• Yog‘larni saqlash va tayyorlash.
  • Osh tuzi va shakarni saqlash va tayyorlash




    Download 1,23 Mb.
    bet28/231
    Sana13.02.2024
    Hajmi1,23 Mb.
    #155970
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   231
    Bog'liq
    Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org

    Osh tuzi va shakarni saqlash va tayyorlash. Kichik korxonalarda tuz alohida xonalarda uyum holida saqlanadi. Gigroskopikligini hisobga olib, tuzni boshqa mahsulotlar bilan birga saqlash mumkin emas.
    Tuz xamirga 23-26 % konsentratsiyadagi eritma holida solinadi. Eritma tuz eritgichlarda tayyorlanadi, filtrlanadi va to‘yingan holda ishlab chiqarish yig'gichlariga uzatiladi. Tuz konsentratsiyasini areometr yordamida eritmaning zichligini oTchash yoTi bilan davriy ravishda aniqlab boriladi. Odatda 25% konsentratsiyadagi (nisbiy zichligi 1,188) yoki 26% konsentratsiyadagi (nisbiy zichligi 1,196) eritma tayyorlanadi.
    Qoplarda keltirilgan shakar toza, quruq va havosining nisbiy namligi 70% boigan xonalarda saqlanadi. Shakar solingan xaltalar yog‘och taxtalarning ustiga taxlangan holda saqlanadi.
    Agar shakar quruq holda ishlatiladigan boisa, u avvalo teshiklari 3 mm boigan elak yordamida elanadi va magnitli to‘siqlardan o‘tkaziladi. Shakar xamirga 51-62% konsentratsiyali, nisbiy zichligi 1,23-1,30 ga teng boigan, eritma holida ishlatiladi. Eritma aralashtirish va filtrlash moslamasiga ega boigan idishlarda tayyorlanadi. Idishlardan esa eritma yig'ish idishlariga so‘rib olinadi. Eritmaning harorati 32-35 °C boiadi.
    Yog‘larni saqlash va tayyorlash. Muzlatilgan yog‘ni 12 oygacha saqlash mumkin. Qattiq holatdagi margarinni 4-10 °C haroratda 45 sutka, 0-4 °C da 60 sutka, 0°C dan past haroratda 75 sutka saqlash mumkin. Qandolatchilik va novvoylik yogiarini harorat va tarkibidagi antioksidantlar miqdoriga qarab 1-9 oy mobaynida saqlash mumkin. 0‘simlik moylarini qorongi, salqin xonalarda, yopiq idishlarda 4-6 °C haroratda saqlash lozim.
    Qattiq yogiarni tayyorlashda ular idishidan bo‘shatiladi, ko‘zdan kechirilib, yuzasi iflosliklardan tozalanadi, ichki holati tekshiriladi.
    Eritilgan margarinning harorati 40-45 °C dan yuqori boimasligi kerak, aks holda margarin yog‘ bilan suvga ajralishi mumkin. Bu esa yog'ning xamirda bir tekisda tarqalmasligiga sabab boiadi.
    48
    Tuxum mahsulotlarini saqlash va tayyorlash. Tuxum yog‘och va qog‘oz qutilarda, -2 dan+2°C gacha bo‘lgan haroratda saqlanadi. Metall bankalarga qadoqlangan melanj -6 dan -8°C gacha bo'lgan haroratda 6 oygacha saqlanadi. Bochkalar, qutilar yoki bankalarga qadoqlangan tuxum kukuni -2 dan -10°C gacha bo‘lgan haroratda 6-12 oygacha saqlanishi mumkin.
    Idishidan bo'shatilgan tuxumga, alohida xonalarda soda eritmasi, xlor ohagi va oqar suv bilan ishlov beriladi. Tozalangan tuxumlar alohida idishlarda 3-5 donadan chaqib ko‘rib, sifati tekshiriladi.
    Bankalardagi melanj ishlatilishidan oldin 2-3 soat mobaynida eritiladi, bankalarni ochgandan so‘ng melanj tirqishlari 3 mm bo‘lgan elakdan o‘tkaziladi va 3-4 soat ichida ishlatiladi.
    Tuxum kukuni elanib, massasiga ko‘ra 3-4 marotaba ko‘p miqdorda va harorati 45 °C dan yuqori bo‘lmagan suvda eritilib, tirqishlari 2 mm li elakdan o'tkaziladi.
    Sut mahsulotlarini saqlash va tayyorlash. Sut, qaymoq, smetana 0 dan 8 °C gacha haroratda saqlanadi. Sut ishlatishdan oldin tirqishi 2 mm li elakdan o'tkaziladi. Quruq sut 28-30 °C haroratdagi suvda tabiiy sutdagi namlikkacha (100 g quruq sutga 700-800 sm3 suv) eritiladi.



    1. Download 1,23 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   231




    Download 1,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Osh tuzi va shakarni saqlash va tayyorlash

    Download 1,23 Mb.