Boshqaruvni hujjatlar bilan ta’minlash




Download 14,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/389
Sana13.06.2024
Hajmi14,92 Mb.
#263543
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   389
Bog'liq
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizmlar. Dadabayeva R.A, Shoaxmedova N.X, Ibragimova L.T

Boshqaruvni hujjatlar bilan ta’minlash 
- ish yuritishning 
hozirgi davridagi axborot-texnologik xususiyatini k o ‘rsatuvchi 
hujjatlam i yaratish, ular bilan ishlash, saqlashdan iborat texnologik 
jarayon hisoblanadi. Boshqaruvni hujjat bilan ta ’minlashning asosiy 
tamoyillari 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, M ehnat 
kodeksi, korxonalar to ‘g ‘risidagi qonunda, shuningdek, amaldagi 
qonunchilik hujjatlarida huquqiy jihatdan 
asoslab 
berilgan. 
Boshqaruvni hujjat bilan ta ’minlashning eng muhim tarkibiy qismi 
hujjatlashtirish hisoblanib, u boshqaruv faoliyati uchun zarur 
bo ‘lgan axborotlami belgilab qo‘yilgan talablar va m e’yorlar asosida 
rasmiylashtirishni anglatadi. Hujjatlashtirish jarayoni davomida 
huquqiy kuchgaega b o ‘lgan hujjat (lotincha “documentum” -
“shahodat”, “isbot”) so ‘zidan yuzaga keladi.
Boshqaruvga yuklatilgan funksiyalar ifodasini ta’minlashning 
vositasi b o ‘lgan hujjatda boshqam v faoliyatining barcha shakl va 
usullari o ‘z ifodasini topadi. Hujjatni rasmiylashtirishda uning 
huquqiy kuchga ega b o ‘lishini ta ’minlovchi majburiy axborot 
elementi 
rekvizitdir. 
Hujjat rekvizitlari odatdadavlat standartlari 
bilan aniq belgilab qo‘yiladi. 
Hujjatning hukuqiv kuchi 
rasmiy 
hujjat xususiyati hisoblanib, u amaldagi qonunchilik, mazkur 
hujjatni chiqargan organ vakolati ham da hujjatning belgilangan 
tartibda rasmiylash-tirilishi orqali ta ’minlanadi. Ish yuritishning 
yana bir muhim tarkibiy qismi hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish
y a ’ni hujjat aylanishini, uni saqlash va boshqaruvning joriy 
faoliyatida hujjatlardan foydalanish tizimini yaratishdir. Korxona, 
tashkilot, muassasada 
hujjat aylanmasi 
deb hujjatlar yaratilgandan 
yoki kelib tushgandan boshlab bu hujjatlarda k o ‘zda tutilgan 
topshiriqlar ijrosi ta ’minlangunga qadar harakat bilan bog‘liqjarayon 
tushuniladi.



Download 14,92 Mb.
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   389




Download 14,92 Mb.
Pdf ko'rish