o‘tgan -yildagi nogironlikko‘rsatkichi (birlamchi yoki umumiy)




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/143
Sana14.08.2024
Hajmi1,45 Mb.
#269512
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

o‘tgan -yildagi nogironlikko‘rsatkichi (birlamchi yoki umumiy) 
7. Barcha nogironliklar ichida birlamchi nogironliklarning ulushlari 
joriy-yilda berilgan birlamchi nogironlar soni × 100 
Х = --------------------------------------------------------------------------; 
umumiy nogironlar soni 
 
8. Umumiy nogironlar orasida, bolalikdan nogironlarning ulushlari 
 
joriy-yildagi bolalikdan nogironlar soni × 100 
Х = --------------------------------------------------------------------------; 
umumiy nogironlar soni 
 
 
 
 
 
 
 


109 
VIII 
bob. 
JISMONIY 
RIVOJLANISHI 
BAHOLASH 
USULLARI 
Jismoniy rivojlanishko’rsatkichlarini aniqlash kompleks usulda olib 
boriladi. Jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlari aholining sanitariya holatini 
ifodalovchi ma'lumotlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, jismoniy 
rivojlanish ko'rsatkichlari bolalar va o'smirlarning salomatlik darajasini, 
shuningdek, o'sish va rivojlanish davrida tashqi muhit sharoitining ijobiy 
yoki salbiy ta'sirini ham belgilaydi. Ko’p holatda bolalar va o'smir-
larning jismoniy rivojlanishini o’rganiladi. Bolalar va o'smirlarning 
jismoniy rivojlanishini aniqlash, albatta, tibbiy ko'rikdan o'tkazish bilan 
bir qatorda olib borish kerak. 
Har bir bolaning jismoniy rivojlanishini mumtazam va yakka 
tartibda kuzatish uchun o'sishi va rivojlanishi to'g'risida aniq ma'lumot 
beradi. Shaxsiy jismoniy rivojlanishni aniqlashdan tashqari, bolalarning 
jismoniy rivojlanishini bolalarda o'tkaziladigan yoppasiga kuzatish usuli 
qisqa muddat ichida bir mintaqada sog'lom bolalarda aniqlanadi. 
Olingan ma'lumotlar har bir bolaning yoshiga, jinsiga hamda millatiga 
qarab statistika usuli bilan o'rtacha ko'rsatkichlar hisoblab chiqiladi. 
Jismoniy 
rivojlanishni 
aniqlashda 
antropometrik
usuldan 
foy-
dalaniladi. Antropometrik usulni qo'llash yoki tekshirish dasturini tuzish 
bolaning yoshiga bog'liq. Umuman tibbiyotda qator antropometrik 
usuldan faqat bir nechtasigina qabul qilingan. 
Somatometrik
 
ko'rsatkichlari bu bo'yning (o'tirgan va turgan holida) 
uzunligi, vazni, ko'krak qafasining kengligi, fiziologometrik funksional 
ko'rsatkichlardan o'pkaning sig'imi, qo'l va bel mushaklarining kuchi va 
h.k. Somatoskopiya ko'rsatkichlariga yana qaddi-qomatning tuzilishini 
(umurtqa pog'onasining shakli, ko'krak qafasi, oyoq mushaklari 
rivojlanishi, teri ostidagi yog' qatlamining miqdori va h.k.), jinsiy 
rivojlanish alomatlari kiradi. O'tkaziladigan antropometrik tekshiruvlar 
bolalarning yoshiga qarab har xil tuzilishi mumkin. 
Antropometrik tekshiruvlarni kunning birinchi yarmida, to'g'ri 
asboblar bilan yorug' xonalarda, qulay mikroiqlim sharoitida, bolani 
yalang'och qilgan holda o'tkazish kerak. 


110 
Bolalar va o'smirlar bolalik davrining turli bosqichlariga qarab 
quyidagi muddatlarda tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi va jismoniy 
rivojlanishning antrometrik usulida tekshiriladi. 
1. Chaqaloqlar bar oyda bir marta. 
2. Ilk bolalik davrida har uch oyda bir marta. 
3. Maktabgacha yoshda har 3—6 oyda. 
4. Maktab yoshi davrida bir yilda bir marta. 

Download 1,45 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   143




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



o‘tgan -yildagi nogironlikko‘rsatkichi (birlamchi yoki umumiy)

Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish