B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/143
Sana14.08.2024
Hajmi1,45 Mb.
#269512
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

 
 
X bob: SAHAR VA QISHLOQ AHOLISIGA DAVOLASH- 
PROFILAKTIK YORDAMINI TASHKILLASHTIRISHDA
HAMSHIRALAR O’RNI 
 
10.1 Aholiga davolash - profilaktika yordamini tashkil etish. 
 
Davolash - profilaktika ishlari sog‘liqni saqlash tizimining eng 
muhim bo‘lagi hisoblanib aholiga davolash - profilaktika yordami asosiy 
tamoyillarga amal qilgan holda tashkil etiladi: 
1. Davolash va profilaktika ishining birligi;
2. Davolash - profilaktika yordamini barcha uchun bir xil darajada 
ko‘rsatilishi;
3. Profilaktika davolash - profilaktika muassasalarining asosiy 
ustivor faoliyat turi.
4. Aholini malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordam bilan 
ta’minlash; 
5. Dispanserizatsiya davolash - profilaktika yordamining muhim 
bo‘lagi; 
6.UASh - oila shifokori tamoyilida xizmat ko‘rsatish; 
Shaharlarda (tumanlarda) aholiga tibbiy yordam sifatini yanada 
Shahar (tuman) tibbiyot birlashmasi tuman (shahar) markaziy 
kasalxonasi negizida, Toshkent shahrida tuman ko‘p tarmoqli 
poliklinikalar bazasida tashkil etildi. Birlashma o‘z faoliyatida – tegishli 
tuman hokimligiga va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga 


132 
buysunadi. Birlashma tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash, malakasini 
oshirish uchun klinik baza hisoblanadi.
Birlashmaning asosiy tarkibiy qismiga tumanlarda (shaharlarda) – 
markaziy shahar (tuman) shifoxonasi, shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi 
bilan, shahar (tuman) ko‘p tarmoqli poliklinika, oilaviy poliklinikalar 
(shaharlarda), qishloq vrachlik punkti, dispanserlar, akusherlik 
komplekslar, bolalar shifoxonalari, ixtisoslashtirilgan shifoxonalar, 
xususiy tibbiyot muassasalari kiradi. Shahar (tuman) markaziy 
shifoxonasi bosh vrachi shahar (tuman) tibbiyot birlashmasi boshlig‘i 
hisoblanadi. 
Toshkent shahridagi tuman tibbiyot birlashmalari tarkibiga – 
tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika, oilaviy poliklinikalar, 
o‘rinsiz dispanserlar, bolalar uyi, xususiy tibbiyot muassasalari kiradi. 
Tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi mudiri tuman tibbiyot 
birlashmasi boshlig‘i hisoblanadi. Toshkent shahrining statsionar 
muassasalari (shifoxonalar, tug‘ruq uylari va boshqalar) shahar 
maqomiga ega bo‘lib, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi 
tasarrufida bo‘ladi. 
Shahar (tuman) birlashmalari lavozimiga (Toshkentda – Toshkent 
shahar hokimi),tumanlarda tegishli viloyatlar hokimlari tasdiqnomasiga 
binoan O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan 
tayinlanadi. 
Shahar (tuman) tibbiyot birlashmalari boshliqlarining ambulatoriya 
– poliklinika yordami bo‘yicha muovinlari – markaziy shahar (tuman) 
ko‘p tarmoqli poliklinikaning mudirlari hisoblanadi. Birlashma 
boshlig‘ining muovinlari Qoraqalpag‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri, 
viloyatlar va Toshkent shahri sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan 
kelishilgan holda birlashma boshlig‘i tomonidan tayinlanadi va ishdan 
bo‘shatiladi. 

Download 1,45 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   143




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik

Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish