144
*Xomilador va chilla davridagi ayollar, fertil yoshidagi ayollar, emizikli
ayollar, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, yangi tug‘ilgan
chaqaloqlar
ko‘rigini xonadonlarda o‘tkazadi;
*Oila hamshirasi mahalla faollari va ijtimoiy xodimlar bilan
hamkorlikda yolg‘izlar, qariyalar,
nogironlar, surunkali kasalliklari
bo‘lgan bemorlar ko‘rigini xonadonlarda o‘tkazib,tibbiy yordam
ko‘rsatadi;
*Yuqumli va surunkali kasalliklarni erta aniqlash maqsadida profilaktik
va maqsadli tibbiy ko‘riklarda hamda biriktirilgan
aholining orasida
sanitariya-gigiena, aseptika va antiseptika qoidalariga, emlashdan
keyingi
asoratlar, virusli gepatitlar, OIV iifeksiyasi va boshqa parazitar
hamda yuqumli infeksiyalarni oldini olish
choralariga rioya qilishni
targʼib etadi.
*Vaksina va dori-darmonlarni saqlash, tashishni muzlatgich zanjiriga
rioya qilgan holda amalga oshiradi.
*
Bolalarni milliy emlash jadvali va epidemik ko‘rsatma asosida xavfsiz
emlashni amalga oshiradi.
*
Uchastka xududidagi aholini ro‘yxatga
olishni amalga oshiradi;
*Tibbiy asbob anjomlarni dezinfeksiya, sterilizatsiya va utilizatsiya
qilish qoidalarini bilishi kerak.
Oila hamshirasining asosiy ko‘nikmalari:
*Turli yoshdagi aholi guruhlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib
qilish, sog‘lom
avlodni tarbiyalash, infektsion va noinfektsion
kasalliklarni oldini olish bo‘yicha aholi o‘rtasida sanitariya targ‘ibot
ishlarni olib boradi.
Bolalar salomatligini muhofaza qilishda:
* chilla davridagi chaqaloqning fiziologik holatlarini baholash (vazni,
bo‘yi, fiziologik moslashuvi, uning parvarishi);
* 2 yoshgacha bo‘lgan davrda tana vaznini o‘lchash;
*bolaning bo‘y uzunligini o‘lchash;
*bosh va ko‘krak aylanasini o‘lchash;
*olingan o‘sish ko‘rsatkichlarini baholash;
*asab tizimining holatini baholash;
*teri elastikligini aniqqlash;
145
*teri va shilliq qavatlarini parvarishlash;
*sezgi a’zolarining holatini baholash;
*endokrin tizimining holatini baholash;
*nafas olish sonini hisoblash;
*puls
tezligini hisoblash;
*AB ni o‘lchash;
*periferik limfa tugunlarini paypaslash va baholash;
*ovqat hazm qilish tizimining holatini baholash (qusish, ich kelishi,
qorin dam bo‘lishi);
*og‘iz bo‘shlig‘ini ko‘zdan kechirish;
*qorinni paypaslash;
*siydik chiqarish tizimining holatini baholash;
*emlanish holatiga baho berish;
*shifokor tavsiyasiga ko‘ra muolajalarni bajarish.