94
95
VIbob: АҲОЛИ КАСАЛЛАНИШИНИ ЎРГАНИШ ВА УНИНГ
ПРОФИЛАКТИКАСИДА ХАМШИРАЛАРНИ УРНИ
6.1. Aholini kasallanishini turlari, uni o‘rganish usullari
Aholining
salomatlik
darajasiga
baho
beruvchi
ko‘rsatkichlardan biri kasallanish hisoblanadi. Kasallanish deganda -
aholi orasida yoki uning ayrim guruhlari ichida tarqalgan kasalliklar
tushuniladi. Ayrim joylarda va ma’lum vaqt oralig‘ida kasallanishlarni
o‘rganish sog‘liqni saqlash muassasalari uchun katta ahamiyatga ega.
Kasallanish ko‘rsatkichi aholi o‘rtasida, barcha kasalliklarni birgalikda
va har bir nozologik shakl bo‘yicha alohida aholining yoshi, jinsi,
ijtimoiy kelib chiqishi, mutaxassislik va boshqa guruhlari bo‘yicha
tarqalish darajasini ko‘rsatadi. Kasallik ko‘p hollarda bemorlar tibbiy
yordam olish uchun murojaat etganlarida ro‘yxatga olinadi. Shu sababli
kasallanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligi, asosan tibbiy
yordam hajmi, xarakteri, sifati, ixtisosligi va ko‘rsatilishi bemorlarning
murojaat qilish imkoniyatiga bog‘liqdir. Aholining kasallanish
ko‘rsatkichining aniqligi, to‘liqligi, sifati asosan vrach va uning
yordamchisi hamshiraga bog‘liq, chunki u o‘zining mutaxassislik
faoliyatida kasallikni aniqlaydi, halkaro tasnifiga ko’ra tashhis qo’yadi
va ruyxatga oladi.
Bemorni davolayotgan va kasallikni ruyxatga olgan vrach
kasallikni belgilashda, unga to‘g‘ri tashxis qo‘yishda klassifikatsiyadan
foydalanadi. Kasallanishlarni o‘rganayotgan tibbiyot xodimlari hozirgi
paytda ishlatilayotgan kasalliklar klassifikatsiyasidan foydalanib,
statistik materiallarni to‘g‘ri guruhlay bilishi kerak.
1900 yil 21 avgusda Parijda 26 mamlakatdan kelgan delegatlar
ishtirokida kasalliklar va o‘lim sabablari klassifikatsiyasini ko‘rib
chiqish uchun birinchi marta halqaro konferensiya bo‘lib o‘tgan va u
birinchi klassifikatsiyani tasdiklangan. Konferensiya karori bilan xar 10
yilda klassifikatsiya qaytadan ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Hozirgi paytda
jahon sog‘liqkni saqlash tashkilotini sanitar statistika sohasidagi
ekspertlari bunday klassifikatsiya qaytadan ko‘rish bilan bevosita
shug‘ullanadilar. Kasallik va o‘lim sabablarini halqaro klassifikatsiyasi
va nomenkulaturasi o‘tgan davrlar mobaynida 10 marta ko‘rib chiqiladi.
96
1989 yilda 10 – chi HKT qayta ko‘rib chiqilgan 1993 yili Jahon
sog‘liqni saqlash Assambleyasi sessiyasida qabul qilindi.
Ushbu “Xalqaro kasalliklar tasnifi va sog‘liq bilan bog‘liq
muammolar”
hafaqat
undan
foydalanuvchilarning
diagnostik
ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun balki inson
salomatligini xarakterlovchi boshqa ma’lumotlarni ham o‘z ichiga
qamrab olgan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vaziri buyrug‘i (22
yanvar 2003 yil 31 sonli) ga ko‘ra HKT – 10 ni bizning Respublikada
amalga kiritish bo‘yicha tartib va chora tadbirlar belgilangan. Ushbu
buyruqning joriy etilishi kasalliklar va o‘lim sabablarini barcha boshqa
mamlakatlar bilan qiyoslash imkonini beradigan nomenklaturaga o‘tish
imkonini beradi.
Bu esa, o‘z navbatida statistik ma’lumotlar sifatini yaxshilash,
sog‘liqni saqlashni boshqarish va tibbiy ilmi rivojini integratsiyalash
imkonini yaratadi. Uning o‘zbek tilidagi nashri 2004 yili birinchi bor
chop etildi.
HKT–10 da barcha bir turdagi patologik holatlar olingan
ma’lumotlarni tahlil etish uchun guruhlarga ajratilgan. HKT–10 da
barcha kasalliklar, sinflarga bo‘lingan, sinflar o‘z navbatida – bloklarga,
bloklar uch belgili ruknlarga, uch belgili ruknlar to‘rt belgili kenja
ruknlarga bo‘lishgan.
10-qayta ko‘rilgan ""Kasalliklar, shikastlanishlar va o‘lim
sabablarini xalqaro klassifikatsiyasi" 21-ta sinfdan iborat.
I sinf – Ba’zi infeksion va parazitar kasalliklar
II sinf – O‘smalar
III sinf – Qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari va immun
mexanizmni jalb etuvchi ayrim buzilishlar
IV sinf – Endokrin sistema kasalliklari, ovqatlanish tartibsizligi
va moddalar almashinuvi buzilishlari
V sinf – Ruhiy buzilishlar va hulq atvor buzilishlari
VI sinf – Nerv sistemasining kasalliklari
VII sinf – Ko‘z va uning qo‘shimcha apparati kasalliklari
97
VIII sinf – Quloq va so‘rg‘ichsimon o‘sig‘ kasalliklari
IX sinf – Qon aylanish sistemasi kasalliklari
X sinf – Nafas organlari kasalliklar
XI sinf – Hazm qilish organlari kasalliklari
XII sinf – Teri va teri osti klechatkasi kasalliklari
XIII sinf – Suyak – mushak sistema va qo‘shuvchi to‘qima
kasalliklari
XIV sinf – Siydik tanosil sistema kasalliklari
XV sinf – Homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davr
XVI sinf – Perinatal davrda yuzaga keladigan ba’zi holatlar
XVII sinf – Tug‘ma anomaliyalar (rivojlanish nuqsonlari),
deformatsiyalar va xromosom buzilishlar
XVIII sinf – Boshqa ruknlarda tasniflanmagan klinik va labarator
tekshiruvlarda aniqlanmagan, simptom, belgi, normadan
chetga chiqishlar
XIX sinf – Tashqi sabablar ta’sirining jarohatlar, zaharlanishlar
kabi va ayrim boshqa oqibatlari
XX sinf – Kasallanish va o‘limning tashqi sabablari
XXI sinf – Salomatlikning holatiga ta’sir qiluvchi omillar va
sog‘liqni saqlash muassasalariga murojaat qilish.
HKT – 10 sog‘liqni saqlash amaliyotida qo‘llash uchun yaratilgan,
shuning uchun tasniflashdan tashqari kasalliklar maxsus guruhlarga ham
ajratilgan:
Epidemik kasalliklarga
Konstitutsion yoki umumiy kasallikka
Mahalliy kasalliklar (anotomik joylashish bo‘yicha)
O‘sish, rivojlanish bilan bog‘liq kasalliklarga
Jarohatlarga
Shunday
qilib,
HKT–10
aholi
salomatligini
o‘rganish
metodologiyasini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan muhim
hujjat bo‘ldi.
98
Ma’lumki, kasallanish aholining salomatlik darajasiga baho
beruvchi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi va uni o‘rganish sog‘liqni
saqlash muassasalari uchun katta ahamiyatga ega.
Birinchidan kasallanishlar aholi salomatligini, uning sanitariya
holatini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Ikkinchidan
kasallanishlar sog‘liqni saqlash muassasalarining ish
faoliyatini sifatini va samarasini ko‘rsatuvchi asosiy mezon hisoblanadi.
Uchinchidan kasallanishlarni o‘rganish va uni kamaytirish sog‘liqni
saqlash,
sanitariya-epidemiologiya,
davolash-profilaktika
muassasalarining va barcha shifokor, hamshiralarning bosh vazifalaridan
biri hisoblanadi.
To‘rtinchidan kasalliklarning dinamikasini o‘rganish natijasida
aholi orasidagi patologik jarayonlarning o‘zgarishi haqida chuqur
ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Buning asosida aholining tibbiy sanitariya
yordamga bo‘lgan ehtiyojini aniqlab uni tashkil etishga, yanada yahshi-
lash bo‘yicha tibbiy chora-tadbirlarni rejalashtirishda katta ahamiyatga
ega.
Kasallanishni o’rganishda turli usul va statistik hujjatlardan
foydalaniladi. Har bir qullaniladigan usul kasallanish to‘g‘risida ma’lum
bir ma’lumotlarni beradi. Aholining to‘liq kasallanish darajasini
o‘rganish uchun barcha usullardan foydalanish mumkin.
|