘shgichni 3 holatga 
o‘zgartirishda birlamchi, havo-to‘siqli va trierli tozalash mashinalarini barchasi 
hamda SA2 qayta qo‘shgichni qo‘shish (1 yoki 2 holatlar) orqali esa birinchi yoki 


196 
ikkinchi liniya mashinalarini alohida ishlashini ta’minlash mumkin. Agar SA1 
qayta qo‘shgich 1 holatda turgan bo‘lsa, u holda mashinalarning ishlashi 
yuqorida ko‘rsatilgan uch xil variantda (trierli bloklarsiz) ishlashi mumkin. Agar
SA1 qayta qo‘shgich 2 holatga qo‘yilsa, u holda ularga qo‘shimcha birlamchi 
tozalash mashinasi ham ishlaydi. 
Mashinani ishga tushirish va to‘xtatish vaqtida donni tiqilib qolishini oldini 
olish maqsadida mashinalar elektr yuritmalarini ishga tushirish ketma-ketligi 
donni harakatlanishiga qarama-qarshi ravishda bo‘ladi va ularni to‘xtatish ketma-
ketligi esa don oqimiga mos keladi. Bunga misol sifatida asosiy variant asosida 
barcha mashinalarni ishga tushirish sxemasini ko‘rib chiqish mumkin. Avvaliga 
QF1...QF5 avtomatlar qo‘shiladi, SA1 qayta qo‘shgich 3 holatga va SA2 qayta 
qo‘shgich esa 2 holatga o‘rnatiladi hamda SB19 knopka (tugmacha) orqali 
mashinani ishga tushishi haqida ogohlantiruvchi signal HA ga uzatiladi. 
Keyinchalik esa SB2 knopkasi orqali markazlashgan aspiratsion tizimni (3) M1 
(14 kVt) elektr yuritmasi va SB4 va SB6 knopkalari esa har birining quvvati 2,2 
kVt bo‘lgan M1 va M2 elektr yuritmalarini ishga tushiradi. Uzatish 
transporterlari (2) va xavo-to‘siqli mashinalari (4) mos ravishda M4 va M5 (1,5 
kVt) hamda M6 va M7 (1,1 kVt) elektr yuritmalari orqali ishlaydi. Ularni 
KM4...KM7 magnitli ishga tushirgichlar zanjiridagi KM2:2 va KM3:2 blok-
kontaktlarni yopilgandan so‘ng SB8, SB12 va SB10 va SB14 knopkalari orqali 
ishga tushiriladi. Faqatgina shundan so‘nggina KM6:2 yoki KM7:2 blok-
kontaktlari orqali SB16 knopkasi (tugmacha) yordamida noriya qurilmasining (7) 
elektr M8 (3 kVt) yuritmasini, M9 (1,1 kVt) birlamchi tozalash mashinasini (6) 
va M10 (1,5 kVt) chiqindilar transporterini (19) hamda SB18 knopkasi orqali esa 
M11 (4 kVt) yuk noriyasini (5) elektr yuritmasini ishga tushirish mumkin. A3N1 
va A3N2 noriya to‘siqlarini avtomatlari KM11:2 blok kontaktlari orqali ochiladi. 
Mashinalarni to‘xtatish SB17...SB1 “STOP” tugmachalarini teskari ketma-
ketlikda bosish orqali amalga oshiriladi. 


197 
Agar bunkerlarni (18, 20, 21, 22) to‘lib-toshib ketadigan bo‘lsa, u holda 
SL1...SL4 sath datchiklarining kontaktlari qayta qo‘shiladi va NA tovush signali 
qo‘shiladi, natijada mos ravishda HL11...HL14 signal lampalari o‘chadi. 

Download 8,51 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   135




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн

Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish