• 1-rasm. Rul boshqarmasi.
  • MAVZU: «RUL MEXANIZMINI QISMLARGA AJRATISH VA YIG‘ISH»




    Download 3,93 Mb.
    bet37/46
    Sana20.01.2024
    Hajmi3,93 Mb.
    #141851
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
    Bog'liq
    AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)

    MAVZU: «RUL MEXANIZMINI QISMLARGA AJRATISH VA YIG‘ISH»
    MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
    Rul boshqarmasi

    Rul boshqarmasining vazifasi haydovchining boshqarishga mos ravishda avtomobilni harakat yo‘nalishini o‘zgartirishdan yoki tanlangan yo‘nalishni saqlashdan iborat. Rul boshqarmasi asosan uch qismdan tashkil topgan: rul mexanizmi, rul yuritmasi va rul kuchaytirgichi.
    Rul boshqarmasi avtomobilning harakat xavfsizligi bilan bog‘liqligi uchun unga quyidagi talablar qo‘yiladi:

    • avtomobilni kichik radiusda burilishini ta’minlash;

    • rul chambaragiga qo‘yiladigan kuchni kamaytirish hisobiga, avtomobilni boshqarishni yengillatish;

    • kuch va kinematik kuzatuvchanlikga ega bo‘lishi, ya’ni rul chambaragiga qo‘yilgan kuch bilan boshqariluvchi g‘ildiraklarning burilishiga qarshilik momenti orasidagi proporsionallik va rul chambaragini burilishiga mos ravishda boshqariluvchi g‘ildiraklarni burilishi;

    • burilishlarda g‘ildiraklarni yon tarafga kam sirpanishi;

    • boshqariluvchi g‘ildiraklar qabul qilgan turtkilarni rul chambaragiga uzatilmasligi;

    • rul boshqarmasini me’yoriy elastiklikga ega bo‘lishi;

    • rul boshqarmasining qismlari bilan osma orasida kinematik kelishuvchanlik mavjud bo‘lishi osma ezilganida boshqariluvchi g‘ildiraklarni o‘z-o‘zidan burilishdan saqlash;

    • rul boshqarmasining boshqariluvchi g‘ildiraklarini barqarorligiga (stabilizatsiya) kam ta’siri;

    • yuqori ishonchligi;

    TICO avtomobilida reyka-shesternyali, uzatish soni 18,5 ga teng bo‘lgan rul mexanizmi va to‘rt sharnirli rul yuritmasi o‘rnatilgan, 1-rasm.

    1-rasm. Rul boshqarmasi.
    1-rul chambaragi; 2-rul kolonkasining g‘ilofi; 3-rul boshqarmasining vali; 4-rul boshqarmasining kardanli uzatmasi; 5-bolt; 6-stakan; 7-sharsimon kallakning korpusi; 8-sharsimon kallakning vkladishi; 9-sharsimon kallakli tortqi; 10-tiqin; 11-sharsimon barmoqning vkladishi; 12-xomut; 13-himoyalovchi rezinali g‘ilof; 14-sharsimon kallakli barmoq; 15-vtulka; 16-prujina; 17-sharnirning rezbali tortqisi; 18-kontragayka;
    19-xomut; 20-himoyalovchi rezinali g‘ilof; 21-rul mexanizmining tishli reykasi; 22-xomut; 23-rul mexanizmining korpusi; 24-rul mexanizmining mahkamlash kronshteyni; 25-rul mexanizmining karteri; 26-tishli reykaning vtulkasi; 27-himoyalovchi rezinali g‘ilof; 28-xomut; 29-flanes.

    Download 3,93 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




    Download 3,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU: «RUL MEXANIZMINI QISMLARGA AJRATISH VA YIG‘ISH»

    Download 3,93 Mb.