• Yuqumli kasalliklar bilan kasallanish
  • aholining o‘rtacha-yillik soni




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/143
    Sana14.08.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #269512
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   143
    Bog'liq
    JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

    aholining o‘rtacha-yillik soni
     
    Yuqorida ko‘rsatilgan ikki tushuncha orasida kattagina farq bor. 
    Kasallanishning o‘zi
     
    – bu muhit sharoitlarining o‘zgarishiga tez ta’sir 
    qiluvchi ko‘rsatkich bo‘lib, bu ko‘rsatkichni bir necha yil davomida 
    tahlil qilganda kasallikning kelib chiqish va dinamikasi to‘g‘risida 
    tushunchaga ega bo‘lamiz. Shu bilan birgalikda ijtimoiy-gigienik va 
    davolash-profilaktik tadbirlarini samarasini aniqlashimiz mumkin. 
    Kasallanishlar haqidagi ma’lumot barcha kasallanishlarni joriy 
    ro‘yxatga olishga asoslangan.
    Har bir kasallik bo‘yicha joriy yildagi 
    birlamchi murojatlar kuzatuv birligi sifatida qabul qilinadi va
    har bir 
    murojaat etgan bemorga «Yakuniy diagnozlarning statistik taloni» (Sh-
    025-2/h) to‘lidiriladi. O‘tkir kasalliklar yilda necha marta 
    aniqlanishidan qa’tiy nazar bemorlarning har bir murojaatida ro‘yxatga 
    olinadi. Shu sababli yil davomida bir odamda bir necha o‘tkir kasalliklar 
    ro‘yxatga olinishi mumkin. Bunda barcha yangi kasalliklar (+) belgisi 
    bilan, surunkali kasalliklar esa (-) belgisi bilan belgilanadi. Surunkali 
    kasalliklar yilda bir marta, yani DPMga ushbu kasallik bo’yicha 
    birinchi marta murojat qilganda. 
    Yuqumli kasalliklar bilan kasallanish –
     
    yuqumli kasalliklar aholi 
    uchun xavf tug‘diradi, chunki yuqumli kasalliklarni o‘z vaqtida oldi 
    olinmasa ular tez tarqalib epidemiyaga aylanib ketishi mumkin shu 
    munosabat bilan ularni nazorat qilish uchun har bir yuqumli kasallikni 
    o‘z vaqtida qayd etib tuman, shaxar davlat sanitariya-epidemiologik 
    nazorat markazlariga shoshilinch xabar berish zarur. Yuqumli
    kasalliklar aniqlanganda yoki ular to‘g‘risida gumon qilinganda 
    shoshilinch xabar berish majburiy qisoblanadi. 
    Barcha xabar berilishi lozim bo‘lgan yuqumli kasalliklarni 
    quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 


    101 
    1. Karantin kasalliklar (o‘lat, vabo, qora chechak, sariq isitma, 
    qaytalama tif). 
    2. Davlat sanitariya - epidemiologiya nazorati markazlari bilan bir 
    vaqtning 
    o‘zida maxsus ixtisoslashgan davolash profilaktika 
    muassasalarida - axborot to‘planadigan kasalliklar ( sil, zaxm, so‘zak, 
    traxoma, zamburug‘li kasalliklar, moxov). 
    3. Davolash profilaktika muassasalari davlat sanitariya-epidemiologiya 
    nazorati markazlariga faqat yig‘ma ravishda axborot beradigan 
    kasalliklar (gripp, yukori nafas yuli infeksiyalari). 
    4. Har bir kasallik va kasal haqida maxsus axborot beriladigan 
    kasalliklar (oshqozon tifi, paratif, salmonellyoz, ichburug‘, enteritlar 
    qizamiq, ko‘kyutal, meningit, ensefalit, infeksion gepatit, skarlatina, 
    qoqshol, poliomelit, quturish, rikketsiozlar, toshmali tif, bezgak, 
    leptospiroz, 1-oylik bolalardagi sepsis, suvchechak, qizilcha, gemorragik 
    isitma, epidemik parotit, ornitoz va boshkalar). 
    Yuqoridagi kasalliklar guruhlari bo‘yicha mavjud qonunga asosan 
    yuqumli kasallikni birinchi bo‘lib aniqlangan yoki gumon qilgan xar bir 
    vrach, o‘rta tibbiyot xodimi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati 
    markazlariga shoshilinch xabar yuborishi zarur (058-u shaklga 
    muvofiq). Bunday xabar shaxar, tuman DSENMlariga davolash-
    profilaktika muassasalarining xodimlari tomonidan beriladi. 
    DSENM xodimlari shoshilinch xabarni maxsus “Yuqumli 
    kasalliklarni harakati” daftariga qayd etadi va o‘zidan yuqorigi 
    DSENMlarga 85 – forma “Yuqumli kasalliklar harakati hakida hisobot” 
    orqali oylik hisobot yuboradilar. 
    Davolash-profilaktika 
    muassasalari 
    85-gripp 
    shakl 
    orqali 
    sanitariya-epidemilogiya stansiyalariga gripp va yuqori nafas yullari 
    infeksiyalari haqida hisobot beradi. 
    Yuqumli kasalliklarni tahlil qilishda yuqoridagi hisobot formalari 
    bilan bir qator yuqumli kasalliklarning o‘chog‘ida tekshiruv olib borish 
    natijasida epidemiolog tomonidan to‘ldirilgan “Yuqumli kasallik 
    o‘chog‘ini epidemiologik tekshiruv” (sh.357-h) kartasidan ham 
    foydalaniladi. 


    102 
    Natijada har bir tuman va shahar sanitariya-epidemiologiya 
    stansiyalari tomonidan yuqumlik kasalliklar haqida haftalik, 10 kunlik, 
    oylik, kvartal, yarim yillik va yillik ko‘rsatkichlar hisoblanib tahlil 
    qilinadi. 
    Aniqlangan infektsion kasallik, qanday sharoit bo‘lishidan qa’tiy 
    nazar, oziq ovqatdan zaharlanish, o‘tkir kasbiy kasallik yoki unga 
    shubxa tug‘diruvchi xollarda, shuningdek diagnozi o‘zgartirilganda 
    tibbiyot xodimi tomonidan to‘ldiriladi, hududiy DSENMga bemor 
    aniqlangan vaqtidan boshlab, 12 soat ichida yuboriladi.

    Download 1,45 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   143




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish