• Patologik zararlanish
  •  Tibbiy ko‘rik ma’lumotlari




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/143
    Sana14.08.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #269512
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   143
    Bog'liq
    JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

    6.3 Tibbiy ko‘rik ma’lumotlari 
    Umumiy kasallanishlarni o‘rganishning asosiy manba’laridan biri, 
    aholi orasida o‘tkaziladigan profilaktik va maqsadli tibbiy ko‘riklar 
    hamda dispanser kuzatuvlaridir. Bu usul orqali yashirin kechuvchi
    oldindan ma’lum bo‘lmagan yoki aholini faol ravishda tibbiy yordam 
    olish uchun murojaat etishga majbur qilmagan surunkali kasalliklar 
    aniqlanadi. 
    Tibbiy ko‘riklar oldiga qo‘yilgan maqsad, vazifa va 
    qo‘llanilayotgan tashkiliy texnologiya turiga qarab oldindan, davriy va 
    maqsadli bo‘lishi mumkin. 
    Ko‘rik ma’lumotlari, aholining murojaati natijasida olingan 
    ma’lumotlar bilan qo‘shilib kasallik haqida materiallarni yanada 
    to‘ldiradi, ularga birmuncha aniqliklar kiritadi va aholining umumiy 
    kasallanishlarini yanada to‘laroq yoritishga yordam beradi. 
    Aholi orasida tibbiy ko‘rik o‘tkazish natijasida aniqlangan 
    kasalliklar haqida axborotlar olishni “patologik zararlanish” yoki “tibbiy 
    ko‘rikda aniqlangan ko‘shimcha kasallanishlar” deb nomlanadi.
    Patologik zararlanish 
    aholi yoki uning ayrim guruhlari orasida 
    tibbiy ko‘riklar natijasida aniqlangan kasalliklarni tarqalish darajasini 
    ko‘rsatib beradi. Bunda tibbiy ko‘riklar natijasida faqatgina kasallikning 
    o‘zi emas, balki keyinchalik kasalliklarga olib keladigan premorbid
    morfologik va funktsional o‘zgarishlarni ham hisobga oladi. Bu 
    ko‘rsatkich 1000 ta tekshirilganlarga nisbatan quyidagi formula bo‘yicha 
    hisoblanadi: 
     
    tibbiy ko‘riklar vaqtida aniqlangan kasalliklar soni x 1000 
    Х = ----------------------------------------------------------------------------; 
    tibbiy ko‘rikdan o‘tgan shaxslar soni
     
    6.4 O‘lim sabablari asosida kasallanishni o‘rganish. 
    Mazkur turdagi kasallanishni o‘rganish manbalari quyidagi 
    hujjatlardir: markaziy tuman va oilaviy poliklinikalar, QVP, statsionarlar 
    shifokorlari, sud ekspertiza patologoanatomlari tomonidan beriladigan 


    106 
    «O‘lim haqidagi shifokor guvohnomasi» 106/h-shakl, «Perinatal o‘lim 
    haqidagi shifokor guvohnomasi» 106-4/h –son shakl.

    Download 1,45 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   143




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish