|
Rul gidrokuchaytirgichining asosiy qismlari nimalardan tashkil topgan?
|
bet | 42/46 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #141851 |
Bog'liq AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)Rul gidrokuchaytirgichining asosiy qismlari nimalardan tashkil topgan?
A) Rul mexanizmi, taqsimlagich, kuch silindri, moy nasosi
B) Rul chambaragi, rul mexanizmi, rul yuritmasi, moy nasosi
С) Rul mexanizmi, taqsimlagich, rul yuritmasi
D) Rul chambaragi, kuch silindri, moy nasosi
Rul tortqilarining sharnirli birikmalarda yeyilish ortib ketsa qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi?
A) G‘ildiraklarni tebratib boshqarishni qiyinlashtiradi
B) G‘ildiraklarda shovqin sodir bo‘ladi
С) G‘ildiraklarda taqillashlar sodir bo‘ladi
D) G‘ildiraklarni yeyilishi ortib, boshqarish qiyinlashadi
Rul mexanizmining uzatish soni ortsa rul chambaragiga sarflanadigan kuch o‘zgaradimi?
A) kamayadi B) ortadi С) ta’siri yo‘q D) o‘zgarmaydi
Rul mexanizmining uzatish soni kichik bo‘lsa g‘ildiraklarni burilish burchakgi o‘zgaradimi?
A) ortadi B) kamayadi С) ta’siri yo‘q D) o‘zgarmaydi
MAVZU: «DISKLI TORMOZ MEXANIZMINI QISMLARGA AJRATISH VA YIG‘ISH»
MAVZU DOIRASIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR:
Oldi g‘ildiraklarning tormoz mexanizmi
Oldi g‘ildiraklarda diskli, xarakatlanuvchan supportli tormoz mexanizmlaridan foydalanilmoqda. (1-rasm).
1-rasm. Oldingi g‘ildirakning tormoz mexanizmi (a) va uning qismlari (b).
1-support; 2-himoya g‘ilofi; 3-tormoz diski; 4-g‘ildirak gupchagi; 5-gayka;
6-himoyalovchi g‘ilof; 7-zichlovchi halqa; 8-porshen; 9-bolt; 10-yo‘naltiruvchi barmoq; 11-kronshteyn; 12-plastinkasimon prujina; 13—kolodka qistirmasi; 14 - tormoz kolodkalari; 15- friksion qoplamalar; 16-havo chiqarish shtutseri; 17-tormoz suyuqligini keltiradigan shlang.
Bu turdagi tormoz mexanizmi sodda, ixcham, tuzilishga ega bo‘lib, yengil tayyorlangan va ishonchli ishlaydi.
Tormoz mexanizmi aylanuvchi detallar: disk 3, gupchak 4 va aylanmaydigan detallar support 1, kolodkalar 14 yo‘naltirgich 11 himoyalovchi g‘ilof 2 dan tashkil topgan. Kolodkalarni yo‘naltirgich toqa shaklida yasalgan bo‘lib, to‘rtta bo‘rtiqqa ega, bo‘rtiqlarning ikkitasida burilish sapfasiga qotirish uchun rezbali teshiklar bor. Qolgan ikkitasida yo‘naltiruvchi barmoqlar 10 uchun teshiklar yasalgan. Kolodkalar yo‘naltiruvchi kronshteynga plastinkasimon prujina yordamida siqiladi. Bu tormoz kolodkalarining yo‘naltiruvchi kronshteyniga zich o‘tirishini ta’minlaydi va ularning tebranishiga va shovqin chiqarishga yo‘l qo‘ymaydi. Support 1 g‘ildirak silindri bilan birgalikda yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan cho‘yandan yasalgan. Support ikkita barmoq yordamida kolodkalar yo‘naltiruvchisiga bog‘lanadi va siljituvchi skoba hosil qiladi.
Tormoz kolodkalarining asosi po‘latdan yasalgan bo‘lib, ularga friksion qoplama 15 yopishtirilgan. G‘ildirak silindrining ichki bo‘shlig‘iga ichi bo‘sh porshen o‘rnatilgan va u silindr rezina manjet yordamida zichlangan. Manjetning ko‘ndalang qirqimi trapetsiyasimon shaklga ega va silindrning ariqchasida joylashib porshenni to‘liq qamrab oladi.
Silindr bo‘shlig‘i rezina g‘ilof 6 bilan himoyalangan. Rezina g‘ilof chetlari porshen va silindr o‘yiqchalariga yotkizilgan. Silindrda ikkita teshik ochilgan. Ulardan biriga tormoz yuritmasidagi havoni chiqarish uchun shtutser 16 o‘rnatilgan bo‘lib, ikkinchisiga ega silindrga tormoz suyuqligini uzatuvchi shtutser shlangi 17 o‘rnatilgan. Tormoz diski 3 kul rang cho‘yandan tayyorlangan. Disk gupchagida g‘ildirak diskni mahkamlovchi boltlar o‘tishi uchun to‘rtta teshik mavjud. Diskning ish yuzasi yuqori aniqlikda bajarilgan Diskning me’yordagi qalinligi 10 mm, yo‘l qo‘yilgan chegaraviy qiymati 8 mm.
Tormoz diski ichki tomondan burilish sapfasiga qotirilgan himoyalovchi g‘ilof 2 bilan berkitiladi. Tormozlash paytida porshen silindrdagi suyuqlikning bosimi ta’sirida itariladi va ichki tormoz kolodkasini support va kolodkalar yo‘naltirgichiga nisabatan suradi, so‘ng uni tormoz diskiga siqadi. Shu vaqtning o‘zida suyuqlik bosimi silindr tubiga ta’sir qilib, kolodkalar yo‘naltirgichiga nisbatan supportni suradi. Shunda support tashqi kolodkani yo‘naltirgichga nisbatan suradi va uni tormoz diskiga siqib g‘ildiraklarni tormozlaydi.
Porshenga va silindr tubiga ta’sir qilayotgan suyuqlik bosimi bir xil bo‘lganligi uchun har ikkala tormoz kolodkalari diskka bir xil kuch bilan siqiladi.
Tormoz pedali qo‘yib yuborilganda gidravlik tizimdagi bosim pasayadi va zichlovchi halqa 7 o‘zining elastikligi hisobiga porshenni ichki kolodkadan chetlashtiradi. Diskning radial urishi hisobiga tashqi kolodka support bilan birga tormoz diskidan chetlashadi, natijada disk va kolodkalar o‘rtasida kichik tirqish hosil bo‘ladi (0,05-0,1 mm) tormoz kolodkalarning qoplagichi yeyilganda qoplagich va tormoz diski orasidagi tirqish kattalashadi. Tormozlanish paytida tirqishning kattalashishi hisobiga porshen halqa 7 ga nisbatan sirpanadi va qoplagich yeyilgan qismini to‘ldirish uchun porshen silindrda yangi holatni egallaydi.
|
| |