• Kurs ishi ob’yekti
  • Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti axborot texnologiyalari kafedrasi




    Download 151,5 Kb.
    bet4/7
    Sana24.01.2024
    Hajmi151,5 Kb.
    #144791
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    MAXMUDOV MIRZOXID

    Kurs ishining vazifalari:


    • Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy masalalarini yoritish;

    • Informatika va axborot tеxnologiyalari fani taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari;

    • Informatikani o’qitishda o’yinli texnologiyalardan foydalanish;

    • « Matn protsessorida hujjat hosil qilish va uni tahrir qilish» mavzusiga bir soatlik dars ishlanmasi tayyorlash;

    Kurs ishi ob’yekti: Umumiy o’rta maktablarida Informatika va axborot texnologiyalari fanini innovatsion texnologiyalar orqali bilim berish jarayoni.
    INFORMATIKA FANINI O’QITISHDA INNOVATSION USLUBLAR.
    Informatika kompyuter texnikasini qo'llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to 'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir. Mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz tomonidan axborot-kommunikasiya texnologiyalarini hayotimizning barcha jabhalari, jumladan, ta’lim jarayoniga keng tatbiq etishga katta e’tibor qaratilgan edi. Bu 2012 yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy axborotkommunikasiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari”ga oid qaror va “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonunda, belgilangan asosiy vazifalardan biridir. Zero, zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo’llash talabalarga bilim berish sifatini oshirish, uning mazmunmohiyatini takomillashtirish, ta’limni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish, ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik, axborot texnologiyalarini joriy etish, ularda interfaol usul va vositalardan foydalanish ko’zda tutilgan. Shu sababli, bugungi kunda ta’lim muassalarida faoliyat yuritayotgan “Informatika” fani o’qituvchilari oldida quyidagi muhim vazifalar turadi: - talabalarning mustaqil bilim olish, o’rganish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda fanning o’rni va ahamiyatini oshirish; - mashg’ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va o’tkazish; - talabalarning faolligini oshirish, o’zlashtirish darajalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan metod va shakllarni qo’llash; - ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish.
    Ta’lim jarayonida o’yinlardan foydalanish talabalarni xursand qilish maqsadida foydalanilmasligi zarur. U albatta didaktik bo’lishi, ya’ni darsda hal qilinadigan aniq o’quv tarbiyaviy vazifalarga bo’ysunishi kerak. Shuning uchun ham, o’yin avvaldan rejalashtiriladi, uning dars tuzilmasidan o’rni yaxshilab o’ylab chiqiladi, uni o’tkazish shakli belgilab olinadi va shu asosda o’yinlar tayyorlanadi. O’yinli texnologiyalar o’qitishning boshqa shakllari va metodlari kabi yuqori samara beradi. Talabaga har qanday fan, hususan, informatika fanining zamonaviy rivojlanish darajasidagi bilimlarni berish o’yinning asosiy maqsad bo’lishi kerak.
    O'tilgan mavzuni mustahkamlash, o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish, o'quv materialini takrorash va umumlashtirish.
    1.Yangi mavzu mazmuni bilan tanishtirish.
    2.Yangi mavzuni mustahkamlash.
    3.O'quvchilaming bilimlarini, ko'nikma va malakalarini tekshirish.
    4.O'quv materiallarini takrorlash va umumlashtirish.
    Informatika va informatikadan 45-minutlik dars o'tilgan mavzuni o'quvchilardan so'rash yangi mavzuni bayon qilish, uni mustahkamlash, o'quvchilaming bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish kabi qismlarga ajratish, o'tiladigan har bir darsni didaktik maqsad va mazmunini tushunarli bo'lishini ta'minlaydi. Maktab informatika va informatika darslarida yangi mavzu mazmunini tushuntirish asosan uch xil usulda olib boriladi. Ular ma'ruza, suhbat va mustaqil ishdir.
    Hozirgi yangi pedagogik texnologiyani mohiyati ham suhbat metodi orqali yangi mavzu mazmuni ochib berishdan iboratdir. Bunda mavzu mazmunini o'qituvchining o'zi bayon qiladi, lekin mantiqiy mulohazalar vaqtida va turli hisoblashlarni bajarishda o'qituvchi o'quvchilarga mavzu mazmunini ochib beruvchi mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'lgan savollar tizimi orqali murojaat qiladi, o'quvchilar ana shu savollarga javob berish orqali mavzu mazmunini chuqurroq o'zlashtirib oladilar. Sinfda yangi materialni o'rganishda qo'llaniladigan usullardan yana biri bu o'quvchilaming mustaqil ishlaridir. O'quvchilaming mustaqil ishlarida misol va masalaiar yechishni mashq qilish, teorema isbotlarini turli xil usullarda bajarish (agar imkoni bo'lsa), mavzu mazmuniga qarab natijaviy formulalarni chiqarish va unga doir misollar yoki masalalami tadbiq kilish kabi o'quv metodik ishlar amalga oshiriladi. Masalan, o'qituvchi to'la kvadrat tenglama va uning ildizlarini topish mavzusi o'tilgandan keyin, keltirilgan kvadrat tenglama va uning yechimlarini topishni mustaqil ish sifatida berishi mumkin, Bunda o'qituvchi o'quvchilarni kvadrat tenglama va uning yechimlari mavzusining mazmunini ochib beruvchi mantiqiy ketma-ketlikga ega bo'lgan savollar tuzishi bilan o'quvchilami yo'naltirib turishi maqsadga muvofiqdir.
    O'qituvchi har bir o'quvchini qo'yilgan topshiriq mazmunini ochishdagi xato va kamchiliklarini to'g'rilab borishi lozim bo'ladi. Shundagina mustaqil ishlash usuli orqali o'quvchilar bilimini chuqurlashtirish mumkin bo'ladi. Informatika darslarida ma'ruza metodidan ham foydalanib darslar o'tiladi. Bu holda o'qituvchi' o'quvchilami mulohazada ishtirok etdirmasdan, mavzu mazmunini yolg'iz o'zi bayon etadi. Shu bilan birga bayon etilayotgan mavzu mazmunidah nimani yozib olish, qanday chizmani chizib olish, doskadan nimalami ko'chirib yozish kerakligi o'quvchilarga aytib beriladi. O'qituvchi nazariy materialnigina emas, balki masalalami yechilishini ham o'zi bajarishi, hamda mantiqiy mulohazalarni o'zi aytishi va barcha chizmalarhi chizish va yozuvlarni yozishni ham o"zi bajarishi mumkin. Bunda o'qituvchining mavzu mazmunini bayon qilish usuli o'quvchilar uchun namuna bo'Iishi, o'quvchilar ham o'z fikrlarini o'qituvchilardek bayon etishga intiladigan bo'Iishi kerak. Zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash talabalarga bilim berish sifatini oshirish, uning mazmun-mohiyatini takomillashtirish, ta’limni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish, ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim- tarbiya jarayoniga yangi pedagogik, axborot texnologiyalarini joriy etish, ularda interfaol usul va vositalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Shu sababli, bugungi kunda ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan «Informatika» fani o‘qituvchilari oldida quyidagi muhim vazifalar turadi: - talabalaming mustaqil bilim olish, o‘rganish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda fanning o‘rni va ahamiyatini oshirish; - mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va o‘tkazish; - talabalaming faolligini oshirish, o‘zlashtirish darajalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metod va shakllarni qo‘llash; - ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish.
    Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalardan ko‘rinib turibdiki, ta’lim muassasalari talabalarini mustaqil bilim oUshiga yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga o‘rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish lozim.
    0‘quv jarayonida kompyuter texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda ta’lim jarayonini tashkil qilish ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, «Informatika» fanini o‘qitish samaradorligini oshirish o‘quv raashg‘ulotlarini tashkil etish hamda o‘tkazishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, o‘qitish mazmuniga mos dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, ularrn о quv jarayomga jony etish asosiy vazilalardan hisobianadi. Ushbu vazifalami dolzarbligini e’tiborga olgan holda «Informatika» fanini o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish holatini o‘rganish, tahlil etish, ulardan samarali foydalanish metodikasini, mos uslubiy tavsiyalami ishlab chiqish zarur. O’yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiravchi faoliyati tashldl etadi. O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va o‘qish bilan biigalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlaming ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda o‘z o‘rnini barqaror qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. О‘yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi. O‘yinlar turli maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo‘llanadi. O’yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llash, umumta’lim malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo‘ladi. O‘yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi O'qituvchilaming nutqi savodli, mulohaza va isbotlari etarli darajada asoslangan bo'Iishi hamda nutqi ravon bo'Iishi kerak. Agar darsda qo'llanilgan metodlar o'quvchilarda qiziqish tug'dirgan, ular diqqatini jalb qilgan bo'lsa, o'quvchilar mavzudagi asosiy mulohazalarni to'g'ri takrorlab bera olgan bo’lsalar, demakki, o'qituvchi mavzu mazmunini yoritishda qo'llangan metodidan qanoat hosil qilishi mumkin. O'tilgan mavzuni mustahkamlash deganda biz asosan o'quv materialini nazariy ma'Iumotlarini takrorlash hamda o'quvchilami o'tilgan mavzu materiallari yuzasidan malaka va ko'nikmalarini shakllantirish uchun; misol, masalaiar yechish orqali o'tilgan darslarini takrorlab mustahkamlashni tushunamiz. O'tilgan materialni takrorlash ilgari olingan bilimlami yangilashga, o'tilgan mavzu mazmuniga umumiyroq nuqtai-nazardan qarashga yordam beradi. O'tilgan mavzu mazmuninii mustahkamlashda asosan quyidagilarga e'tibor berish kerak.
    -Yangi mavzt mazmunida ishlatilgan asosiy tushunchalarni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilganlik darajasi.
    -Yangi mavzudagi teorema yoki uning isbotini o'quvchilar tononidan aytib berilishi darajasi.
    -Yangi mavzu o'rganilgan teorema va formulalardan misol, masalilar yechishda o'quvchilarning foydalana olish darajasi.
    -O'quvchilarnhg yangi mavzu mazmunini kundalik hayotda uchraydigan elementar muammolarga tadbiq qilish darajasi O'quvchilami bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish o'tilgan materiallar yuzasidm og'zaki so'rash yoki yozma ish olish usuli bilan aniqlanadi.Bunday tekshirish darslarini o'tkazish o'qituvchi tomonidan bir hafta oldin e'lon qilinib, o'quvchilarga og'zaki so'raladigan mavzu materiallari va ular asosida o'qituvchi tomonidan tuzilgan savollar ketma-ketligi beriladi Agar tekshiruv darsi yozma ish orkali o'tkaziladigan bo'lsa, bunda ham yozma ish variantida tushadigan misol va masalalar qaysi mavzularga taalluqligi o'qituvchi tomonidan bir hafta oldin aytib qo'yiladi. O'quv materialini takrorash va umumlashtirish. Maktab informatika va informatika danlarida biror bob o'tib bo'lingandan keyin ana shu bob mavzu materallarini umumlashtirish xarakteridagi takrorlash, umumlashtirish darslari o'tkaziladi. O'tilgan materiallami takrorlash-umumlashtirish darslari ilgari otingan bilimlarni yangilashga, ularni ma'lum bir tizimga solishga va o'tilgan materialga unumiyroq nuqtai-nazardan qarashga yordam beradi. Maktab matematka va informatika darslarida takrorlash-umumlashtirish darslarini quyidagi turlarga ajratish mumkin.
    1. O'quv yili boshidagi takrorlash-umumlashtirish.
    2. Kundalik takrorlash.
    3.Tematik takrorlash-umamlashtirish darsi.
    4. Yakuniy takroriash-umumiashtirish darsi.
    Har bir takrorlash darsini o'z o'rni va maqsadi bordir. O'quv yili boshidagi takrorlash darsida o'qituvchi avvalgi sinfda o'tilgan asosiy mavzu materiallarining mazmunini hamda bu mavzularda ishlatilgan asosiy matematik tushunchalarni o'qituvchining o'zi takrorlab imkoniyati boricha umumlashtirib beradi. Informatika fanini o'zi shunday fanki, o'qituvchining o'zi har bir darsda yangi mavzuning mazmunini tushuntirish jarayonida ilgari o'tilgan mavzular mazmuni va ulardagi matematik tushunchalardan foydalanib dars o'tadi. Bunday takrorlashni kundalik takrorlash darsi deb yuritiladi. Informatikadan biror bob mavzu materiallari o'tib bo'linganidan keyin alohida takrorlash-umumlashtirish darslari o'tkaziladi. Bunday takrorlashni tematik takrorlash-umumlashtirish darsi deyiladi. Tematik takrorlash-umulashtirish darsi bo'lishidan oldin o'qituvchi takrorlanadigan bob mavzu materiallarini o'z ichiga oluvchi mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'lgan savollarni o'quvchilarga bir hafta ilgari berib qo'yishi va ana shu savollar asosida tematik takrorlash darsi bo'lishini 36 aytib qo'yishi lozim. Ana shu berilgan savollar asosida o'quvchilar bo'ladigan tematik takrorlash darsiga oldindan tayyorgarlik ko'radilar. Bunday takrorlash darsini o'qituvchi savol javob usuli orqali o'tkazadi.
    O'qituvchi rahbarligida o'quvchilar mavzularning ketma-ketligi va ularda qatnashayotgan matematik tushunchalar orasidagi mantiqiy bog'lanishlarni tushunib etadilar. Natijada o'quvchilarning ana shu bob mavzu materiallari yuzasidan olgan bilimlari mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'ladi va umumlashadi. O’quv yili oxirida ham reja asosida takrorlash darsi ajratilgan bo'ladi, bunday takrorlashni yakuniy takrorlash darsi deb yuritiladi. Yakuniy takrorlash darsida o'quv yili davomida o'tilgan har bir bob mavzu materiallari takrorlab umumlashtirib boriladi. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsining muvaffaqiyatli o'tishi uchun o'quv yili boshidagi, kundalik, tematik takrorlash darslari o'z vaqtida o'tkazilgan bo'lishi kerak. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi orqali o'quvchilarning yil davomida olgan bilimlari umumlashtiriladi va sistemalashtiriladi. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsini hamma o'qituvchilar ham metodik jihatdan tashkil qilmaydilar. Biz bir necha maktabda o'tkazilgan yakuniy takrorlashumumlashtirish darslarini kuzatdik, ular o'quv materiallarini umumlashtirish va sistemalashtirish o'rniga ba'zi maktablarda o'quvchilarni doskaga chiqarib qo'yib, ulardan o'tilgan o'quv materiallarini so'rash, ba'zilarida esa bir necha misol yoki masala yechish bilan cheklanishdi. Ko'pchilik o'qituvchilar yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsini o'tkazishda quyidagi kamchiliklarga yo'l ko'yadilar:
    1.Takrorlash-umumlashtirish darsi uchun faqat o'quv yili oxirida soat ajratib uni o'tkazadilar.
    2.Takrorlash-umumlashtirish darsi uchun material tanlashga befarq qaraydilar. 3.Takrorlash-umumlashtirish darsini o'tkazish metodikasini to'g'ri tanlay olmaydilar. 37
    4.Takrorlash-umumlashtirish darsi uchun material yuzasidan savollar va mashqlar sistemasini tuzmaydilar. O'qituvchi yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi bo'lishidan bir necha kun avval shu darsda qaysi materiallarni qanday usullar bilan takrorlash va umumlashtirishini hamda ularga doir qanday masalalarni yechish kerakligini aniqlab, so'ngra o'quvchilarga shu mavzular bo'yicha tuzilgan savollar va mashqlar sistemasini berishi, ular shu o'qituvchi ko'rsatmasiga asosan yakuniy takrorlashumumlashtirish darsiga tayyorgarlik ko'rishlari kerak. O'qituvchi yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsini uyushtirishdan oldin quyidagilarga e'tibor berishi kerak:
    1.Takrorlash-umumlashtirish darsining materiali o'sha kursni umumlashtiruvchi xarakterda bo'lishi kerak.
    2.Shu darsda o'tish uchun ajratilgan material bo'yicha savollar sistemasi tuzilgan bo'lishi kerak.
    3.Takrorlash-umumlashtirish darsida ishlanadigan mashqlar sistemasi tuzilgan bo'lishi kerak.
    4.Tuzilgan savollar va mashqlar sistemasi takrorlanayotgan materialni sistemalashtiruvchi va umumlashtiruvchi xarakterda bo'lishi kerak.
    5.Takrorlash-umumlashtirish darsini o'tkazish metodikasiga e'tibor berish kerak. O'qituvchi yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi uchun mavzularni avvaldan rejalashtirishi kerak. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi o'qituvchining umumiy ma'ruzasi yoki o'quvchilarning shu mavzuga doir tayyorlangan ma'ruzalarini eshitish orqali o'tkaziladi.
    Dars oxirida o'qituvchi takrorlash-umumlashtiruvchi darsida faol qatnashgan o'quvchilami rag'batlantiradi, faol qatnashmagan o'quvchilami ogohlantiradi, so'ngra o'tilgan mavzu materialini umumlashtiradi va sistemalashtiradi. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi bo'lishidan 5-6 kun oldin takrorlanadigan mavzular o'quvchilarga beriladi. O'quvchilar esa o'qituvchining ko'rsatmasiga asosan belgilangan kitoblardan foydalanib, takrorlashumumlashtirish darsiga ma'ruzalar tayyorlaydilar. Yakuniy takrorlashumumlashtirish darslarini bunday uyushtirish orqali har bir o'quvchini mustaqil ishga o'rgatiladi. Mavzularni yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi rejasiga bob yoki kursni o'z ichiga oladigan materiallardan tanlanadi.
    Informatika tеz rivojlanayotgan fan yo‘nalishi bo‘lib, hozirda u qamrab olmagan biror sohani topish qiyin. Informatikani o‘qitish davrida o’quvchilarni kompyutеrdan foydalanishga o‘rgatishdan tashqari ularga yangi informatsion tеxnologiyalar va zamonaviy programma ta’minoti haqida tushunchalar bеriladi. Ta’lim yo‘nalishi sohasidagi masalalarni yechishda, tajriba natijalarini qayta ishlashda, natijalarni jadval, grafik, rasmlar ko‘rinishida olishda kеrakli programma vositalari, EHM tarmoqlarida ishlash, xususan, global Internet tarmog‘ida ishlash haqida tushunchalar bеriladi va ulardan foydalanishga o‘rgatiladi.

    Download 151,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 151,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti axborot texnologiyalari kafedrasi

    Download 151,5 Kb.