B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»




Download 1,23 Mb.
bet53/231
Sana13.02.2024
Hajmi1,23 Mb.
#155970
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   231
Bog'liq
Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org

a


d


86

i

1


5,3


il


W


6,5


i

i


3.9-rasm. Vkladishsiz matritsa teshiklarining konstruksiyasi: a-vermishel uchun; ft - ugra uchun.
Xamirning yopishish darajasi matritsa materialiga bog‘liq bo'ladi. Xamir zanglamaydigan po'latdan tayyorlangan matritsalarga ko‘proq yopishadi, latundan tayyorlangan matritsalarga kamroq, bronzadan tayyorlangan matritsalarga esa undan ham kam yopishadi.
Xamirning yopishish darajasini kamaytirish uchun matritsaning shakl beruvchi teshiklarining sirti yaxshilab silliqlanishi kerak.
Hozirgi vaqtda silliq yuzali mahsulotlar tayyorlash uchun teshik- lariga xamir yopishmaydigan plastmassa qo‘yilgan matritsalardan foydalanilmoqda. Bunday material sifatida teflon (ftoroplast-4 analogi) qo'llanilmoqda.
Teshiklariga teflon qo‘yilgan matritsalar yordamida xamirga shakl berilganda, unning sifati, xamirning namligi va harorati qanday bo'lishidan qat’i nazar, makaron mahsulotlari silliq yuzali bo'ladi. Matritsalar orqali dag‘al sirtli mahsulotlar presslanishi esa teflonlarning yeyilganligidan darak beradi.


4


87


  1. §. NAM MAHSULOTLARNI BO'LAKLASH


Nam makaron mahsulotlarini boiaklash bevosita presslashdan keyin amalga oshiriladi. Boiaklash shakl berilgan nam mahsulotlarni havo bilan puflash, kesish va taxlashdan yoki osishdan iborat. Sifatli bajarilgan puflash, kesish va taxlash jarayonlari quritishga yordam beradi.
Presslangan nam makaron mahsulotlari tez deformatsiyalanuvchi plastik material hisoblanadi. Shuning uchun kesishni osonlashtirish va yopishib qolishining oldini olish uchun nam mahsulotlarga, matritsaning shakl berish teshigidan chiqayotgan vaqtida, havo puflanishi kerak. Bu nam mahsulotlarning sirtida qurigan qobiq hosil qilib, ularni quritishga uzatishda va qurituvchi transportyorlarga (kalta qirqilgan mahsulotlar), lotokli kassetalarga (makaronlar) hamda ularni bastunlarga (uzun mahsulotlarni osib quritishda) yopishib qolishining oldini oladi. Mahsulotlarni puflash vaqtida qurigan qobiqning hosil boiishi, ularning kesuvchi pichoqlarga va naysimon mahsulotlarning kesilgan joylarining yopishib qolishidan saqlaydi. Mahsulotlar, odatda, harorati 25 °C, nisbiy namligi 60-70% boigan shakl berish boiimining havosi bilan puflanadi. Bunda nam mahsulotlarning namligi, an’anaviy qorish va shakl berish tartiblarida 1-2% ga, yuqori haroratli tartiblarda 3-4% ga pasayadi.
Shakl berilgan va havo puflangan makaron mahsulotlari kesuvchi mexanizm yordamida kerakli uzunlikka kesiladi va quritish uchun qurituvchi yuzalarga (kalta qirqilganlar), lotokli kassetalarga (makaronlar kassetali usulda quritilganda), yoki bastunlarga (uzun mahsulotlar osib quritilganda) joylashtiriladi.
Makaron ishlab chiqarish korxonalarida kalta qirqilgan mahsulotlar ko‘pincha konveyerli quritgichlarda quritiladi. Nam mahsulotni (yarimtayyor mahsulotni) quritgichning kengligi 2 m ni tashkil qiladigan yuqorigi tasmasiga uzatish, tasmaning kengligi bo‘ylab mahsulotni bir tekis taqsimlanishini ta’minlovchi, mexanik taxlagich (yoyib, sochib, titib tashlagich) vositasi yordamida amalga oshiriladi.
Quritish shkaflarida makaronlarning quritilishi kassetalarda terilgan holda amalga oshiriladi. Bir tekis quritish va sifatli mahsulot olish uchun makaronlar kassetani tekis va toiiq toidirishi lozim. Bunda naychalar orasidan havo o'tishi osonlashadi, ularning yopishishi kamayadi va deformatsiyalangan, pachaqlangan makaronlar hosil boiishining oldi olinadi.
88
Uzun mahsulotlarni osib quritishda bastunlarga osilgan nam mahsulotlar (vermishel, ugra, makaronlar) bastunni to‘liq to‘ldirib, bir- biriga tegib turishi kerak. Ammo mahsulotlarga yetarlicha havo tegishi uchun ular bir-birining ustiga chiqib qolmasligi kerak. So‘nggi paytlarda ishlab chiqarilgan o‘zi osuvchi qurilmalar qo‘shimcha tekislovchi qirralarga ega. Mahsulotlar kesib olingan pastki uchlarining nam qirqimlari pnevmotransport bilan qayta ishlash uchun xamir aralashtirgich tog‘orasiga keltiriladi.

Download 1,23 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   231




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»

Download 1,23 Mb.