|
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|
bet | 163/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.orgSabzavotlarni quritish. 0‘rta Osiyo respublikalarida tabiiy sharoitning qulayligi sabzavotlarni shamollatib, oftobda quritish imkonini beradi. Sabzavotni quritishdan maqsad ularning namligini qochirib, mikroorganizmlar rivojlana olmaydigan hamda har xil biologik jarayonlar ro‘y bermaydigan holga keltirishdir. Quritishning shunday bir me’yori borki, namlik miqdori o‘sha darajadan pasaysa mikrooganizmlar rivojlana olmaydi. Bu minimal darajada bakteriyalar uchun 30 % ni, achitqi bakteriyalar uchun 15-20% ni tashkil qiladi. Demak, quritilgan sabzavotlaming namligi 1525% boisa, ularni chiritmay, sifatli saqlash mumkin.
Sifatli sabzavot mahsulotlari olish uchun ularni tez va yaxshi quritishni ta’minlaydigan sharoit yaratish lozim. Olrta Osiyoda sabzavotlar, asosan, oftobga yoyib quritiladi. Bu sharoitda arzon va sifatli mahsulot olish uchun quritish punktlarini to‘g‘ri tanlash va tashkil etish, belgilangan texnologiyaga amal qilish, xomashyoni tayyorlashda ilg'or usullarni qoilash lozim.
Sabzavotlar oftobda quritilishidan tashqari, sun’iy issiqlikdan foydalanib ham quritiladi. Bunda quritish shkaflaridan, tunnel, uzluksiz ishlaydigan quritgichlardan foydalaniladi.
Sabzavotlarni quritish ikki bosichdan-quritishga tayyorlash va quritish bosqichlaridan iborat. Birinchi bosqich quyidagilarni o‘z ichiga oladi: oichamiga qarab kalibrovkalash, yuvish, sifatiga qarab tanlash, tozalash, maydalash, blanshirlash yoki qaynatishdan iborat. Ikkinchi bosqich esa sabzavotni quritishdan iborat.
Sabzavotlarni quritish faqat undan namlikni qochirish emas, balki murakkab fiziologik va bioximik jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Quritish
289
jarayonining davomiyligi ko‘pgina omillarga, ya’ni quritish obyektining tabiatiga, xomashyoni maydalash shakli va darajasiga, uning quritish maydonchasidagi qalinligiga, quritishga tayyorlash usuliga, quritish haroratiga, havoning almashish tezligiga, namligiga va boshqa bir qator omillarga bog‘liq.
Quritish sanoatida PKS-20, KSA-80, KPS-20, KPS-10 kabi uzluksiz ishlaydigan lentali liniyalardan foydalaniladi.
Ko‘katlardan ukrop, ekstragon, rayhon, petrushka va seldereylar mayda qilib qirqilib maxsus quritgichlarda 40-50 °C haroratda 2,5-3,5 soat mobaynida quritiladi. Quritilgan ko'katlar maxsus idishlarda (zich berkitiladigan idishlar juda qulay), past haroratda (0-10 °C da) va havoning 60-65 % nisbiy namligida uzoq vaqt yaxshi saqlanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|