Avtomobillarni yig’ish,diagnostikalash va sinash.” O’quv amaliyotidan qo‘llanma




Download 3,93 Mb.
bet44/46
Sana20.01.2024
Hajmi3,93 Mb.
#141851
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)

AVTOMOBILNING ASOSIY AGREGATLARI
Dvigatel yongan yonilg‘ining issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beradi.
Avtomobil shassisi aylantiruvchi lahzani (momentni) dvigateldan etaklovchi g‘ildiraklarga uzatuvchi mexanizmlarni bir butun qilib birlashtiradi hamda dvigatel, kuzov, g‘ildiraklar va ko‘priklarni, osmalar va boshqarish tizimlarini joylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
SHassi tarkibiga uch turkum mexanizmlar kiradi: transmissiya yurish qismi va boshqarish mexanizmlari.
Avtomobil transmissiyasi aylantiruvchi lahzani bir zumda o‘zgartirgan holda dvigateldan etaklovchi g‘ildiraklarga uzatib beradi.
G‘ildirak formulasi 4x2 va orqa g‘ildiraklari etaklovchi bo‘lgan ikki o‘qli avtomobilning transmissiyasi ilashma, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, bosh uzatma, differensial va yarim o‘qlardan iborat bo‘ladi. Transmissiyaning sanab o‘tilgan oxirgi uchta elementi konstruktiv jihatdan orqa ko‘prik karterida joylashgan bo‘lib, alohida agregatni tashkil etadi.
Avtomobilning yurish qismi arava ko‘rinishida bo‘lib, u o‘zida ramani, oldingi va orqa ko‘priklarni, osmalar va g‘ildiraklarni mujassamlashtiradi. Rama yurish qismining barcha elementlarini mah-kamlash uchun asos bo‘ladi. Engil avtomobillarda bu vazifani kuzovning o‘zi bajaradi.
Boshqarish mexanizmlari rul boshqarmasi va tormoz tizimidan iboratdir. Rul boshqarmasi oldingi g‘ildiraklarni kerakli burchakka burib, avtomobilning harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun xizmat qilsa, tormoz tizimi esa avtomobilning tezligini kamaytirish, uni to‘xtatish va o‘z o‘rnida tutib turish kabi vazi-falarni bajaradi.
Avtomobil kuzovi haydovchi va yo‘lovchilarni hamda yuklarni joylashtirishga mo‘ljallangan. Yuk avtomobillarining kuzovi — kabina va yuk platformasidan iborat. Engil avtomobil-lar kuzovi bir vaqtning o‘zida yo‘lovchilar va yuklarni joylashti-rishga hamda dvigatel, transmissiya agregatlari, yurish qismi va boshqaruv mexanizmlarini maxkamlash uchunasos bo‘lib xizmat qiladi.


Download 3,93 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Download 3,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobillarni yig’ish,diagnostikalash va sinash.” O’quv amaliyotidan qo‘llanma

Download 3,93 Mb.