• Axborot tizimi ni qo’llash quyidagi natijalarga olib keladi
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalari




    Download 1,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/52
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #245827
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   52
    Bog'liq
    Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

    Axborot texnologiyasi
    — axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov 
    berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va 
    jarayonlar; 
    Axborot tizimi
    — axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish 
    hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan 
    jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
    Ixtiyoriy axborot tizimida uning ishlash jarayonini quyidagi tasvirda 
    ko’rsatamiz. Asosiy ishlar 4 ta blokdan iborat: dastlabki ma’lumotni kiritish, unga 
    ishlov berish, natijaviy ma’lumotni uchun iste’molchilarga yoki boshqa Axborot 


    21 
    tizimi ga uzatish, teskari aloqani ta’minlash, ya’ni natijani tahlil qilib dastlabki 
    ma’lumotlarni xodimlar yoki boshqa AT tomonidan tuzatish. 
    AT ning ishlash printsipi quyidagicha: Foydalanuvchi biror vaziyatni hal 
    qilish uchun AT ga savol bilan murojjat qiladi, AT javob qaytaradi, foydalanuvchi 
    qaror qabul qiladi va vaziyatdan chiqib ketadi. 
     
    3-rasm. Axborot tizimida jarayonlar 
    Axborot tizimi ni qo’llash quyidagi natijalarga olib keladi: 

    Boshqaruv masalalarini echishda matematik metodlar va intelektual 
    tizimlardan foydalanish yangi ratsional echimlarga olib keladi; 

    Xodimlarni ishlarni avtomatlashtirish natijasida zerikarli, bir xil 
    takrorlanuvchan ishlardan ozod qiladi; 

    Axborotni ishonchliligini oshiradi; 

    Qog’oz axborot tashuvchilarni magnit disklar bilan almashtiradi va axborotni 
    qayta ishlashni ratsional tashkil etadi; 

    Axborot va hujjatlar oqimini harakatini yaxshilaydi; 

    Mahsulot va axborot ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlariga sarf-
    xarajatlarni kamaytiradi; 

    Iste’molchilarga yangi xizmatlarni taklif qiladi; 

    Bozorning yangi ishtirokchilarini aniqlaydi; 
    АТ ning apparat va dasturiy ta’minoti 
    Foydalanuvchi 
    yoki 
    АТ 
    Axborotni 
    kiritish 
    Axborotga 
    ishlov 
    berish 
    Axborotni 
    chiqarish 
    Teskari 
    aloqa 


    22 

    Iste’molchilarga va ta’minotchilarga yangi xizmatlar va skidkalar taklif qiladi 
    va iste’molchilar miqdorini saqlab qoladi, hatto ko’paytiradi. 
    2012-2014 yillarda O’zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish dasturi 

    PQ 1730, 21 mart, 2012 
    y. 10 ta banddan iborat. 
    Korxonada axborot tizimini yaratish uni boshqaruvchi strukturani tahlili 
    qilishdan boshlash kerak. 
    Korxonaning barcha bo’limlarining ishlarini muvofiqlashtirish har xil 
    darajadagi boshqarish bo’g’inlari, odatda 3 bo’g’indagi, (masalan, 1) universitetda: 
    kafedra, dekanat, rektorat; 2) xalq xo’jaligida: tuman, viloyat, davlat hokimiyati; 3) 
    qurilishda: tsex, uchastka, qurilish boshlig’i va h.k.) orqali amalga oshiriladi. 

    Download 1,98 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   52




    Download 1,98 Mb.
    Pdf ko'rish