128
kerak. Maruzalar klassik tuzilishi, kerakli materialar (ko’rgazmali
qurollarni, adabiyotlar, maqolalar) bilan ta’minlanishi kerak. har qanday
ma’ruzadan tinglovchilarni olgan bilimlarini amalga oshirishga chorlash
zarurdir.
Suhbat ma’ruzaga nisbatan kamroq qo’llaniladi. Suhbat bu
tinglovchilar bilan ikki tomonlama bo’ladi, tinglovchilar soni 25 ta dan
kam bo’lmasligi kerak.
Sanbyulleten
- bu tibbiy mavzuga bag’ishlangan
devoriy
ruzinomasi chiroyli bezatilgan va uning mavzui nomi kuzga
tashlanadigan bo’lishi kerak. Maqolalar oson o’qiladigan bo’lishi lozim.
Demak, sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilish tadbirlarini olib
borishda vaziyatni quyidagi mezonlar bo’yicha aniqlash kerak :
•
tinglovchilarni soni.
•
tinglovchilarni jinsi, yoshi, tarkibi, tinglovchilarning bilim darajasi va
boshqalar
Kasalliklarni
kelib chiqishida
turmush tarzi, ishlab chiqarish va
atrof-muhit, hayot faoliyatinig noqulay sharoitlari bilan bog‘liq xavf
omillarining yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydigan tadbirlar majmui
profilaktika deb nomlanadi. Profilaktikaning 3 turi mavjud.