|
B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralikBog'liq JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI
Bo‘lim mudiri
- oilaviy poliklinikaning ish faoliyatida muhim
o‘rinni egallaydi. Har 9 umumiy amaliyot shifokoriga 1 ta bo‘lim
mudiri lavozimi ajratiladi. Agar umumiy amaliyot shifokorning soni
6,5 dan 9 tagacha bo‘lsa, 0,5 bo‘lim mudiri lavozimi kiritiladi,
Yuqorida ko‘rsatilganidan kam bo‘lsa, unda shifokorlarning biriga
bo‘lim mudirining vazifalari yuklatiladi.
Bo‘lim mudirining vazifasiga bo‘limdagi shifokorlar bilan
birgalikda davolash profilaktika ishlarining rejasini va jadvalini
tuzish, tashxislash - davolash jarayoniga, profilaktik emlash, rejali
statsionarga yotqizish, dispanserizatsiya, sanatoriya - kurortlar, bir
yoshgacha bolalar salomatligini saqlash bo‘yicha olib borilayotgan
UASh ishini nazorat qilish, rahbarlik qilish va uni tekshirib borish,
ishning sifatiga va samaradorligiga alohida ahamiyat berish,
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik hollarini ekspertiza qilish va boshqa
vazifalar kiradi.
O‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni amalga oshirish uchun bo‘lim
mudiri vaqti - vaqti bilan shifokorlar qabulida bo‘lishi, zarur bo‘lgan
vaqtda kasallarning uylariga ham borib ko‘rishi kerak. Bo‘lim mudiri
tibbiyot hujjatlarini to‘ldirib va ularni olib borilishi bilan tanishadi,
shifokorlar bilan birga bemorlarni vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligini
ekspertiza qiladi.
Bo‘lim mudirining eng muhim vazifalaridan biri tibbiyot
xodimlarini malakasini oshirishdan iborat bo‘lib, bu ish:
konferensiyalar o‘tkazish, tashxis qo‘yish va davolash muolajalarining
yangi usullarini o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish,
shifokorlarning
davolash,
tashxislash
ishlarining
sifati
va
samaradorligini muntazam ravishda ekspertiza qilish kabi vazifalarni
o‘z ichiga oladi. Xulosa qilib aytganda, bo‘lim mudiri - yahshi tajribali -
amaliyotchi, tashkilotchi - pedagog bo‘lishi kerak.
|
| |