• Chervyak-rolikli rul mexanizmi
  • Avtomobillarni yig’ish,diagnostikalash va sinash.” O’quv amaliyotidan qo‘llanma




    Download 3,93 Mb.
    bet38/46
    Sana20.01.2024
    Hajmi3,93 Mb.
    #141851
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46
    Bog'liq
    AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)

    Rul mexanizmi


    Reyka-shesternyali rul mexanizmi reduktor ko‘rinishida bo‘lib, shesternya 2 va reyka 3 juftligidan iborat, 2-rasm.

    2-rasm. Reyka-shesternyali mexanizm.
    1-rul vali; 2-shesternya; 3-reyka; 4-tayanch.
    Reyka shesternyali mexanizmlar TICO, DAMAS, MATIZ, NEXIA yengil avtomobillarida qo‘llanilgan. Reyka-shesternyali mexanizmlarning afzalliklari, uning konstruksiyasini soddaligi, ixchamligi va boshqa mexanizmlarga nisbatan tannarxi arzonligidir. Bu turdagi mexanizmlarning to‘g‘ri (kuchni rul chambaragidan g‘ildirakga uzatishdagi) F.I.K. va teskari (kuchni g‘ildirakdan rul chambaragiga uzatishdagi) F.I.K. boshqa turdagi mexanizmlarga nisbatan yuqori (0,9...0,95). Shu sababli rul boshqarmasida rul kuchaytirgichi mavjud bo‘lmasa, reyka-shesternyali mexanizmlarni faqat kichik sinfdagi (TICO) avtomobillariga o‘rnatish mumkin. Bunda g‘ildiraklardan rul chambaragiga uzatiladigan to‘rtkilar qisman reykadagi ishqalanish hisobiga rezina yoki metall – keramik tayanchlarda so‘ndiriladi. MATIZ, NEXIA avtomobillarida gidrokuchaytirgich mavjudligi tufayli g‘ildiraklardan rul chambaragiga uzatishdagi turtkilar gidrokuchaytirgichda so‘ndiriladi.

    Chervyak-rolikli rul mexanizmi


    Bu turdagi mexanizmlar yengil (VAZ 2106), yuk (GAZ-53) avtomobillarida va avtobuslarda (PAZ) ishlatiladi. Rul mexanizmining juftligi globoid uzatmasi 3 dan va ikki yoki uch o‘rkachsimon rolikdan iborat, 3-rasm.

    3-rasm. Chervyak-rolikli mexanizm
    1-soshkaning vali; 2-uch o‘rkachsimon rolik; 3-globoid shaklidagi chervyak.
    Chervyakni korpusga radial-tayanchli yoki konussimon rolikli podshipniklar yordamida o‘rnatiladi. Rolikni esa soshka valining o‘yig‘chasiga sharikli yoki ninasimon podshipniklar yordamida o‘rnatiladi.
    Bu turdagi mexanizmlarning to‘g‘ri F.I.K. taxminan 0,55, teskari F.I.K. esa taxminan 0,70 ga teng, mexanizmning uzatish soni 1618 oralig‘ida. Bu turdagi mexanizmlarning teskari F.I.K. kam bo‘lganligi tufayli, boshqariluvchi g‘ildiraklar qabul qilgan turtkilarni rul chambaragiga kamaytirib o‘tkazadi.

    Download 3,93 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46




    Download 3,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobillarni yig’ish,diagnostikalash va sinash.” O’quv amaliyotidan qo‘llanma

    Download 3,93 Mb.