• Asosiy sog’lomlashtiruvchi mashg ulotlar.
  • Kun va ishni biologik rejmlar asosida tashkil qilish.
  • B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/143
    Sana14.08.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #269512
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   143
    Bog'liq
    JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

     
    Harakat turlari
    :
    1.
    Mehnat; 
    2.
    Raqs; 
    3.
    Bolalar o'yinlari; 
    4.
    Sport o'yinlari; 
    5.
    Yoga mashqlari; 
    6.
    Ushu, karate, taekvondo, kabi mashqlar ; 
    7.
    Jismoniy tarbiya.
    Asosiy sog’lomlashtiruvchi mashg
    '
    ulotlar. 

    Chigallarni yozuvchi mashgulotlar. 

    Piyoda yurish. 

    Yugurish. 

    Namoz amalini bajarish. 

    Sayr qilish. 

    Velosipedda yurish.

    Sog’lomlashtiruvchi markazlarda trenajerlardan gimnastika va turli 
    mashqlardan foydalinish. 

    Raqs tushish. 

    Sayohat. 

    Cho’milish. 


    119 
    Kun va ishni biologik rejmlar asosida tashkil qilish. 
    Bizga ma’lumki, moddiy olamdagi barcha hodisalar va shuningdek 
    tirik organizmlardagi barcha jarayonlar bir-biri bilan uzviy bogʼliqdir. 
    Barcha turdagi harakatlar deyarli bir xil vaqtlar orasida davriy ravishda 
    takrorlanib turish xossasiga ega. Mana shu takrorlanib turish 
    xususiyatiga ritm deyiladi. Ritm uchun harakterli bo’lgan xususiyat 
    harakat va xodisalarning botartibligidir. Agarda shu botartiblik
    bo’lmasa, tabiatda hech bir o’zgarish va rivojlanish bo’lmaydi. Masalan: 
    haftalik ish tartibi, har kungi ishni ma’lum soatlarga mo’ljallash va 
    boshqalar. 
    Demak 
    biz 
    jamiyatda 
    yoki 
    o’zimizda 
    nimaiki 
    shakllantirmoqchi bo’lsak, uzviy takrorlanishini ta’minlashimiz lozim. 
    Shu tartibda turmush tarzi shakllanadi. Xullas tabiatdagi bunday 
    holatning abadiy va uzliksiz takrorlanishi, inson organizmida ma’lum bir 
    qonuniyatlarni vujudga keltirib bo’lgan. YA’ni organizmdagi faollikni 
    kunduzi 
    kuchayib, 
    kechqurun 
    susayishi 
    bunga 
    oddiy 
    misoldir.Orgizmdagi bunday o’zgarishlar yurak, o’pka , oshqozon va 
    ichaklar kabi hayotiy muhum a’zolar ishidan tortib azolar, to’qimalar va 
    xatto hujayralardagi kimyoviy o’zgarishlargacha bo’ladi. Kishi 
    organizimidagi tabiatga monand bunday o’zgarishlar soni 300 taga yaqin
    bo’lib, ularga bioritmlar deb ataladi. Demak, bioritmlarni tirik 
    mavjudodlardagi ritmik o’zgarishlarga moslashish jarayoni deb 
    ta’riflash mumkin. Organizmlardagi bunday davriylik nafaqat kundalik 
    turmush, hafta, oy, yillar bilan, balki umrimizning davrlari bilan ham 
    bog’liq. Kishining dunyoga kelib, o’sish, voyaga etib, keksayib, qarib-
    qartayib, olamdan o’tishi ham nihoyatda muhim jarayon bo’lib, bu 
    jarayon har bir kishida deyarlik bir xil vaqt va oraliqda sodir bo’ladi, 
    hamda shu jithatdan ma’lum ma’noda davriylik qonuniga bo’ysunadi. 
    Olimlarning ta’kidlashiga kecha va kunduz davomida kechadigan 
    tabiatdagi o’zgarishlarga asoslanib, hayot faoliyatimizning muhum 
    elementlari bo’lishi: ish, dam olish, uyqu kabilarni to’g’ri 
    joylashtirishimiz lozim. Tekshirish natijalariga ko’ra quyidagilar 
    aniqlangan: organizmdagi kechasi susaygan biologik faollik ertalabki 
    soat 4 lardan boshlab ko’tarila boshlaydi, ertalabki 7-8 larda eng yuqori 
    darajaga ko’tarilib 5 ballga (eng yuqori) etadi. Bu holat kunduzgi soat 


    120 
    10-11 largacha saqlanadi. Kunduzgi soat 12 lardan soat 14 largacha 
    biologik faollik susayib (2,5-3 ballgacha), soat 16-17 larda u yana yuqori 
    darajaga ko’tariladi. Bu holat ham kechgi soat 20-21 largacha saqlanadi. 
    Kechki soat 21 larda biologik faollik ancha sustlashib, kechki soat 23 
    larda eng past darajada bo’ladi. Bu sustlik ertalabki soat 4 largacha 
    davom etadi. Bu davriylik hamma vaqt abadiy davom etadi. Shuning 
    uchun inson o’zining kundalik faoliyatini shu biologik tartibga mos 
    tashkil qilsagina u yashaydi, salomatligi mustahkam, ishi unumdor, umri 
    uzoq bo’ladi. Ana shu ilmiy xulosa esa bizga kun va ish rejimini
    tuzishga yordam beradi.
    Kun tartibi haqidagi bunday fikrlar har bir kishining sharoiti, 
    imkoniyati, salomatlik darajalariga qarab o’zgartirilishi mumkin. Lekin, 
    umumiy talab biologik faol vaqtlarga ish vaqtlarini, biologik sust 
    vaqtlarga esa dam olish vaqtlarini rejalashtirish talabga muvofiqdir. 
    Tabiatning bu qonuniga mos va xos turmush tarzini tashkil etish
    sog’lom turmush tarzini eng asosiy talablaridan biri hisoblanadi. 
    Bioritmlarda quyidagi holatlarga ahamiyat berilishi lozim: 
    - haftalik, oylik, yillik bioritmlar va ularga xos turmush tarzini tashkil 
    etish; 
    - yil fasillaridagi biologik o’zgarishlar; 
    - kishi hayotidagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan davrlar va bu davrdagi 
    turmush tarzini o’ziga xosligi. 
    Kishi hayotidagi davrlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz, sababi har 
    bir davrda organizmda o’ziga xos o’zgarishlar bilan kechadi, shuning 
    uchun har bir davrda o’ziga xos turmush tarzini tashkil etishimiz lozim. 
    1.
    Homila davri. 
    2.
    Bolalik davri (14 yoshgacha). 
    3.
    O’smirlik davri (15-17 yosh). 
    4.
    Yoshlik davri (18-30 yosh). 
    5.
    Navqironlik davri (31-45 yosh). 
    6.
    Etuklik davri (45-60 yosh). 
    7.
    Keksalik (61-70 yosh). 
    8.
    Qarilik (71-90 yosh). 
    9.
    Qartayganlik (90 va undan yuqorilar). 


    121 

    Download 1,45 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   143




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik

    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish