104
5.
Bemor shaxslar ko‘rsatkichi
joriy-yilda mehnat qobiliyatini
yo‘qotgan ishchilar soni x 100
Х = ---------------------------------------------------------------------------;
ishchilarning o‘rtacha soni
Muqim shifoxonada yotgan bemorlarning kasallanishlari.
Muqim shifoxonadagi o‘rinlar sonini, mutaxassislar soni aniqlashda va
ayrim ixtisoslashgan kasalxonalarni tashkil
etishni rejalashtirishda,
muqim shifoxonada davolanganlar soni bilan bir qatorda ularning
kasallanishlarining ko‘rsatkichlari ham katta axamiyatga egadir.
Hozirgi paytda kasalxonadagi kasallanishlarni ro‘yxatga olish va
o‘rganish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir shifoxonaga
yotqizilish holi
kuzatuv birligi hisoblanadi. Bemorga kasalxonadan chiqqanlarning
statistik kartasi (sh.066-h) to‘ldiriladi. Muqim shifoxonada yotgan
kasallanishlar ko‘rsatkichi tuman, shaxar, viloyat respublika buyicha har
1000 axoliga hisoblanadi.
Bundan tashqari, muqim shifoxonalardan
olingan ma’lumotlarga asoslanib quyidagi qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni
aniqlashimiz mumkin:
1.
Tashxis ko‘pligi, ularning kattaligi,
xarakteri, asosiy kasalliklar,
qo‘shimcha kasalliklar, ularning asorati.
2.
Vrach qo‘ygan
tashxisning sifati, ularni poliklinika tashxislari va
o‘lim hollari yuz berganda patalogoanatomik tashxislar bilan mos
kelishi.
3. Har xil kasalliklar bo‘yicha bemorlarni
muqim shifoxonalarda
davolanish muddati.
4. Ma’lum kasaliklar bo‘yicha o‘z vaqtida kasalxonaga yotkizilganligi
va ularning kattaligi.
5. Muqim shifoxonada yotgan bemorlarning yosh, jins, kasb,
klinik
bo‘limlar bo‘yicha strukturasi.
6. Har-xil davolash usullarining samaradorligi ( jarroxlik, terapevtik,
medikamentoz, fizioterapevtik davolashlar).
7. Kasalxonada davolanishlarning oqibati - sog‘ayish, qisman sog‘ayish,
yomonlashish, o‘lim holatlari.
105
8. Bir yil davomida ma’lum bir kasallik bilan takror yotqizishlar soni.