|
§. MEVA VA SABZAVOTLARNI MIKROBIOLOGIK USULDA KONSERVALASH TEXNOLOGIYASI
|
bet | 164/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org§. MEVA VA SABZAVOTLARNI MIKROBIOLOGIK USULDA KONSERVALASH TEXNOLOGIYASI
Meva va sabzavotlarni mikrobiologik usulda konservalash tabiiy konservantlar-sut kislotasi va spirtlardan foydalanishga asoslangan.
Mikrobiologik jarayon-bijg‘ishni to‘g‘ri olib borish uchun bir qator sharoitlar mavjud bo'lishi kerak. Jumladan, sut kislotasi hosil qiluvchi bakteriyalar, ushbu bakteriyalarning faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddalar (qand va boshqalar), tuzning ma’lum konsentratsiyasi va bakteriyalarning yashashi uchun zarur bo‘lgan harorat bo‘lishi lozim. Bundan tashqari kislorod almashinuvini ham ta’minlash kerak bo‘ladi.
Bijg‘ish jarayonida oz miqdorda spirt va kislota ham hosil bo'ladi. Bu birikmalar mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko'rsatmaydi. Lekin moy kislotasining to'planishi mahsulotga achchiq ta’m beradi. Shu bilan birga, sirka kislotasi ham mahsulotning sifatini pasaytiradi. Bijg'ish jarayoni og'zi zich berkitiladigan idishda olib borilib, shu idishda saqlansa, mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko'rsatuvchi kislotalarning hosil bo'lishi kamayadi.
Bakteriyalarning faoliyati uchun osh tuzining ham foydasi katta. Osh tuzi meva hujayralaridagi shakarni siqib chiqaradi (plazmoliz hodisasi) va undan bakteriyalar osongina foydalanadi. Osh tuzi solingan muhitda sut kislotasi hosil qiluvchi bakteriyalar erkin yashay oladi. Bunday bakteriyalar uchun osh tuzining konsentratsiyasi 12-13% bo'lishi qulay hisoblanadi.
Bijg'itish uchun harorat ham ijobiy omillardan hisoblanadi. Sut kislotasi hosil qiluvchi bakteriyalarning yashashi uchun zarur bo'lgan 290
maqbul haroratda bir qator boshqa mikroorganizmlar ham rivojlana boshlaydi. Shu sababli, bijg'ish jarayonini 22-24 °C da o'tkazish maqsadga muvofiq. Bunday past haroratda bakteriyalarning faoliyati susayadi va
5 °C da umuman to‘xtaydi. Harorat 0 °C ga tushganda esa hamma mikrobiologik jarayonlar to'xtaydi.
Meva va sabzavotlarni tuzlash. Sabzavotlarni tuzlash ularda sut kislotasi va bijg‘ishning boshqa mahsulotlarini hosil qilishga qaratilgan.
Karamni tuzlash. Qayta ishlash sanoatida karamni tuzlash keng tarqalgan. Karamni tuzlash texnologiyasi oddiy bo‘lib, uni har bir xo'jalikda tashkil qilsa bo'ladi. Tuzlash uchun oq karamning o'rta va kechpishar navlari ishlatiladi.
Karamni tuzlash uchun uning sirti yashil va ifloslangan barglardan tozalanadi, yuviladi, so'ngra 4-8 bo'lakka bo'linadi. Ayrim hollarda esa karam butunligicha tuzlanadi.
Karamni tuzlashning bir necha usuli mavjud. Hamma usullarning asosi tuz va sabzidan iborat. Tuzlangan karamning tashqi ko'rinishi va uning oziqaviylik qiymati, karamning umumiy massasiga nisbatan 3-5% sabzi qo'shilsa yetarli hisoblanadi. Tuz esa karam va sabzining umumiy massasiga nisbatan 1,7% ni tashkil qilishi lozim.
Ko'pgina hollarda tuzlashda olma (8% gacha), lavlagi (6% gacha), shirin qalampir (10% gacha) va ziravorlar qo'shiladi. Shu hisobdan 100 kg tozalangan karamga taxminan 2 kg tuz, 3-4 kg sabzi, xohishga ko'ra 6 kg gacha olma (bir necha bo'lak qilib kesilgan holda yoki butunligicha), 5 g shirin qalampir kerak bo'ladi.
Yuqorida aytib o'tilganidek, karamni tuzlashda bijg'ish jarayoni natijasida sut kislotasi (taxminan 1,5-2%) karamga xushbo'y maza beradi, mikroorganizmlarning rivojlanishiga yo'l qo'ymaydi va tuzlangan karamning uzoq saqlanishini ta’minlaydi.
Karam bochkalarda, tog'oralarda, yog'och idishlarda, polimer materialli va boshqa idishlarda tuzlanadi. Hamma idishlar zich berkitilgan va hosil bo'ladigan kislotalarga chidamli bo'lishi zarur. Karam tuzlashga mo'ljallangan idishlar avvaldan tayyorlanadi. Bunda ular tozalanadi, bir tonna karam tuzlanadigan joyga 50 g oltingugurt tutatiladi.
Karam to'g'rash maxsus maydalagich mashinalarda olib boriladi. Sabzi ham ushbu maydalagichdan o'tkaziladi.
Karam idishga zichlab solingandan so'ng ustidan og'ir yuk bilan bostiriladi. Yukning og'irligi ta’sirida karam yanada zichlashib, bosiladi, tuzli suvi ustiga ko'tarilib, karamni ko'mib turadi, tuzli suv ko'rinmasa
291
ustidagi yuk yanada ko‘paytiriladi, chunki suvga cho‘kmagan karam tezda buziladi.
Karamninig bijg‘ishi haroratga bogiiq, 16-18 °C da u 10 kunda, 30 °C da esa 6 kunda tayyor boiadi. Karam tuzlashning maqbul harorati 20 °C hisoblanadi.
Tuzlangan karamni hamma vaqt tuzli suvda, ustidan yuk bostirilgan holda salqin joyda saqlash kerak. Tuzli suvdan olingan karam tarkibidagi С vitamini tezda parchalanib ketadi. Tuzlangan karam 0-2 °C da saqlanadi.
Sabzavotlarni tuzlashda va mevalarni hoilashda EC-200 rusumli konteynerlardan foydalaniladi. Konserva zavodlarida karamni tuzlashda uzluksiz ishlaydigan liniyalardan foydalaniladi. Bunda hamma texnologik jarayonlar mexanizmlarda bajariladi.
Tuzlangan karam uchun davlat standarti mavjud. Ushbu standartga ko‘ra, 1-sort tuzlangan karamda osh tuzining miqdori 1,2-1,8%, kislotalilik 0,7-1,3%, 2-sort uchun osh tuzi 2% gacha boiishiga ruxsat etiladi.
|
| |