• 4-rasm. Rul boshqarmasining gidrokuchaytirgich tizimi.
  • 5-rasm. MATIZ avtomobili rul boshqarmasining gidrokuchaytirgichi
  • Rul boshqarmasining gidrokuchaytirgichi




    Download 3,93 Mb.
    bet39/46
    Sana20.01.2024
    Hajmi3,93 Mb.
    #141851
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
    Bog'liq
    AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)

    Rul boshqarmasining gidrokuchaytirgichi


    Rul boshqarmasining gidrokuchaytirgichlari yengil, yuk avtomobillarida, avtobuslarda ishlatilganida avtomobilni boshqarish yengillashadi, avtomobilning burilishiga moyilligi ortadi va avtomobilning biron-bir shinasi harakat mobaynida shikastlanganida uni belgilangan yo‘nalishda ushlab qolish imkoniyati ortishi hisobiga harakat xavfsizligini ta’minlaydi.
    Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, gidrokuchaytirgichning mavjudligi boshqariluvchi g‘ildiraklarning yeyilishini orttirib, barqarorligini (stabilizatsiya) pasaytiradi.
    Rul boshqarmasiga kiritilgan kuchaytirgich quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan:

    • gidronasos;

    • taqsimlagich;

    • gidrotsilindr;

    MATIZ avtomobilining rul boshqarmasiga o‘rnatilgan rul boshqarmasining gidrokuchaytirgich tizimi 4-rasmda ko‘rsatilgan.

    4-rasm. Rul boshqarmasining gidrokuchaytirgich tizimi.
    1-suyuqlik idishi; 2-qopqoq; 3-himoyalagich; 4-suyuqlikni idishga qaytarish naychasi; 5-qisqich; 6-zichlovchi halqa; 7-rul mexanizmining taqsimlagichiga bosimni yuborish shlangi; 8-bosim yuborish trubkasi; 9-gidrotsilindr; 10-qisqich; 11-nasosga suyuqlik yuborish shlangi; 12-gidronasos jamlamasi; 13-gidronasos; 14-oldingi kronshteyn; 15-shkiv; 16-ketingi kronshteyn; 17-asosiy kronshteyn (konditsioner mavjud bo‘lsa); 18-nasosni mahkamlovchi kronshteyn (konditsioner bo‘lsa).
    Rul mexanizmi 1, gidrotaqsimlagich 2 va gidrotsilindr 3 bitta agregatni tashkil etib, integral turidagi kuchaytirgich deb nomlanadi. Gidranasos bilan suyuqlik idishi alohida joylashadi, 5-rasm.



    5-rasm. MATIZ avtomobili rul boshqarmasining gidrokuchaytirgichi
    1-reyka shesternyali rul mexanizmi; 2-gidrotaqsimlagich; 3-gidrotsilindr.
    MATIZ avtomobilida gidrokuchaytirgichning taqsimlagichi bilan rul mexanizmi bitta korpusda joylashgan bo‘lib, gidrotsilindr esa rul mexanizmining reykasiga o‘rnatilgan.
    Rul chambaragi burilganida gidrotaqsimlagich korpusining 2 ichidagi o‘q bo‘ylab siljiydigan zolotnikli taqsimlagichning zolotnigi, dastlabki holatdan (neytraldan) korpusga nisbatan o‘q bo‘ylab 1,1 mm ga siljib, gidronasosdan kelgan suyuqlik bosimni gidrotsilindrning 3 chap yoki o‘ng bo‘shlig‘iga (rul chambaragini burish yo‘nalishiga qarab) yuboradi va gidrotsilindrning ikkinchi bo‘shlig‘ini suyuqlikni to‘kish idishning trubkasi bilan ulaydi. Natijada gidrotsilindrning ichida porshen bilan bog‘langan reyka harakatga kelib, g‘ildiraklarni buradi.

    Download 3,93 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




    Download 3,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rul boshqarmasining gidrokuchaytirgichi

    Download 3,93 Mb.