|
Avtomobillarni yig’ish,diagnostikalash va sinash.” O’quv amaliyotidan qo‘llanma
|
bet | 40/46 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #141851 |
Bog'liq AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)
Rul yuritmasi boshqariluvchi g‘ildiraklarni to‘g‘ri nisbatda (ichki g‘ildirakni katta, tashqi g‘ildirakni kichik burchaklarga) burilishini, boshqariluvchi g‘ildiraklarda avtotebranishlar bo‘lmasligini hamda avtomobilning osmalari tebranishida g‘ildiraklarni o‘z-o‘zidan burilishini oldini olishni ta’minlaydi.
Rul yuritmasi: rul taretsiyasidan,rul mexanizmini rul trapetsiyasi bilan bog‘lovchi richaglar va tortqilardan, sharnirli birikmalar hamda ko‘pchilik avtomobillarda rul kuchaytirgichidan tashkil topgan.
Rul trapetsiyasi avtomobilning kompanovka imkoniyatlari bo‘yicha turlicha bo‘lishi mumkin, 6-rasm.
6-rasm. Rul yuritmasi trapetsiyasining turlari:
a-ko‘prik orqasida joylashgan trapetsiya; b-ko‘prik oldida joylashgan trapetsiya; v-sharnirli trapetsiya; g-olti sharnirli trapetsiya; d-olti sharnirli mayatnik richagli trapetsiya; ye-sakkiz sharnirli mayatnik richagli trapetsiya.
Trapetsiyalarning oldingi balkaga nisbatan joylashishi bo‘yicha orqada joylashgan (6-rasm, a) yoki oldinda joylashgan (6-rasm, b) bo‘ladi. Avtomobilning g‘ildiraklari nomustaqil osmaga ega bo‘lganida yaxlit ko‘ndalang tortqili trapetsiyalar (6-rasm a va b), mustaqil osmaga ega bo‘lganda esa, bo‘g‘inlarga ajratilgan ko‘ndalang tortqili trapetsiyalar (6-rasm, v, g, d, ye) ishlatiladi.
Ko‘ndalang tortqilarni choksiz trubadan tayyorlanib, uning rezbali uchlariga sharnirli bo‘g‘inlar biriktiriladi. Oldingi boshqariluvchi g‘ildiraklarni yaqinlashuvini (sxojdeniye) rostlash maqsadida ko‘ndalang tortqining uzunligini rostlanadigan qilib tayyorlanadi. Ko‘ndalang torqining uzunligini o‘zgartirish uchun sharnir 1 bilan rezba yordamida birikgan ko‘ndalang tortqi 3 ni maxsus kalitda burab (stopor gaykasini bo‘shatib) rostlanadi, 7-rasm. Tortqilarda qirqilgan rezbalar turli yo‘nalishga ega bo‘lib, rostlanishni aniq bajarish uchun rezba qadami har xil bo‘ladi.
7-rasm. Ko‘ndalang tortqi
1-sharnir bo‘g‘ini; 2-stopor gayka; 3-ko‘ndalang tortqi.
Ko‘ndalang tortiqilarning sharnirlarida tirqish bo‘lmasligi kerak. Shu sababli sharnirlarda yeyilishdan sodir bo‘ladigan tirqishlarni avtomatik rostlaydigan sharnirlar ishlatilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, 8-rasm.
8-rasm. Sharnir
1-prujina; 2-sharnirning barmog‘i.
Sharnir barmog‘i 2 ni siqib turgan prujina 1 barmoqning o‘qi bo‘ylab siquvchi kuch hosil qilishi hisobiga tirqish hosil bo‘lishni oldini oladi.
|
| |