|
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshqarish tizimlari
|
bet | 29/83 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #107865 |
Bog'liq AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob 2.3 Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshqarish tizimlari.
Ishlab chiqarishni hususiyatlari texnologik dastgoh va jihozlarga ma’lum talablar qo’yadi. Agar mahsulot yalpi ishlab chiqarish sharoitida ishlab chiqarilsa, ishchi mashina (avtomatlar) ga yuqori unumdorlik talabi qo’yiladi. Seriyali va donalab ishlab chiqarish sharoitida birinchi o’ringa universallik va moslanuvchanlik talabiqo’yiladi. Bunda universallikka dastgohlarni qanchalik ko’p har xil mahsulotlarni ishlov berishga qaytasozlanish mumkinligi asos bo’ladi. Moslanuvchanlik bir mahsulotni ishlab chiqarishdan boshqasiga qanchalik tez o’tish mumkinligini ko’rsatadi.
Mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish deganda yuqori intensiv texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ular asosida odamning bevosita ishtirokisiz texnologik va yordamchi jarayonlarni bajaruvchi Yuqori unumli jihozlarni yaratishga haratilgan tadbirlar kompleksi tushuniladi.
Ishlab chiqarish jarayoni avtomatlashtirilishdan avval doim mexanizasiyalashtiriladi. Avtomatlashtirishda joriy etilgan mexanizasiya avtomatik boshqarish ob’ekta bo’lib hizmat qiladi. Avtomatlashtirish mehnat predmetiga ta’sir ko’rsatish usullarigagina emas, balki ana shu usullarni boshqarishga ham ta’luqlidir.
Ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish tarixi va rivojlanish tamoyillarini taxlili shuni ko’rsatadiki, avtomatlashtirishni har xil murakkablikdagi masalalar xal etilgan 3 ta bosqichga bo’lish mumkin:
Ishchi sikllarni avtomatlashtirish, avtomat va yarim avtomatlar qurish;
Mashinalar tizimini avtomatlashtirish, avtomat liniyalar qurish;
Ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish yoki avtomat sexlar va ishlab chiqarish korxonasilar qurish.
Avtomatlashtirishning birinchi bosqichida qo’yilgan vazifalarni fizika, matematika, matematik modellashtirishga oid bilimlardan, analog va hisoblash mashinalaridan foydalanib nazariy hal etishdan iborat. Bu vazifani hal qilish natijasida bo’lajak ob’ektning, masalan, tokarlik dastgohavtomatining fizik matematik modeli dunyoga keladi. Bu vazifalarni tarmoq ilmiy-tekshirish institutlari va konstruktorlik byurolari ko’rib chiqadi va hal etadi.
Model ishlab chiqilgandan so’ng uning texnikiqtisodiy ko’rsatgichlari aniqlanadi va uning samaradorligi dastgohning mavjud modellariniki bilan taqqoslanadi. Bunda birinchi navbatda, yaratiladigan modelning hamda texnologii jarayonlarni boshqarish usullarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligiga baho beriladi. Baho berishdan maqsad – modelning belgilangan funksiyalarni bajara olishini aniqlash; uning yordamida ishlab chihariladigan mahsulotning yuqori sifatli bo’lishiga, Yuqori mehnat unumdorligiga, yonilgi, jihoz va xomashyolardan maksimal darajada foydalanilishiga, mahsulotning hammasi realizasiya qilinishiga erishish.
Modelga iqtisodiy jihatdan baho berilgandan so’ng, ishlab chiqilgan yechimni oddiy, ishonchli va samarali usul bilan amalga oshirish hamda aniq konstruksiya’ni yaratishning eng maqbul yo’llari aniqlab olinadi.
Avtomatlashtirilishda ishlatiladigan uzellar, mexanizmlar o’z vazifalariga va funksional alomatlariga ko’ra guruhlarga bo’linadi, masalan, tashish va yuklash vositalari, avtomatikaning rostlovchi va ijrochi qurilmalari. Barcha vositalar birbiriga yaqin bo’lgan alomatlariga ko’ra unifikasiyalangan bloklarga guruhlanadi. Unifikasiyalangan bloklardan avtomatlashtirishning kompleks vositalari to’zi ladi.
|
| |