|
Halqaro qiyoslov uchun statistik ishlovlarBog'liq JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHIHalqaro qiyoslov uchun statistik ishlovlar:
Halqaro kiyoslov
uchun statistikaga kichik gavda og‘irligi bilan tug‘ilgan chaqaloqlar
guruhi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish tavsiya etilmaydi, chunki bu
qiyoslanadigan
ma’lumotlarning
ishonchliligini
susaytiradi.
Mamlakatlar ro‘yxatga olish va hisobga olish ishlarini shunday tashkil
etishlari lozimki, konkret holat va mezonlarni statistik ko‘rsatkichlarga
kiritish uchun oson aniqlanishi mumkin bo‘lsin. Mazkur mezonlarga
(masalan, 1000 g dan kichik gavda og‘irligiga ega homila) mos
kelmaydigan homila va chaqaloqlar, agar yuridik va boshqa jiddiy
asoslar bo‘lmasa, perinatal o‘lim statistikasidan istisno qilinishi lozim
(agar kiritilsa, kiritilish sababi aniq asoslanishi lozim). Agar tug‘ilganda
gavda og‘irligi, homiladorlik muddati va gavda uzunligi noma’lum
bo‘lsa, o‘lim holatlari perinatal davrdagi o‘lim statistikasidan
chiqarishdan ko‘ra aynan kiritilishi lozim. Mamlakatlar barcha
ko‘rsatkichlar va nisbatlarning sur`ati kabi maxraji ham faqat 1000 g va
undan ortiq gavda og‘irligiga ega: homila va chaqaloqlar (gavda
og‘irligini xisobga olingandagi ko‘rsatkichlar va nisbatlar)ga tegishli
statistik ma’lumotlarni takdim etishi kerak; kachonki tug‘ilganda gavda
og‘irligi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmasa, homiladorlik muddati (28 to‘liq
xafta) yoki gavda uzunligi (chanoq cho‘qqisidan 35 sm tovongacha)ning
mos ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi.
O‘lik tug‘ilish, perinatal, neonatal va chaqaloqlar o‘limi hamda
tug‘ma nuqsonlar natijasidagi o‘lim holatlarining sonini statistikasi
bo‘yicha hisobotida imkon boricha tirik tug‘ilganlar va o‘lik tug‘ilganlar
uchun alohida va shuningdek tug‘ilganda gavda og‘irligi 500-999g va
gavda og‘irligi 1000 g va undan ortiq guruhlar uchun alohida ko‘rsatish
lozim. Tug‘ma nuqsonlar natijasida neonatal davrdagi o‘lim holatlarini
ilk va kech neonatal davrlar uchun aloxida kayd etish kerak. Bunday
informatsiya tug‘ma nuqsonlar natijasida yoki ularsiz ro‘y bergan o‘lim
holatlarini xisobga olib, perinatal va neonotal o‘lim haqidagi statistik
ma’lumotlarni yoritishga imkon beradi.
|
| |