|
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|
bet | 52/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org85
3.7-rasm. Shnekli makaron presslarining matritsalari.
Vkladishli matritsalar-konstruksiyasiga ko‘ra, murakkab tuzilishga ega va ikkita asosiy elementdan tashkil topgan: matritsa korpusiga parmalangan shakl beruvchi teshik va teshikka mahkamlangan vkladish. 3.8, a-rasmda naysimon mahsulotlarga shakl berishga moijallangan dumaloq matritsa teshiklarining yon ko‘rinishi tasvirlangan. Teshikning shakl beruvchi kanali quyidagi elementlardan iborat: vkladish 4 ning markazlashtiruvchi yelkalari (3.8, 6-rasm) presslangan kirish kamerasi 1, o‘tish qismi 2 va vkladishning oyoqchasi 5 joylashgan shakl beruvchi tirqish 3.
3.8-rasm. Naysimon makaron mahsulotlariga shakl beruvchi yumaloq matritsa teshigining konstruksiyasi: a-teshikning shakli; b-uch tayanchli vkladish; d-teshikning umumiy ko'rinishi.
Kirish kamerasi eng katta diametrga ega va shuning uchun matritsadagi mumkin qadar teshiklar sonini belgilaydi. Teshikka surib berilayotgan xamir kirish kamerasida markazlashtiruvchi yelkachalar yordamida uchta oqimga taqsimlanadi. Markazlashtiruvchi yelkachalarning vazifasi-vkladishni matritsa teshigida, oyoqchalarining o‘qi teshik o‘qi bilan mos tushadigan holda ushlab turishdan iborat. Aks holda shakl berilayotgan naychaning devorlari notekis qalinlikka ega boiadi. Olta ishonchliroq markazlashtirish uchun vkladish uchta yelkali-uch tayanchli vkladish ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
Teshikning o‘tish qismi 2 da boiingan oqimlarning birlashishi va ularning presslash bosimi ostida va xamir kleykovinasining xossalari ta’sirida xamir naychasiga aylanishi sodir boiadi. Oqimlarning mustahkam yelimlanishi uchun o‘tish qismi kerakli balandlikka-9-11 mm ga ega boiishi darkor.
Shakl beruvchi tirqish ko‘ndalang kesimining oichami makaron naychasining diametrini belgilaydi. Presslanayotgan naychaning ichki diametri vkladish oyoqchalari diametri bilan belgilanadi. Vkladishsiz (vermishel yoki ugra tayyorlash uchun) matritsa teshiklar parmalangan diskdan iborat (3.9-rasm).
Kirish kamerasi 1 ga xamir bitta oqim boiib kiradi, undan keyin esa balandligi 1,5-2 mm boigan shakl beruvchi tirqishdan presslab chiqariladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|