101
Kvadrat chizib oling;
Matndagi so‘zlarni mos keluvchi katakka 1 ta harfdan qilib yozib chiqing;
Hosil bo‘lgan jadval kataklaridagi matnni 1 dan
boshlab oxirigacha tartib
bo‘yicha yozib chiqing.
Misol. “
mustahkam” so‘zini yuqoridagi algoritm bo’yicha shiflashni ko‘rib
chiqamiz. Shifrlanadigan matnni kvadrat o‘lchamiga karraliligini tekshirib, 3x3
kvadrat chizamiz. Matndagi so‘zlarni mos keluvchi katakka 1
ta harfdan yozib
chiqamiz, natijda hosil bo‘lgan jadval kataklaridagi matnni gorizontal tarzda yozib
quyidagi shifr matnni hosil qilamiz:
umtkashma
2 9 4
7 5 3
6 1 8
u m t
k a s
h m a
Quyida 5x5 sehrli kvadrat jadvali keltirilgan bo‘lib, uni soat strelkasi bo‘yicha
yoki soat strelkasiga teskari yo‘nalishga burish orqali ham bir nechta sehrli
kvadratlar hosil qilish mumkin.
5.10§ Bir martalik bloknot usuli
Bu usul hozirda ham davlatlar agentlari tomonidan qo‘llaniladi,
deb aytish
mumkn. Bu usul kalitsiz umuman ochib bo‘lmaydigan usullar toifasiga kiradi.
Bunda kalit sifatida ixtiyoriy tartibda kelgan belgilar ketma-ketligidan
foydalaniladi. Kalit uzunligi juda ham katta bo‘lishi kerak.
Shifrlash usuli juda
ham oddiy. Shifrlanadigan matn harflari kalit harflariga qo‘shiladi va shifrtekst
hosil bo‘ladi.