129
Zararli
omillar
ta’sir
qiluvchi
muhitda
bo‘lgan
aholini
sog‘lomalashtirish, ularga tibbiy va notibbiy yordam ko‘rsatish.
Shunday qilib birlamchi profilaktikaning muhim komponentlaridan
biri sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat.
Ikkilamchi profilaktika -
kasalliklarni kelib chiqishi, asoratini,
surunkali holatga o‘tishini, mehnat sharoitining pasayishini, nogironlikni
va erta o‘lim holatini oldini olishga qaratilgan tibbiy, ijtimoiy, sanitar-
gigienik, psixologik, va boshqa chora tadbirlani yig‘indisidir.
Ikkilamchi profilaktika quyidagilarni o‘z ichiga oladi;
Patsientlar va ularning oila a’zolarini aniq olingan kasalliklar yoki
kasalliklar guruhi haqidagi bilimlari, ko‘nikmalarini oshirish va sanitar-
gigienik jihatdan tarbiyalash;
Dinamikada salomatlik holatini baholash, kasalliklarni rivojlanishi
oldini olish maqsadida har xil sog‘lomlashtirish, davolash ishlarini,
tibbiy dispanser ko‘riklarini o‘tkazish;
Davolash, profilaktika maqsadli sog‘lomlashtirish, jumladan, parhez
ovqatlanish, shifobaxsh jismoniy tarbiya, tibbiy massaj va sanatoriya -
kurortlarda sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish;
Salomatlik holatini o‘zgarishlarga tibbiy - psixologik moslashtirish,
organizmning ehtiyojiga va imkoniyatlariga to‘g‘ri munosobatini
shakllantirish;
Xavfli omillar ta’sir darajasini kamaytirishga qaratilgan davlat tibbiy-
ijtimoiy, iqtisodiy harakterdagi chora tadbirlarni o‘tkazish, bemor va
nogironlarga optimal hayot faoliyatini kechirish uchun sharoitlar
yaratish, ijtimoiy muhitga moslashtirish (parhez ovqat mahsulotlarini,
arxitektura rejalashtirish ishlarini amalga oshirish, hayot faoliyati
chegaralangan shaxslarga tegishli sharoitlar yaratish).