|
rasm. Unni qopsiz usulda ochiq
turdagi omborxonada saqlash
sxemasi
|
bet | 27/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.orgrasm. Unni qopsiz usulda ochiq
turdagi omborxonada saqlash
sxemasi.
1—ishlab chiqarish silosi; 2-havo filtri;
3-un o'tkazgich kaliti; 4-oraliq sig'im;
5-DM-100-2 avtomatik tarozi; 6-elaklovchi
mashina; 7-matoli filtr; 8-jo'mrak; 9—rotorli
ta’minlagich; 10-bunker; 11-jo‘mrak; 12-
olti yo'lli kalit; 13-bunkerlarni aeratsiyalash
quvuri; 14-kompressor; 15-unni qoplarda
qabul qilish moslamasi; 16-shnek; 17-
havo purkagich; 18-jo'mrak.
46
gan unni muvofiq sharoitlarda saqlash natijasida uning xususiyatlari yaxshilanadi; bu hodisaga unning yetilishi deyiladi. Yomon sharoitlarda saqlangan unda kechadigan jarayonlar, un sifatining yomonlashishiga, ba’zida buzilishiga olib keladi.
Javdar uni bug‘doy unidan farq qilib, qisqa muddat (15-30 kun) saqlashni talab qiladi.
Unni ishlab chiqarishga tayyorlash alohida un turkumlarini aralashtirish, elash va metall aralashmalardan tozalashdan iborat.
Kuchsiz unni kuchli un bilan, ochiq ranglisini to‘qroq ranglisi bilan, avtolitik faolligi yuqori boigan unni fermentlari faolligi past boigan un bilan aralashtiriladi. Un begona aralashmalardan tozalash uchun elanadi. Bundan tashqari un elanganda g‘ovaklashadi, isiydi va havo bilan to‘yinadi. Unni elash uchun uzluksiz ishlaydigan elaklar-buratlardan foydalaniladi. Metall aralashmalardan un magnit to‘siqlar yordamida tozalanadi.
§. BOSHQA XOMASHYOLARNI SAQLASH VA ISHLAB CHIQARISHGA TAYYORLASH
Boshqa xomashyolarga, asosan, achitqilar, osh tuzi va suv, qo‘shim- chalardan esa shakar, yog‘, sut, tuxum va shu kabilar kiradi.
Achitqilarni saqlash va tayyorlash. Novvoylikda suyuq, presslangan va quritilgan achitqilardan foydalaniladi. Presslangan novvoylik achitqisi texnik jihatdan toza boigan zamburugiar-saxaromitsetlardan iborat. Uning namligi 75 % dan, ko'tarish kuchi esa 70 min. dan oshmasligi kerak. Presslangan achitqining kislotaliligiga va saqlashga chidamliligiga talablar qo‘yiladi.
Presslangan achitqini keltirish va saqlash, suyuq achitqini tayyorlash mumkin boimagan hollarda novvoylikda quritilgan achitqilardan foydalaniladi.
Suyuq achitqilar bevosita novvoylik korxonalarining o‘zida tayyorlanadi. Ularni tayyorlashni xamir tayyorlashning birinchi bosqichi deb qabul qilish ham mumkin.
Presslangan achitqini 0-4 °C haroratda saqlash tavsiya qilinadi. Bunday sharoitlarda uning kafolatli saqlash muddati-12 sutka. Presslangan achitqilarni yarimtayyor mahsulotlar qorishga tayyorlashdan oldin, 1 qism achitqiga 2-4 qism 29-32 °C haroratdagi suv qo‘shib eritiladi. Harorati 40 °C dan yuqori boigan suv, achitqilarning sifatini buzadi. Muzlagan achitqilarni 8 °C dan yuqori boimagan haroratda sekin-asta eritish kerak.
47
Quritilgan achitqilar ishlatishdan oldin iliq suvda bir tekis aralashma hosil bo‘lgunicha ivitiladi.
Presslangan va quritilgan achitqilarni faollashtirish ko‘pgina novvoylik korxonalarida amalga oshiriladi. Faollashtirishning mohiyati shundan iboratki, bunda achitqilar un, suv, solod yoki shakardan, ba’zi hollarda boshqa aralashmalardan iborat suyuq oziqa muhitida eritib, 30-90 minut saqlanadi. Achitqilarning ko‘tarish kuchining yaxshilanishi, ularning xamir tayyorlashdagi sarfini (10-20%) kamaytirish yoki yarimtayyor mahsulotlarning bijg‘ish vaqtini qisqartirish imkonini beradi.
|
| |