• Avtomobil yo‘llarini qurishda atrof- muhit muhofazasi
  • Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyasi asoslari haqida umumiy ma’lumotlar




    Download 90.21 Kb.
    bet4/5
    Sana18.09.2023
    Hajmi90.21 Kb.
    #82563
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-maruza
    1-amaliy mashg\'ulot(Asоsiy temоdinamik hоlat parametrlari), Elektromagnit tizimli asboblar, Adittiv va multiplikativ xatoliklar, Xorijiy mamlakatlarda texnik jihatdan taribga solish soxasidagi faoliyati, Amaliy ish, Sementbeton qoplamalari, Avtomobil yo`llari bo`ylab joylashtiriladigan damo olish maydonlarini loyihalash, Boshqaruv qarorlar qabul qilish usullari, Bitiruvchi talabalarni mutaxassiliklari bo’yicha ishga yo’naltirish, marketing. Ishlab chiqarish sohasidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik, Dissertatsiya mavzusi, Avtomobil yo‘llarini me’moriy-landshaft bezash va manzarali ko‘kalamzorlashtirish, МАЪРУЗАЛАР МАТНИ, 4-mavzu. Biznesda tashkiliy-farmoyish hujjatlar Reja, Binolarning energiya tejamkor muhandislik kommunikatsiyalari
    p - ishchilar soni.
    Mehnat sig‘imini bajarilgan ish hajmining vaqt me’yo- riga ko‘paytirish bilan aniqlash mumkin

    bu erda V - mahsulot hajmi;
    Mv - vaqt me’yori, odam-soat.
    Vaqt me’yori bilan mehnat sarfi ishchilarning ishlab chiqarish qobiliyati va mashinalarning ish unumdorligiga bog‘liq, va u quyidagi formula bilan aniqlanadi.

    bu erda U-mashinaning vaqt birligidagi ish unumdorligi;
    V-birlik ish hajmi;
    Mv-birlik ish hajmini bajarish uchun ajratilgan vaqt me’yori.
    Mehnat sarfi me’yori - bu kerakli kasbiy malakaga ega bo‘lgan ishchining mehnat sharoitini ratsional tashkil etilgan holdagi birlik mahsulotni yaratish uchun sarf qilgan mehna- tidir. Birlik ish uchun vaqt me’yorini bilgan holda ish unumdorligini me’yoriy topish mumkin. Ish unumdorligi me’yori - bu ishni to‘gri tashkil etilgan holatdagi malakali mutaxassis ishchi yoki zveno tomonidan tayyorlanishi kerak bo‘lgan sifatli mahsulot miqdoridir. Uning birligi bir smenada bajariladigan shu ish birligi bilan o‘lchanadi.

    1. Avtomobil yo‘llarini qurishda atrof- muhit muhofazasi

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Dunyo hamjamiyatining turg‘un rivojlanish tamoyillarini e’lon qilgan va unda
    insonlarning xo‘jalik faoliyati inobatga olingan. Ularga kuyidagilar kiritilgan:

    • insonlar to‘xtovsiz taraqqiyot markazida bo‘lib, ular sog‘- lom unumli yashash huquqida tabiat bilan hamohang bo‘lishlari kerak;

    • taraqqiyot huquqini ta’minlashda atrof-muhitni hozir- gi va kelajak avlod uchun saqlash;

    • atrof-muhit muhofozasi taraqqiyot jarayonining ajral- mas qismini tashkil etishi kerak.

    Transport qurilishida yuqorida keltirilgan tamoyil- larga asosan ekologik tizim yondashuvi ishlab chiqilgan va u ushbu fanning shakllanayotgan bir qismidir. Transport ekologiyasi fanida transportning tabiat bilan o‘zaro ta’siri, atrof-muhitni injenerlik himoyalash usullari, biosferada to‘xtatib bo‘lmas jarayonlarning hosil bo‘lishini oldini olish masalalari o‘rganiladi. SHu yondashuvga binoan tabiat-texnik tizim (TTT) va uning transport tizim bo‘lagi (TTTT) tushun- chalari kiritilgan. Birinchisi - insonlar xujalik faoliyati natijasini aks ettiradi, ikkinchi esa uning bir bo‘lagidir. Asosiy yondashuv bu transport ob’ekti loyihalash, kurish, foydalanish va qayta qurish davrida ob’ektning xavfsiz- ligini ta’minlashni boshqaruvchi usul yaratishdir. Bunday usulni tatbiq etishda har bir avtomobil yo‘l loyihasi bo‘yi- cha atrof-muhit himoyasi tadbirlari ishlab chiqiladi. Tadbir- larda atrof-muhitga etkazilishi mumkin bo‘lgan zararni oldini olish yoki uni tiklash usullari amalga oshiriladi. Ekologik zararni oldini olishda texnik echimlarning ekolo- gik eng xavfsizini tanlashga va tiklash usuli TTTTni xafli ta’sirlash omiliga turg‘unligini oshirishga qaratilgan.
    Avtomobil yo‘l-transporti qurilishida kelib chiqadigan ekologik muammolarni quyidagi qurilish echimlari bo‘yicha guruhlash mumkin:

    • erdan foydalanish;

    • arxitekturali rejalashtirish;

    • konstruktiv;

    - texnologik.
    Avtomobil yo‘l quruvchilari erdan foydalanuvchilardan bo‘lib, unga davlat fondidan er maydoni ajratiladi. Amaldagi qonunchilikka binoan, zaruriyat uchun vaktinchalik ajratilgan er maydonlaridan foydalanuvchilar o‘z mablag‘lari hisobidan rekultivatsiya - erni tabiatga tiklab qaytarish bo‘yicha ishlar bajarishga majburdirlar.
    Rekultivatsiyani qurilish davrida, buni imkoni bo‘lmaganda esa, ishlar tugatilgandan so‘ng bir yil davomida bajaradilar. Unumdor tuproq qatlamining buzilishi bilan bog‘liq ishlarda qatlam yuzadan ko‘chiriladi, uyum holatda saqlaniladi, agar lozim bo‘lsa, uyumga kerakli suv va o‘g‘itlar bilan parvarish kilinadi. Unumdor tuproq qatlami o‘z maqsadi bo‘yicha qayta ishlatiladi. Erning rekultivatsiya ishlari texnik hujjatlarning bir qismi bo‘lib, er uchastkasini ajratishni rasmiylashtirish uchun kerakli organlarga taqdim etiladi.
    Avtomobil yo‘llari qurilishida avtomobil yo‘li uning atrofidagi inshootlar bilan bir qatorda grunt rezervida, karerlarida er maydonlari ishlaniladi. Bunday maydonlar ish tugatilgandan so‘ng tekislanib, unumdor tuproq bilan qop- lanib, qishloq xujalik uchun yaroqli holga keltirilishi kerak.
    Karer o‘rnida suv havzalari hosil qilinganda, uning qirg‘oqlari ko‘chki hosil bo‘lmasligi uchun atrofida obodonlashtirish ishlari bajariladi.
    Parmalash-portlatish ishlari bajarilganda, portlash ener- giyasini atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish uchun bir vaqgda portlatiladigan zaryadlar massasiga cheklovlar qo‘yiladi, zaryad- larni portlatish vaqgi oralig‘i ko‘paytiriladi. Uloqtiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan portlatuvchi moddalar o‘rniga yumshatuvchi portlatish moddalarini ishlatish va so‘ngra yumshatilgan tog jinsini er qazuvchi mashinalar bilan qazish ishlarini bajarish kerak.

    Download 90.21 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 90.21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyasi asoslari haqida umumiy ma’lumotlar

    Download 90.21 Kb.