vazifalari:
· OPda unga biriktirilgan axoliga birlamchi malakali tibbiy
sanitariya yordamini ko‘rsatish;
to‘satdan paydo bo‘lgan va o‘tkir kasalliklarda, jarohatlanishlarda
birlamchi tibbiy yordamni ko‘rsatish;
· poliklinikaga murojaat qilganda, uyga chaqirilgan kasallarga davo
muolajalarni o‘tkazish;
· dispanser nazoratini rejalashtirish va o‘tkazish;
· vaqtincha ishga layoqatsizligini aniqlash, mehnatga layoqatsizlik
varaqasini berish, uzoq muddatli va turg‘un mehnat qobiliyatini
yo‘qotgan bemorlarga vrachlik mehnat ekspert xay’atiga yo‘llanma
berish
.
· bemorlarni sanator-kurortga davoga yuborish;
· kasalxonada davolanishga muxtoj bo’lgan bemorlarni kasalxonaga
yuborish;
. homilador ayollarni tug’ruqdan oldin, tug’ruqdan keyin
belgilangan tartibda nazoratga olish, ularga konsultativ yordam
ko’rsatish;
138
ushbu hududga biriktirilgan aholini, shuningdek bolalar, ayollar,
qariyalarning salomatlik holatini tahlil etish va sog‘lomlashtirish chora –
tadbirlar rejalar ishlab chiqish;
aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish bo’ycha ishlar
olib borish;
laboratoriya va instrumental tekshirishlarni o‘tkazish;
poliklinika faoliyatini tahlil qilish, hisobiy hujatlarni olib borish va
hisobotlar tuzish.
Poliklinika yordamining xajmi axolining profilaktik va maqsadli
tibbiy ko‘riklari, bemorlar dispanserizatsiyasi, surunkali kasalliklari bor
bemorlarni sog‘lomlashtirish, nogironlarni individual reabilitatsiyasi,
bemorlarga uyda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam hamda biriktirilgan
axoli, maxalla, xizmat doirasidagi o‘quv muassasalari va korxonalarda
kasalliklarni oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha
sanitariya-targ‘ibot tadbirlari bilan belgilanadi.
Umumiy amaliyot shifokorining asosiy vazifasi - yoshi va jinsidan
qatiy nazar biriktirilgan axolining salomatligini muxofaza qilish,
kasalliklarning profilaktikasi, diagnostikasi va davolash bo‘lib, axoliga
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni tashkillashtirish.
Umumiy amaliyot shifokori faoliyatini tashkil qilishda sog‘likni saqlash
vazirligi tomonidan qabul kilingan buyruqlarga asoslanish zarur bo‘ladi.
Oilaviy poliklinikaning tarkibi quyidagilardan iborat:
- ro‘yxatxona;
- vrachgacha qabul xonasi;
- konsultativ kunduzgi shifoxona;
- umumiy amaliyot shifokorlari xonalari;
- klinik tashxislash labaratoriyasi;
- funksional diagnostika xonasi, oral regidratatsiya punkti;
- sog‘lom bola xonasi, fizioterapiya bo‘limi, markaziy sterillash
bo‘limi;
- axborot kommunikatsiya yoki statistika xonasi;
- buxgalteriya;
- ma’muriy xo‘jalik bo‘limi.
|