|
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|
bet | 59/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org§. KARAMEL TEXNOLOGIYASI
Karamel-shakar eritmasini kraxmal patokasi
yoki invert qiyomi bilan namligi 1,5—4% qolguncha
qaynatib quyultirish natijasida olingan karamel
massasidan tayyorlangan qandolat mahsulotidir.
Karamelning navlari ko‘p va ular, asosan, ikki
guruhga boiinadi: faqatgina karamel massasidan
tayyorlangan masalliqsiz karamel, turli xil masalliqlar karamel.
qo'shib tayyorlanadigan masalliqli karamel.
Masalliqsiz karamel mayda, turli shaklli monpansye, bir nechtalab o‘ralgan tabletka, shakldor (xo‘rozchalar, baliqchalar ko'rinishida) va etiketkaga o'ralgan uzunchoq (to‘g‘ri to‘rtburchak yoki oval) shaklda ishlab chiqariladi.
Masalliqli karamelning qobig‘i karamel massasidan iborat bo'lib, uning ichida turli xil masalliqlar mavjud bo'ladi. Massalliqning xiliga ko‘ra mevali, likyorli, asalli, pomadali, sutli, marsipanli, yog'qandli (sovituvchi xususiyatga ega), kuvlangan, yong‘oqli, shokoladli karamellar ishlab chiqariladi.
Karamel massasiga ishlov berish usuliga qarab-tiniq, ishlov berilmagan qobiqli yoki tiniq boimagan-maxsus ishlov berib cho‘zilgan qobiqli va yuzasida turli rangdagi chiziqli masalliqli karamel ishlab chiqarish mumkin. Karamel tashqi tomonidan bezatilishiga ko‘ra o‘ralgan va o‘ralmagan (ochiq) hollarda ishlab chiqariladi.
Karamel ishlab chiqarishda asosiy xomashyo sifatida shakar va kraxmal patokasi hamda meva-rezavorli yarimtayyor mahsulotlar, yong'oq mag'izlari, oziqaviy kislotalar, essensiyalar, bo‘yoqlar va shunga o'xshashlar qoilaniladi.
Karamel ishlab chiqarishning texnologik jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: karamel qiyomini tayyorlash; karamel massasini tayyorlash; karamel massasini sovitish va unga ishlov berish; karamel masalliqlarini tayyorlash; karamelga shakl berish; karamelni sovitish, o‘rash yoki uning yuzasiga ishlov berish; joylash.
Qandolatchilik korxonalarida karamel uzluksiz ishlaydigan jihozlar qatorlarida (liniyalarida) ishlab chiqariladi. Bu qatorlarda ishlab chiqarishning yuqorida qayd qilingan barcha bosqichlari sinxron holatda bajariladi.
4.2-rasmda o‘ralgan masalliqli karamel ishlab chiqarishning texnologik chizmasi tasvirlangan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|