B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»




Download 1,23 Mb.
bet177/231
Sana13.02.2024
Hajmi1,23 Mb.
#155970
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   231
Bog'liq
Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org

§. PIVONI TINIQTIRISH VA QUYISH

Pivo yetilgandan so‘ng tovar ko'rinishi va istalgan tiniqligini ta’minlash uchun u filtrlash yoki separatorlash yo'li bilan tiniqtiriladi. Bu usullarda pivo tarkibidagi mayda zarrachalar, pivoni loyqalantiruvchi va cho‘kma hosil qiluvchi achitqi hujayralari, oqsillar, qulmoqning qoldiq moddalari ajratib olinadi.


Pivoni filtrlash uchun kizelgur filtrlarini qo‘llash yaxshi natija beradi. Pivoning tiniqligi, yaltiroqligi va saqlashda barqarorligini ta’minlash maqsadida u qo‘shimcha tarzda filtr-presslarda kartonning maxsus navlaridan foydalanib filtrlanadi.


310
Filtrlashdan so‘ng pivo ma’lum qismdagi uglerod dioksidini yo'qotadi, shuning uchun quyishdan oldin pivo orqali uglerod dioksini puflab, u karbonizatsiyalanadi. Pivo C02 gazi bilan yaxshi to‘yinishi uchun filtrdan keyin issiqlik almashish uskunasida 0,5-1 °C gacha sovitiladi. Karbonizat- siyalash uchun 1 dal pivoga 15 g C02 gazi sarflanadi.
Karbonizatsiyadan so‘ng pivoyig‘gichlarda 6-8 soat saqlanadi, keyin esa quyishga yuboriladi.
Pivoni quyish. Tiniq pivo yog‘och va alumin bochkalarga, avtosisterna, polietilen idishlarga va butilkalarga quyiladi. Pivo quyiladigan butilkalar yorug‘lik o'tkazmaydigan to‘q ko‘k yoki och jigarrangli mustahkam tiniq shishalardan tayyorlanadi. Chunki quyosh nuri pivoda fotokimyoviy reaksiyani qo‘zg‘atadi. Natijada pivo tarkibidagi oltingugurtli ayrim birikmalar yoqimsiz hid hosil qiladi.
Pivo har doim bosim ostida quyiladi. Bosim ostida quyish uchun bosim ostida ishlovchi quyish avtomatlaridan foydalaniladi. Aks holda pivo quyish jarayonida ko'piklanadi, C02 gazining miqdori kamayadi, natijada pivo bochka va butilkalarga to‘la quyilmaydi. Quyish vaqtida pivoning harorati 3 °C dan oshmasligi kerak.
Pivo R-3, R-6 va RU-12 avtomatlarda sathi bo'yicha quyiladi. Avtomatlar mos tarzda 3300, 6600, 16000 butilka/soat unumdorlikka ega. Butilkalar 0,05-0,3 MPa bosim ostida qayishqoq tiqinli yoki sintetik zichlanuvchiga ega po'lat qalpoqchalar bilan mahkam yopiladi. Bu jarayon avtomatlarda, masalan, 6000 butilka/soat unumdorlikka ega U6-A rusumli avtomatda amalga oshiriladi.
Pivoning yo‘qotilishi filtrlashda 1,55%, butilkalarga quyishda 2%, bochkalarga 0,5 %, tarasiz tashishda 0,33 % ni tashkil qiladi.



  1. Download 1,23 Mb.
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   231




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»

Download 1,23 Mb.