141
Oilaviy poliklinika aholiga statsionargacha bo‘lgan birlamchi tibbiy
yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan tibbiy muassasadir.
Shuning uchun
hozirgi kunda respublikamiz shaharlarida oilaviy poliklinikalarni tashkil
etishga katta ahamiyat berilmoqda.
Poliklinika ishiga bosh vrach rahbarlik qiladi. Bosh vrach muassasada
ko‘rsatilayotgan davolash profilaktika yordamining sifati va
madaniyatiga, tashkiliy, ma’muriy - xo‘jalik
va moliyaviy faoliyatga
mas’ul javobgar. U poliklinika hududidagi aholiga davolash -
profilaktik yordamini ko‘rsatish rejasini tuzadi va uning bajarilishini
ta’minlaydi. Oilaviy poliklinikaning shtati shtatlar me’yoriga mos holda
belgilanadi.
OP
bosh vrachi vazifalari:
- Tibbiyot va ma’muriy xo‘jalik xodimlarini tanlaydi va ularni ishga
qabul qiladi;
- Ularning ishini
nazorat qiladi, lozim topganda rag‘batlantiradi;
- Mehnat intizomi buzilganda esa ularni ma’muriy javobgarlikka tortadi.
- Vrachlar va o‘rta tibbiyot xodimlarini malakasini oshirishni tashkil
etadi;
- Bo‘limlarga rahbar xodimlar zahirasini yaratadi;
- Kun tartibini belgilaydi;
- Xodimlarning ish grafigini tasdiqlaydi va boshqalar.
Bosh
vrach tajribali, malakali, tashkilotchilik xususiyatlariga ega
bo‘lgan vrachlardan o‘ziga birinchi muovin tanlaydi. Bosh vrach
bo‘lmagan davrda u bosh vrachning majburiyatlarini bajaradi. U
muassasaning jami davolash - profilatik
faoliyatiga javobgar
hisoblanadi. Shu maqsadda bosh vrachning davolash ishlari bo‘yicha
o‘rinbosari bemorlarni o‘z vaqtida poliklinikada qabulda va uyda to‘g‘ri
sifatli tekshirish va davolashni tashkil etadi va nazorat qiladi; Yangi
tashkiliy usullar va tibbiyot muassasalarining ilg‘or ish tajribalarini
bemorlarni
tashxislash, davolash va kasalliklar profilaktikasining
zamonaviy samarali usullarini poliklinika faoliyatiga tadbiq etadi. U
poliklinika bilan statsionar o‘rtasida bemorlarni tekshirish va davolash
bo‘yicha o‘zaro uzviylikni, bog‘liqlikni ta’minlaydi,
bemorlarni lozim
bo‘lganda statsionarga yotqizishni tashkil etadi, barcha profilaktik
142
ishlarga rahbarlik qiladi, tibbiyot xodimlarining
malakasini oshirish
rejasini bajarilishini ta’minlaydi. Davolash nazorat komissiyasining
ishini tashkil etadi, hay’at bilan birgalikda tashxislar tafovuti, vrachlik
xatosi va davolash - tasxislash ishlari holatini muhokama qiladi; tibbiyot
statistikasi xonasining ishini tashkil etadi va nazorat etadi.