Ovqatlanishni to
'
gri tashkil etish.
Ushbu yo'nalis umumiy
harakterga ega bo’lib, u sog’lom turmush yulidagi harakat dasturini
belgilaydi. 19-asrdan boshlab oziq-ovqatlarning tarkibiy mutanosibligi,
energiya muvozanati, mikroblar, ovqatlanish tartibi haqida ilmiy
113
qarashlar paydo bo'ldi, bu esa uz navbatida dietologiya fanini
shakllanishiga zamin yaratdi. Hozirgi kunga kelib esa, noto'g'ri va
noratsional ovqatlanish kishilar o’rtasida uchrayotgan oshqozon - ichak,
yurak
qon-tomir,
ichki
sekretsiya
bezlari,
bo'gimlar,
modda
almashinuvining buzilishi, rak kasalliklarining asosiy sababchisi
ekanligi ilmiy ravishda isbotlandi.
Jahon Sog’liqni Saqlash tashkilotining ekspertlari P.Ravel va Ch.
Ravellar «Kishilar o’rtasida uchrayotgan kasalliklarning 80% noto'g'ri
ovqatlanishdan» degan fikrlarni bildirganlar. Portugaliyalik buyuk
dietolog E. Perish aytganidek «Faqatgina ovqatlanish bizni mayda yoki
yirik, nodon yoki aqlli, nimjon yoki kuchli, bo'shashgan yoki g'ayratli,
odamovi yoki sog’lom muammolarga layoqatli qiladi». Lekin insoniyat
bu masalada hamon o’zining o'tmishdagi odati – ovqatlanishda nafs va
hohishning ta’siridan qutila olmayapti. Oqibatda bu holat kishilar
o’rtasida kasalliklar va o’limning asosiy sababchilaridan biri bo'lmoqda.
Bu masalalar ovqatlanishda savodsizlik va befarqlik bilan bir qatorda
jamiyatda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ovqatlanishni
biznes asosga qo'yilganligi, pul va boylik orttirish yo'lida bir qancha
oziq-ovqatlar, ichimliklar reklamasi, shuningdek, ovqatlarni nogigienik
tayyorlashga asoslangan «ko'cha ovqatini kafe, bar, restoranlar» ham
katta rol o'ynashmoqda. Shuning uchun ham bugungi kunda
ovqatlanishni to'g'ri tashkil qilish, inson kundalik turmushining eng
asosiy talablaridan biri va buni sog’lom turmush tarzini tashkil etishda
hisobga olmaslik mumkin emas. Bu kundalik iste'mol qilinayotgan oziq
- ovqat maxsulotlarini kishilar organizmida fiziologik, biologik talablar
asosida tashkil etishdir. To'g'ri ovqatlanish shunday tashkil etilishi
kerak-ki, u o’zining fizik –kimyoviy hamda biologik xususiyatlari bilan
inson tanasiga og'irlik qilmasligi, aksincha tez va oson hazm bo’lib,
organizmni kerakli oziq moddalari bilan ta’minlay olishi lozim. Bu
o’rinda biz quyidagi talablarga rioya qilishimiz kerak:
-
ovqatlik maxsulotlari tarkibini kishi organizmining fiziologik
talablariga mos bo’lishini ta’minlash;
-
iste’mol qilinadigan ovqatning miqdorini kishi sarf qiladigan
energiyaga mos bo'lishini ta’minlash;
114
-
ovqatlanish rejimini kishi badanidagi biologik qonuniyatlarga mos
bo'lishini ta’minlash;
-
har galgi ovqatlanishda badan fiziologiyasi qonuniyatlarini hisobga
olish;
-
ovqatlarni tayyorlashda uning tarkibi va sifatini saqlab qolish
tartiblariga rioya qilish;
-
ovqatlik mahsulotlarni etishtirish, tanlash va saqlashga bo’lgan
talablarga rioya qilish;
-
ovqat hazm qilish a’zolari tuzilishi va ulrning funktsiyalari to'grisidagi
qisqacha ma’lumotlarga ega bo’lish;
-
ovqat
hazm
qilish
tizimi
normalarini
baholovchi
asosiy
ko’rsatkichlarni bilish;
-
ovqat hazm qilish tizimi muammolarida tadbirlar qo’llash hamda
mutaxasislarga murojaat qilish.
Agarda, ovqatlanishda yuqoridagi harakat dasturiga rioya qilsangiz
va shu talablarning har birisi bo’yicha oddiygina tushunchalarga ega
bo’lib, ularni o'z turmushingizda qo’llashni bilsangiz, siz ovqatlanishni
ongli tashkil qilgan bo'lasiz va hech qachon u bilan bog'lik
muammolarga duch kelmaysiz. Shuning uchun, yuqoridagi
ovqatlanishga bo’lgan talablarning har birisi bo’yicha alohida to'xtalib
utishga to'g'ri keladi.
Ovqatliklarning tarkibida un mahsulotlari va shirinliklarni
muntazam ortiqcha iste'mol qilish natijasida butun tanada xilt ko’payib
ketadi. Ortiqcha xiltlar ichki a’zolar, badan bushliqlari va bo'gimlarga
o'tib a’zolar faoliyatini qiyinlashtish oqibatida, artrit, poliartirit,
radikulit, osteoxondroz, semirib ketish, ichaklarda qabziyat, qandli
diabet, tomirlarda ateroskleroz, tana va ichki a’zolarda o'smalar paydo
bo’lishi kabi kasalliklarga sharoit yaratadi. Ovqatining tarkibida un
mahsulotlari va shirinliklar ko’p bo’lgan insonlar orasida tez-tez
shamollash, har xil virusli toshmalar toshishi, gaymorit, frontit, otit,
surunkali tanzillit, faringit va tanadagi ortiqcha xiltlarni bronxlar orqali
ko’plab ajralib chiqishidan tez-tez tomoq qirish, burun qoqish, balg'am
tupirish kabi holatlar ko’p uchraydi.
115
Ovqatliklarning tarkibida go'sht, tuxum kabi oqsillarni surunkali
iste'miol qilish natijasida buykaklar faoliyatining qiyinlashuvi, buyrakda,
o't qopida, siydik chiqaruv yo'llarida tosh hosil bo'lish, ichaklarda
qabziyat, ruxiayatning buzilishi, asabiylik kabi holatlarga sabab bo’ladi.
Ovqatliklar tarkibida yog'larni, ayniqsa
mol yog'larining
ortiqchaligidan qonning tarkibi quyuqlashib, tomirlarda aterioskleroz va
uning oqibatida yurakda stenokardiya, infarkt holatlari, qon bosimining
yuqori bo'lishi, xolesistit, semirib ketish kabi holatlarga olib keladi.
Ovqatliklar tarkibida vitaminlarning etishmasligidan parchalanish
jarayonlari sustlashuvi oqibatida a’zolarning faoliyati uchun zarur
bo’lgan moddalar yetishmasligi sodir bo’ladi. Oqibatda bolalarda raxit,
kattalarda shapko'rlik, organizmdagi barcha muhim jarayonlarning
susayishi kabi holatlarga olib keladi.
Ovqatliklarning kimyoviy zaharli moddalar bilan zararlanishidan
turli darajalardagi ovqatdan zaharlanishlar, radioaktiv moddalar bilan
zaharlanishidan esa, sochlarning to'kilib ketishi, ichki a’zolar
faoliyatining susayishi, bepushtlik, rak, oq qon kabi og'ir oqibatlarga
olib keluvchi kasalliklar yuzaga keladi.
Ba’zi bir ovqatlik turlarining ayrim odamlar organizmiga mos
kelmasligidan terida har xil toshmalar toshishi va qichishi (dermatitlar),
oshqozon va ichaklarda - gastrit va kolit, miya to'qimalarining
zaharlanishi – migren, meningit, nafas olishning kiyinlashuvi –
diqqinafaslik, yurakda xuruj-stenokardiya va butun organizmda
bezovtalikka sabab bo'luvchi allergik holatlarga olib keladi.
Ortiqcha ovqatlanish va ovqatxo'rlik tufayli, semirib ketish kadi
qomatning buzilishi, go'zallik va epchillikning izdan chiqishi, kishi
gavdasining beso'naqay, ko'rimsiz, kiyim - kechak yarashmaydigan
ahvolga kelib qolishi, nafas olish va harakatlarning qiyinlashuvi, tanadan
va og'izdan qo'lansa hidlarning tarqalishidan noqulay ahvolga tushish,
kasallanish ehtimollarining ortib borishi yuz beradi.
Spirtli ichimliklarni surunkali iste'mol qilish oqibatida ruhiyatning
buzilishi, asabiylik, o'z hatti-harakatlarini nazorat qila olmaslikdan
insoniy, ahloqiy normalardan chetga chiqish, obro'-e’tiborning,
farzandlar tarbiyasida ma’suliyatning bo'lmasligi, jinoyatga qo'l urish,
116
insonni shaxs sifatida inqirozga yuz tutishi, uydan, eldan, oiladan, bola-
chaqadan ajrab yakka yolg'izlikda yashab umrini barbod qilish holatlari
uchrab turibdi.
Bugungi hayotimizdan bizga shu narsa ma’lumki, taraqqiyot
imkoniyatlari va qulayliklari bizni harakat qilishdan deyarli ozod qilib
qo'ydi. Bu holat inson organizmining chidamliligini pasaytirib,
kasalliklarga
beriluvchanligini
oshirdi.
Tana
va
mushaklar
mustahkamligi kamaydi. Kam harakatlilik tufayli organizmda o'tirib
qolgan chiqitlar (chala parchalanish mahsulotlari) ichki a’zolar faoliyati
yomonlashdi. Natijada ovqat hazm qilish, moddalar almashinuvi, ayirish
sistemasi a’zolarining va boshqa a’zolar faoliyatini buzulishi bilan
bog'lik kasalliklar ko’paydi. Demak insoniyat uchun harakat va uning
turlarini, o’zining kundalik turmushiga ongli ravishda kiritish zarurati
paydo bo'ldi. Shuning uchun salomatlik, ishchanlik, faol va baxt
keksalik, uzoq umr kabi inson orzu qafaslarini ro'yobga chiqarishda
harakatli turmush jismoniy mashg'ulotlarning roli va ahamiyatini fan
ham, hayot ham allaqachon isbotlagan. Salomatlikning bu samarali
vositasini kundalik turmushimizga kiritishga ba’zan hayotning o'zi
majbur qilsa (tirikchilik yolidagi harakatlar va yugur-yugurlar),
ko’pchilik ishlarda davr talabi va davlat siyosati natijasidagi
zamondoshlarimizning ongli intilishlari sabab bo'lmoqda. Buni
shaharlar, viloyatlar va tumanlar markazidagi qurilgan va qurilayotgan
stadionlar, tennis kortlari, sport maydonlari, sog’lomlashtirish
markazlari yoki ushbu masalalarga bag'ishlangan Prezident farmonlari,
xukumat qarorlarida olib borilayotgan katta targ’ibotchilik ishlarida
ko'rish mumkin. Oqibatda harakat va jismoniy mashgulotlarni kishilar
turmushiga kiritish hamda qo’llashning imkoniyatlari ko’paymoqda.
Shuningdek aholii o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish va
kasalliklarning oldini olishning asosiy tamoyillaridan biri jismoniy
faollikdir. Harakat natijasida insonning turli a’zo va tuzulmalar faoliyati
me'yorlashadi, akliv va jismoniy mehnatga bo’lgan faoliyati ortadi.
Inson uchun harakat to'laqonli hayot va faoliyat ko'rsatgichidir.
Harakatchanlik tufayli inson quyidagilarga erishadi:
Butun kun davomida yahshi kayfiyatda bo'ladi;
117
Ishda charchamaydigan, ishingiz sifatli va unumli, ijodiy faoliyatingiz
kuchli bo’ladi.
Asab tizimi muvozanatlashib, bosiq uyli mulohazali bo'ladi.
Teri osti va ichki a’zolarga to'plangan yog'lar kamayib ixcham, epchil
chaqqon bo''ladi.
Korin
va
shalviragan
joylaringiz
tortishib,
mushaklaringiz
taranglashib, qomatingiz ko'rkam va kelishgan bo’ladi.
Tomirlarda qonning oqishi yahshilanib, butun tanaga kislorod hamda
oziq moddalarning borishi yahshilanadi.
Qon bosimi yahshilanadi.
Organizmni ximoya kobiliyati oshadi.
Tengdoshlariga qaraganda ancha yosh va ixcham ko'rinadi.
Lekin harakatlar hamma vaqt ham sog’liqga xizmat qilavermaydi.
Me'yoridan ortiq harakatlar esa zo'riqishga, organizm extiyojlarini isrof
bo'lishiga, tana hamda a’zolarning toliqishiga sabab bo’ladi. Shuning
uchun harakatlarning mohiyatini, ya’ni chiniqish, charchash va toliqish
holatlarini qisqacha ko'rib chiqamiz.
|