B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/143
Sana14.08.2024
Hajmi1,45 Mb.
#269512
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

Chinikish - 
bu
 
organizmning tashqi muhitning turli ta’sirlariga, 
turmushning jismoniy va ruxiy yuklamalariga chidam berish 
qobilyatidir. Bunda quyidagilarga amal qilinishi lozim: asta-sekinlik; 
muntazamlik; har tomonlamalik; o'ziga xos (individual) yondoshish; 
o'zini-o'zi nazorat kilib borish. 
Ma’lumki kishilar organizmidagi hayotiy jarayonlar ichki
a’zolarning, shuningdek tana qismlarini tabiat o'zgarishlari jismoniy 
harakatlar hamda ruhiy o'zgarishlarga mos va xos ishlashidan iborat. 
Masalan: tomir urishi, qon bosimi, qonning kislorod bilan to'yinishi va 
boshqalar. Harakatlar yuklamasi va vaqti qanchalik ko’p bo'lsa tomir 
urishlar, nafas olishlar soni, qon bosimining oshib turish vaqti uni 
shunchalik ko’p hamda uzoq vaqt davom etadi. Demak organizm butun 
bir sistema bo’lib, birining funksiyasi ikkinchisiga bog'lik. Mana shu 
bog'liklik qanchalik kuchli bo'lsa, organizmning chidamliligi shunchalik 
yahshi va mustahkam bo'lar ekan. shuning uchun ham bu bog'liklik 
salomatlik uchun nihoyatda muhim, balki shuning o'zi salomatlikdir. 


118 
Charchash 
- bu organizm funksiyalari yoki ma'lum bir azolarini 
biror ishni bajarish jarayonida o'z ixtiyojlarini sarflash natijasida ish 
qobiliyatining susayib borishidir. Charchash ikki xil bo’ladi:

jismonan charchash - ya'ni ma'lum qismdagi ish bajaruvchi 
muskullarning charchashi. 

aqliy mehnat natijasida miya faoliyatining charchashi. 
Bu holatlar organizm 5-10 minut dam olgandan so'ng qayta tiklanadi. 
 
Toliqish
- bu charchashning og'ir shakli bo’lib, organizm 
charchagandan keyin ham, unga charchoqni yozishni zarur bo’lgan 
energiyani qayta tiklab olish vaqt bermaslik oqibatida sodir bo’ladigan 
holatdir.Toliqishdan so'ng organizmning ish qobiliyatini tiklash uchun, 
bir necha ko’plab maxsus sharoit, rejimli turmush ba'zan esa 
salomatlikni tiklovchi tadbirlarni qo’llashga to'g'ri keladi. 

Download 1,45 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   143




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik

Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish