Kimyoviy usulga barcha endotermik reaksiyalar misol bo‘lishi mumkin.
Ammo bu usulda o‘rtacha haroratgacha, ya’ni minus 45
о
С
gacha sovuqlik olish
mumkin. Shuning uchun fizik usul ishlatiladi. Bunga misol bo‘lib suyultirilgan
moddalarni bug‘latish jarayonini ko‘rsatish mumkin.
Masalan suyuq ammiakni
bug‘lanishi - minus 45
о
С gacha sovuqlik beradi. Ammo bu usul bilan chuqur
sovuqlik olib bo‘lmaydi. Fizik usullardan biri yuqori
bosimda siqilgan gazlarni
drossellash, ya’ni kengayish hisobiga olish mumkin. Bu jarayon ikki xil bo‘lishi
mumkin:
1. Oddiy drossellash, ya’ni siqilgan
gazlarni izoentalp kengayishi,
I=const. Bu jarayon xech qanday foydali ish bajarmasdan oddiy quvurlarda
amalga oshiriladi.
2. Izoentrop bog‘lanish, S=const, Bu jarayon
qimmat baho detanderda
amalga oshiriladi, tashqi ish bajarish yuli bilan.
Bu jarayonlarning hammasidan riyal gazlar ishtrok etadi; ammo
nazariyotda ikki xil gaz: ideal va real gazlar ishlatiladi.
Ideal gaz deb, atom
molekullari hech qanday tortishish va hech qanday itarish kuchiga ega bo‘lmagan
hayoliy gazga aytiladi. Real gaz deb, esa, atom molekullar o‘zaro
tortishish va
itarish kuchiga ega bo‘lgan hamda o‘z xususiy xajmiga ega bo‘lgan haqiqiy gazga
aytiladi. Ideal gazlar, fizika fanidan ma’lumki, uchta qonunga bo‘ysinadi:
1.
Boyl- Mariotta Р