B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/143
Sana14.08.2024
Hajmi1,45 Mb.
#269512
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

Ro‘yxatxona
davolash-profilaktika 
muassasalarining 
muhim 
tarkibiy qismi hisoblanib, u kelgan bemorlarni vrach qabulida va uyda 
tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ro‘yxatga oladi. 
Ro‘yxatxonada vrachlar qabuliga yozilish va ularni uyga chaqirish, 
mehnatga yaroqsizlik varaqalari va spravkalarni berish, hamda tibbiyot 
arxivi uchun joy ajratiladi. Ro‘yxatxona ishiga bevosita 
bosh hamshira
rahbarlik qiladi. 
Ro‘yxatxonaning asosiy funktsiyasi: 
1.
Oldindan va bevosita murojaat qilganda, hamda telefon orqali 
bemorlarni vrach qabuliga va uyga chaqirish bo‘yicha ro‘yxatga olishni 
tashkil etish. 
2.
Har kuni hamda bayram va dam olish kunlaridagi vrach qabuli haqida, 
ularning qabul vaqtlari va xonalarini ko‘rsatgan holda aholiga axborot 
berish. 
3.
Vrachni uyga chaqirish, oldindan qabulga yozilish, bosh vrach va 
uning muovinining qabul vaqti va kunlari, dorixonalar, statsionar, tunda, 
dam olish, bayram kunlari aholiga shoshilinch vrachlik yordamini 
ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalari ularning manzillari haqida axborot 
berish. 
4.
Mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik varaqasi va ma’lumotnomalarni 
maxsus jurnalga qayd etish. 
5.
Yangi kelgan patsientlarni ro‘yxatga olish. 
6.
Tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri yuritish. 
Ro‘yxatxonaning muhim vazifalaridan biri murojaat etayotgan 
patsientlarni vrach qabuliga yozish, uyga chaqiruvni ro‘yxatga olishdan 
iborat.
Murojaat etayotganlar oqimini to‘g‘ri boshqarish uchun mehnatni 
tashkil etishning yangi progressiv shakllarini amaliyotga tadbiq etish, 
registraturani tashkiliy texnik vositalar bilan ta’minlash zarur. 
Vrachni uyga chaqirish bevosita registraturaga murojaat etish yoki 
telefon orqali yozilish tufayli amalga oshirilishi mumkin. Qabul qilingan 
chaqiruvlar “Vrachni uyga chaqirish kitobi”ga yoziladi. Jurnal shakli 
SSVning 2006 yil 287-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlanganadi. 


140 
Registratura ishini optimallashtirishda registrator ish o‘rnini oqilona 
tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Tibbiy registratura oynasi 
oldida bo‘lim raqami, vrachlarning ismi sharifi, ular xizmat ko‘rsatuvchi 
ko‘chalarning nomlari, uylar soni ko‘rsatilgan doska bo‘lishi lozim.
Vestibyulda vrachlarning qabul soatlari, kunlari, qabul xonalarining 
nomeri ko‘rsatilgan doska osib qo‘yilishi lozim. Ushbu doskada bosh 
vrach va uning muovinlarini qabul kunlari, vaqti haqida hamda dam 
olish kunlari, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatadigan shahar (tuman) 
statsionarlarining manzili, vrachlarni uyga chaqirish uchun telefon 
raqamlari ko‘rsatiladi. 
Bemorlarga o‘z vaqtida tez tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun 
registraturadagi shkaflarda kartalar oila - hudud prinsipi bo‘yicha 
joylashtirilgan bo‘lib, har bir oila - hududga qarashli kartalar - ko‘chalar, 
uylar, xonadonlar bo‘yicha joylashtirilishi lozim. Tibbiy registrator 
ishini engillashtirish uchun har - bir umumiy amaliyot shifokoriga 
tegishli kartalar maxsus ranglar bo‘yicha markerlanadi.
Kelgusida registratura ishini qog‘ozsiz usulga, ya’ni axborotlar 
saqlashni elektron tizimiga o‘tkazish mumkin. Buning uchun esa har - 
bir vrach xonasi, tashxislash - davolash xonalarida terminallarga ega 
bo‘lgan poliklinika bo‘yicha lokal kompyuter tarmog‘ini yaratish lozim. 
Hozirgi kunda, yuqoridagi usulga o‘tish, tibbiyot axborotlarini 
ma’lum tizimga tushirish va bu bilan bog‘liq holda bemorlarning 
kartalarni kompyuter tizimiga moslash uchun xodimlarning kompyuter 
savodxodligini oshirish borasida joilarda tegishli ishlar olib borilmoqda. 
Registratura faoliyatida tibbiyot hujjatlarini (ma’lumotnomalar, 
yo‘llanmalar va boshqalar) to‘g‘ri yuritish katta ahamiyatga ega. 
Registratura xodimlari hujjat bergan shaxslar bilan birgalikda ularni 
to‘g‘ri to‘ldirishga mas’ul hisoblanadi. Odatda aholi birinchi bor tibbiy 
yordam uchun umumiy amaliyot shifokoriga murojaat qiladi. Har bir 
umumiy amaliyot shifokoriga 1300-1500 ta aholi biriktiriladi. 2000 
aholiga 1,5 ta umumiy amaliyot shifokori
shtati lavozimi ajratiladi.

Download 1,45 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   143




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik

Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish