§. UNNI SAQLASH VA ISHLAB CHIQARISHGA TAYYORLASH




Download 1,23 Mb.
bet26/231
Sana13.02.2024
Hajmi1,23 Mb.
#155970
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   231
Bog'liq
Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org

§. UNNI SAQLASH VA ISHLAB CHIQARISHGA TAYYORLASH

Non mahsulotlari ishlab chiqarishda un asosiy xomashyo hisoblanadi. Tegirmondan olib kelingan un, uning zaxirasini (novvoylik korxonalarida yetti sutkalik zaxira) ta’minlovchi alohida omborxonalarda saqlanadi. Bunday zaxira o‘z vaqtida unning sifatini tekshirib, ishlab chiqarishga tayyorlash imkonini beradi. Qulay sharoitlarda saqlangan unning xususiyatlari yaxshilanadi.


Novvoylik korxonalarida un alohida partiyalarda (turkumlarda) olib kelinadi. Partiya-bu bir vaqtda tayyorlangan, bir hujjat va sifat guvohnomasi bilan keltirilgan bir turdagi va navdagi un miqdoridir. Tegirmonning laboratoriyasida rasmiylashtirilgan sifat guvohnomasida (sertifikatida) unning turi va navi, rangi, ta’mi, hidi, kuldorligi, kleyko- vinasining miqdori va sifati, metall aralashmalarining miqdori, namligi va boshqalar ko'rsatiladi. Un partiyasining sifat guvohnomasi korxonaning laboratoriyasiga topshiriladi va bu yerda unning ayrim sifat ko‘rsatkichlari nazorat uchun tekshiriladi. Korxonalarning ko‘pchiligida hozir un qopsiz usulda avtosisternalarda keltiriladi va unni qopsiz saqlash omborlarining bunkerlariga (siloslariga) joylanadi. Unni qopsiz saqlash yo‘lga qo‘yilma-


45
gan korxonalarda, un mato yoki polimer materiallardan tikilgan toza
quruq qoplarda tashiladi va saqlanadi. Un qopsiz usulda ochiq yoki yopiq
turdagi omborxonalarda saqlanadi. Yopiq turdagi omborxonalar alohida
binolarda yoki korxonaning ishlab chiqarish binosining ichida joylashgan
bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda unni bunkerlari (siloslari) bevosita
korxona maydonida joylashgan ochiq turdagi omborxonalarda saqlash
usuli keng tarqalgan (2.2-rasm).
Bunday omborxona odatdagi qurilish binosiga ega emas. Un
omborxonalarga ikki sisternali un tashuvchi avtomashinalarda olib
kelinadi. Sisternalarning umumiy sig'imi 14,5 m3 ni, unning massasi esa
8 tonnani tashkil qiladi. Sisternalardan un avtomatik ravishda bo‘shatiladi.
Buning uchun sisternaning pastki qismida joylashgan quvurchaga
kompressordan 150 kPa bosimga ega siqilgan havo beriladi. Quvurlar
orqali un-havo aralashmasi kerakli bunkerga yuboriladi. Har bir unning
navi uchun alohida (iloji bo‘lganda ikkita) bunker o‘rnatiladi. Bunkerga
tushgan aralashmadan ajralgan havo matoli filtr orqali tashqariga
chiqariladi. Un esa bunkerga tushadi.
Un katta idishlarda saqlanganda zichlashadi, idishni bo‘shatishga to‘s-
qinlik qiluvchi to‘plamlar hosil qiladi.
Unning bo‘shatilishini tezlashtirish uchun silosning tubi siqilgan havo
yordamida aeratsiyalanadi.
Unni, ayniqsa, yangi
tortilgan unni saqlash
davomida, uning sifatini
o‘zgartiruvchi jarayonlar
sodir bo‘ladi. Yangi tortil-



  1. Download 1,23 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   231




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. UNNI SAQLASH VA ISHLAB CHIQARISHGA TAYYORLASH

Download 1,23 Mb.